DARSLIKLAR VA MASHQ DAFTARLARINI BEPUL
FOYDALANISHGA BERISH TOʻGʻRISIDAGI
SHARTNOMA
Bir tomonidan Zarafshon shahar maktab va maktabgacha ta’lim bo‘limiga qarashli
10-sonli maktab nomidan ustav asosida ish yurituvchi, bundan buyon matnda “Maktab” deb yuritiluvchi Tolibov X M shaxsida hamda ikkinchi tomondan taʼlim oʻzbek tilida olib boriladigan 2-“A” sinf oʻquvchisining ota-onasi yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxs bundan buyon matnda “Foydalanuvchi” deb yuritiluvchi _______________ mazkur shartnomani quyidagilar haqida tuzishdi:
I. SHARTNOMA PREDMETI
1.1. Maktab 2023-2024 oʻquv yilida vaqtinchalik foydalanish uchun mazkur Shartnomaning 1.2-bandida koʻrsatib oʻtilgan darsliklar yoki mashq daftarlarni Foydalanuvchiga beradi, Foydalanuvchi esa 2024-yil 25-maygacha ularni foydalanishga yaroqli holatda qaytarish majburiyatini oladi.
1.2.Mazkur Shartnomaning predmeti boʻlgan darsliklar (yoki mashq daftarlar) 2023 yil sentabrda Foydalanuvchiga quyidagi nomlarda bir nusxadan berildi:
Darsliklar nomi
1.Ona tili o‘qish savodxonligi ,mashq daftari
2.Matematika ,daftari rus tili,daftari,ingliz tili, daftari,tasviriy san’at,albom
3.Texnalogia , daftari, musiqa, daftari, tarbiya, tabiiy fan, daftari
II. TOMONLARNING HUQUQLARI
2.1.Maktab Foydalanuvchining aybi bilan darslik yoki oʻquv-metodik qoʻllanma yoʻqolgan yoki foydalanishga yaroqsiz holatga kelib qolgan taqdirda, zararni xuddi shunday darslik yoki oʻquv-metodik qoʻllanma bilan qoplashni yoki uning qiymatini mazkur Shartnomaning 4.2.3-bandida koʻrsatilgan tartibda toʻlashni talab qilish huquqiga ega.
2.2.Foydalanuvchi ushbu Shartnoma tuzilgandan keyin uning 1.2-bandida koʻrsatilgan darsliklar yoki mashq daftarlarni foydalanishga yaroqli boʻlgan holatda bepul berilishini talab qilish huquqiga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |