Darsning a ta’limiy maqsadi: o’quvchilarning jarangli va jarang siz tovushlarning talaffuzi va imlosi yuzasidan


Download 16.93 Kb.
Pdf ko'rish
Sana02.06.2024
Hajmi16.93 Kb.
#1833959
Bog'liq
Matn va lugat ustida ishladh (1)



Matn va lugʻat ustida
ishlash.


Darsning a) ta’limiy maqsadi: o’quvchilarning jarangli va
jarang siz tovushlarning talaffuzi va imlosi yuzasidan
olgan bilimlarini
mustahkamlash;
b) tarbiyaviy maqsad: o’quvchilarni yurtimizning
me’moriy yodgorliklari, zamonaviy me’moriy obidalar
haqidagi matnlar orqali
kasbga yo’naltirish;
d) rivojlantiruvchi maqsad: o’quvchilarda tinglab
tushunish, o’qish, yozish va gapirish kabi nutqiy
kompitensiyalarini rivojlantirish


UY VAZIFASI


Uyga vazifa. Tarkibida g‘ va q
undoshi ishtirok etgan
5 ta topishmoq topib YOZING.


Ko‘priklar
Insoniyat qadimdan foyda lanib kelayotgan ko‘priklarning
paydo bo‘lishi ibtidoiy jamiyatga borib taqaladi. Ko‘priklar dastlab toshlar
va yog‘ochlardan qurilgan. Keyinchalik temir-beton ko‘priklar kashf etildi.
Toshkentda ko‘priklar ko‘p. Ammo
uch qavatli ko‘prik zamonaviy me’morchilikning yorqin namunasi
bo‘lmoqda. Eng asosiysi, ko‘prikda birorta ham svetofor
bo‘lmaydi, transport vositalari to‘xtovsiz harakatlanishi ta’minlanadi.
Ko‘prik va tunnelda qatnov olti qatorli bo‘ladi.
Yurtimizda qad rostlagan ko‘priklar, Xitoydagi oynali ko‘prik,
AQShdagi “Oltin darvoza” gigant ko‘prigi, Angliyadagi ko‘tarma ko‘prikdan
sira qolishmaydi. (Internet ma’lumotlaridan)


Munosabat bildiring.
1. Insoniyat tarixida ko‘priklar dastlab
qanday materiallardan qurilgan?
Hozir-chi?
2. O‘zbekistonda qurilgan qanday
ko‘priklarni bilasiz?
3. Odamlar qalbini bir-biriga
bog‘laydigan ko‘priklar, deganda
nimalarni tushunasiz?


167-mashq. Matndagi k, q
undoshlari bilan boshlanadigan
so‘zlarni
ko‘chiring: ko‘priklar, qurilgan



 168-mashq.
Nuqtalar o‘rniga kerakli harfl arni qo‘yib, gaplarni
ko‘chiring.
1. Tosh...entda uch qavatli ...o‘prik ...ad rostladi. 2.
Yangi
Orleandagi Ponshartren …o‘li ustidagi ko‘pri… to‘…on
vazifasini bajaradi. 3. San Diyegodagi Koronado Bridj
ko‘pri…ining
ulkanli…idan uning ostidan kemalar bemalol o‘ta oladi.
4. Arkanzas ko‘pri…i jarli…larni birlashtiradi. 5.
Yaponiyada shaharlarni birlashtiruvchi ko‘pri…lar ham
mavjud


169-mashq.
“K-k o‘yini”. 3 guruhga bo‘lining. K
bilan boshlanib, k
bilan tugaydidan so‘zdan 10 ta topib
daftaringizga yozing va izohlang.
Qaysi guruh birinchi yozib bo‘lsa,
g‘olib hisoblanadi.


Namuna: kurak. Sochilgan
narsalarni to‘plab biror narsaga
solish uchun mo‘ljallangan asbob.
Kurak. Yelkaning yuqori qismidagi
uchburchak shaklli yalpoq suyak.
(“Ming bir so‘zni bilaman” kitobidan


 170-mashq.
Uyga vazifa. Siz qanday ko‘prik kashf
qilishni istaysiz?
“Kelajak ko‘priklari” mavzusida 10–12
ta gapdan iborat matn tuzing.






E'TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT.


Zoho Show
To create beautiful presentations, download Zoho Show from Play Store 
https://zoho.to/cy7
Matn va lugat ustida ishladh.pdf
(This PDF has been generated using Zoho Show)

Download 16.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling