Darsning a ta’limiy maqsadi: o’quvchilarning jarangli va jarang siz tovushlarning talaffuzi va imlosi yuzasidan
Download 16.93 Kb. Pdf ko'rish
|
Matn va lugat ustida ishladh (1)
Matn va lugʻat ustida ishlash. Darsning a) ta’limiy maqsadi: o’quvchilarning jarangli va jarang siz tovushlarning talaffuzi va imlosi yuzasidan olgan bilimlarini mustahkamlash; b) tarbiyaviy maqsad: o’quvchilarni yurtimizning me’moriy yodgorliklari, zamonaviy me’moriy obidalar haqidagi matnlar orqali kasbga yo’naltirish; d) rivojlantiruvchi maqsad: o’quvchilarda tinglab tushunish, o’qish, yozish va gapirish kabi nutqiy kompitensiyalarini rivojlantirish UY VAZIFASI Uyga vazifa. Tarkibida g‘ va q undoshi ishtirok etgan 5 ta topishmoq topib YOZING. Ko‘priklar Insoniyat qadimdan foyda lanib kelayotgan ko‘priklarning paydo bo‘lishi ibtidoiy jamiyatga borib taqaladi. Ko‘priklar dastlab toshlar va yog‘ochlardan qurilgan. Keyinchalik temir-beton ko‘priklar kashf etildi. Toshkentda ko‘priklar ko‘p. Ammo uch qavatli ko‘prik zamonaviy me’morchilikning yorqin namunasi bo‘lmoqda. Eng asosiysi, ko‘prikda birorta ham svetofor bo‘lmaydi, transport vositalari to‘xtovsiz harakatlanishi ta’minlanadi. Ko‘prik va tunnelda qatnov olti qatorli bo‘ladi. Yurtimizda qad rostlagan ko‘priklar, Xitoydagi oynali ko‘prik, AQShdagi “Oltin darvoza” gigant ko‘prigi, Angliyadagi ko‘tarma ko‘prikdan sira qolishmaydi. (Internet ma’lumotlaridan) Munosabat bildiring. 1. Insoniyat tarixida ko‘priklar dastlab qanday materiallardan qurilgan? Hozir-chi? 2. O‘zbekistonda qurilgan qanday ko‘priklarni bilasiz? 3. Odamlar qalbini bir-biriga bog‘laydigan ko‘priklar, deganda nimalarni tushunasiz? 167-mashq. Matndagi k, q undoshlari bilan boshlanadigan so‘zlarni ko‘chiring: ko‘priklar, qurilgan 168-mashq. Nuqtalar o‘rniga kerakli harfl arni qo‘yib, gaplarni ko‘chiring. 1. Tosh...entda uch qavatli ...o‘prik ...ad rostladi. 2. Yangi Orleandagi Ponshartren …o‘li ustidagi ko‘pri… to‘…on vazifasini bajaradi. 3. San Diyegodagi Koronado Bridj ko‘pri…ining ulkanli…idan uning ostidan kemalar bemalol o‘ta oladi. 4. Arkanzas ko‘pri…i jarli…larni birlashtiradi. 5. Yaponiyada shaharlarni birlashtiruvchi ko‘pri…lar ham mavjud 169-mashq. “K-k o‘yini”. 3 guruhga bo‘lining. K bilan boshlanib, k bilan tugaydidan so‘zdan 10 ta topib daftaringizga yozing va izohlang. Qaysi guruh birinchi yozib bo‘lsa, g‘olib hisoblanadi. Namuna: kurak. Sochilgan narsalarni to‘plab biror narsaga solish uchun mo‘ljallangan asbob. Kurak. Yelkaning yuqori qismidagi uchburchak shaklli yalpoq suyak. (“Ming bir so‘zni bilaman” kitobidan 170-mashq. Uyga vazifa. Siz qanday ko‘prik kashf qilishni istaysiz? “Kelajak ko‘priklari” mavzusida 10–12 ta gapdan iborat matn tuzing. E'TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT. Zoho Show To create beautiful presentations, download Zoho Show from Play Store https://zoho.to/cy7 Matn va lugat ustida ishladh.pdf (This PDF has been generated using Zoho Show) Download 16.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling