Darslikdagi mustaqil ishlash uchun savollar va topshiriqlar matniga quyidagi talablar qo‘yiladi: ta’lim oluvchilar tomonidan o‘tilgan mavzularning mustahkam o‘zlashtirilishini ta’minlash; ta’lim oluvchilarni bilim olishga qiziqtirishni rivolantirish; fikrlash faoliyatini rivojlantirish, taqqoslash, sintez va tahlil qilish usullaridan foydalana olish mahoratlarini shakllantirish; ta’lim oluvchilarning amaliy topshiriqlarni bajara olish imkoniyatlarini inobatga olish; tasdiqlarning aniqligi va tushunarliligi, yagona namunaga mos kelishi.
Darslikdagi bilim va ko‘nikmalarni nazorat qilish materiallari matnidagi nazorat savollari ta’lim oluvchilarni bilim olishga qiziqishlarini, mustaqil fikrlash faoliyatini rivojlantirishga, taqqoslash, sintez va tahlil qilish usullaridan foydalana olish mahoratini shakllantirishga yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak.
Pedagogik jarayonning qonuniyatlari va tamoyillari.
Pedagogik jarayonning qonuniyatlari va tamoyillari.
Pedagogik jarayon qonuniyatlari – bu ob’ektiv mavjud bo’lgan, takrorlanadigan, barqaror hodisalar orasidagi ma’lum aloqadorlik, mazkur jarayonning alohida tomoni.Qonuniyatlar nima va pedagogik jarayonda qanday bog’langan, nima bilan u bog’liqlikda ekanligini ko’rsatadi.Pedagogik taraqqiyot sifatidagi bu qadar murakkab, katta va dinamik tizimda ko’plab turli tavsifiy aloqalar namoyon bo’ladi.Zamonaviy pedagogikada pedagogik jarayon qonuniyatlarning yagona tas-nifi mavjud emas. SHu sababli quyida mavjud tasniflardan ba’zilarini ko’rib o’tamiz.
I. P. Podlasыy tasnifi bo’yicha:
I. P. Podlasыy tasnifi bo’yicha:
Tarbiya va ijtimoiy tizimlarning aloqadorligi: aniq tarixiy sharoitlardagi tarbiya xarakteri jamiyatning ehtiyojlari, iqtisodiy, milliy-madaniy o’ziga xosliklari bilan aniqlanadi.
Ta’lim va tarbiya orasidagi: bu jarayonlarning o’zaro bog’liqligini, ularning ko’ptomonlama o’zaro ta’sirini, birligini belgilab beruvchi aloqadorlik.
Tarbiya va faoliyatning aloqadorligi: tarbiyalash – faoliyatning turli turlariga tarbiyalanuvchilarni jalb etish demakdir.
Tarbiya va shaxs faolligining aloqadorligi: agar uning ob’ek-ti(shaxs) bir paytning o’zida sub’ekti sifatida aks etsa, tarbiya muva-faqqiyatli amalga oshadi, ya’ni shaxs o’zining faol xulq-atvorini, shaxsiy erkinligini, mustaqilligini, faoliyatdagi ehtiyojini namoyon etadi.
Tarbiya va muloqotning aloqadorligi: tarbiya jarayoni har doim odamlar – o’qituvchilar va ta’lim oluvchilarning o’zaro harakatida kechadi.
Bola tarbiyasi muvafaqqiyati to’g’ridan-to’g’ri shaxslararo aloqalar-ning intensivligi va boyligiga bog’liq bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |