Darsliklar va mashq daftarlarini bepul foydalanishga berish to’G’risidagi shartnoma


Download 208.18 Kb.
bet27/48
Sana17.06.2023
Hajmi208.18 Kb.
#1537414
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   48
Bog'liq
Shartnoma

I. SHARTNOMA PREDMETI
1.1. Maktab 2022-2023 o’quv yilida vaqtinchalik foydalanish uchun mazkur Shartnomaning 1.2-bandida ko’rsatib o’tilgan darsliklar yoki mashq daftarlarni Foydalanuvchiga beradi, Foydalanuvchi esa 2023-yil 25-maygacha ularni foydalanishga yaroqli holatda qaytarish majburiyatini oladi.
1.2. Mazkur Shartnomaning predmeti bo’lgan darsliklar (yoki mashq daftarlar) 2022-yil sentabrda Foydalanuvchiga quyidagi nomlarda bir nusxadan berildi:
Darsliklar nomi:
1.Ona tili 8.Chizmachilik
2.Adabiyot 9.Bologiya
3.Rus tili 10.Matematika
4.Informatika 11. O’zbekistonTarixi
5.Texnalogiya 12.Tarbiya
6.Geografiya 13.Ingliz tili daftari
7.Fizika 14Algebra
15 Huquq 17 Jahon tarixi
16 Kimyo
II. TOMONLARNING HUQUQLARI
2.1. Maktab Foydalanuvchining aybi bilan darslik yoki o’quv-metodik qo’llanma yo’qolgan yoki foydalanishga yaroqsiz holatga kelib qolgan taqdirda, zararni xuddi shunday darslik yoki o’quv-metodik qo’llanma bilan qoplashni yoki uning qiymatini mazkur Shartnomaning 4.2.3-bandida ko’rsatilgan tartibda to’lashni talab qilish huquqiga ega.
2.2. Foydalanuvchi ushbu Shartnoma tuzilgandan keyinuning 1.2-bandida ko’rsatilgan darsliklar yoki mashq daftarlarni foydalanishga yaroqli bo’lgan holatda bepul berilishini talab qilish huquqiga ega.
III. TOMONLARNING MAJBURIYATLARI
3.1. Maktab quyidagilarga majbur:
3.1.1. Mazkur Shartnoma tuzilgandan keyin uning 1.2-bandida ko’rsatilgan darsliklar yoki mashq daftarlarni Foydalanuvchiga foydalanishga yaroqli bo’lgan holatda bepul berish;
3.1.2. Foydalanuvchini darsliklar yoki mashq daftarlardan foydalanish shartlari va muddatlari to’g’risida ma`lumotlar bilan ta`minlash.
3.2. Foydalanuvchi quyidagilarga majbur:
3.2.1. Olingan darsliklar yoki mashq daftarlarning to’liq va foydalanishga yaroqli holatda saqlanishini ta`minlash;
3.2.2. Darsliklar yoki mashq daftarlarni foydalanishga yaroqli holatda Maktabga qaytarish;
3.2.3. Darsliklar yoki mashq daftarlar yo’qolgan yoki keyinchalik foydalanishga yaroqsiz holatga kelgan taqdirda, zararni xuddi shunday darsliklar yoki mashq daftarlar bilan qoplash yoxud uning birlamchi hujjatlarda (hisob-fakturada, yuk xatida) ko’rsatilgan qiymatini quyidagi miqdorlarda to’lash:
Birinchi sinf o’quvchilarining har bir darslik va mashq daftarlari uchun – uning bir baravari miqdorida;
2-4-sinf o’quvchilarining har bir darslik va mashq daftarlari uchun – uning ikki baravari miqdorida;
5-9-sinf o’quvchilarining har bir darslik va mashq daftarlari uchun - uning to’rt baravari miqdorida.

Download 208.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling