Balg’amda qon paydo bo’lishi bilan shifokorning shoshilinch maslahati zarur.
Balg’am kasalliklarning, ayniqsa, silning tarqalish manbasi bo’lishi mumkin.
Balg’amni yig’ish uchun tuflagichlar ishlatiladi. Balg’am tuflay olmasdan, uni yutib yuboradigan bemorlar tuflagichga balg’am ajratishning maxsus usullariga o’rgatiladi.
Atrofdagilarga yuqtirmaslik maqsadida bemorga quyidagilarni o’rgatish zarur:
1. Bevosita sog’odamlar yonida bo’lganda yo’talmaslikka harakat qilish. Yo’talni tutib turolmasa, balg’am zarrachalari boshqa odamga tegib ketmasligi uchun og’izni ro’molcha yoki shaxsiy salfetka bilan yopish zarur.
2. Balg’amni polga tuflamaslik kerak chunki u qurib qolayotganda havoni, havo orqali esa sog’ odamlarni zararlaydi.
3. Balg’amni ro’molchaga tuflash yaramaydi, chunki u kiyimga tegishi mumkin.
4. Balg’amni tuflagichga yoki maxsus moslangan shisha idishga yig’ish zarur; ishlatishdan oldin zararsizlantirish va balg’am idishning devorlariga yopishmasligi uchun tuflagichning 1x3 qismiga 5 foizli xloramin eritmasi quyiladi.
5. 2 soat mobaynida xlorli ohak bilan ishlangandan so’ng sil bilan kasallangan bemorning balg’ami kanalizatsiyaga oqizib yuboriladi (100 g balg’amga 2—3 g quruq xlorli ohak).
Simptom. Nafas qisishi
Nafas qisishi — bu havo yetishmovchiligi bo’lib, u nafas olishning tezligi, ritmi va chuqurligining buzilishi bilan birgalikda kechadi. Nafasning tezlashuvi o’pka, yurak-o’pka patologiyasi uchun xos bemor, isitma, ruhiy hayajonda bo’ladi. Nafasning sekinlashuvi og’ir intoksikatsiyalarda (zaharlanish), miyadagi qon aylanish buzilganda ro’y beradi. Qiyinlashgan nafas chiqarish nafas yo’llarida mexanik to’siq (yot jism, ko’p balg’am, bronxlarning torayishi) bo’lganda kuzatiladi. Nafas olishning qiyinlashuvi yuqori nafas yo’llaridagi to’siq va yurak tomir kasalliklarida paydo bo’ladi. Vaqt-vaqti bilan nafas olish miya kasalliklarida, koma, zaharlanishlar, qon aylanishning kuchli buzilishlarida kuzatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |