Darsning maqsadi: Fosfoprotein oqsili kimyoviy tarkibini o’rganish, sutdan
Download 24.4 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liq5-laboratoriya mashg\'uloti molekulyar biologiya
Darsning maqsadi: Fosfoprotein oqsili kimyoviy tarkibini o’rganish, sutdan kazein oqsilini ajratish va uning takibidagi qismlariga xos tajribalar bajarish. Nazariy qism: Fosfoproteidlar oddiy oqsil va oqsil bo'lmagan qism - fosfor kislotasidan tashkil topgan murakkab oqsillardir. Fosfor kislotasi oqsil bilan gidroksiamin kislotalarning gidroksil guruhi - serin va treonin orqali bog'lanadi. Ushbu oqsillar guruhiga sut kazeinogen, tuxum sarig'i vitellin va boshqalar kiradi. Fosfoproteinlar embrionlarning rivojlanishi uchun ozuqaviy materiallardan biri bo'lib xizmat qiladi. Sut tarkibida oddiy oqsillardan: albumin, globulin uchrasa, murakkab oqsillar sinfiga mansub bo‘lgan fosfoproteidlarning vakili kazein oqsili bor. Kazein sut oqsillarining 80% ini tashkil qiladi. Kazein nordon xossaga ega bo‘lib, uning izoelektrik nuqtasi pH 6,7 atrofida bo‘ladi. Sut tarkibidagi kazein kalsiy tuzlari bilan birikkan bo‘lib, erigan holatda bo‘ladi. Sut achiganda yoki kislota qo‘shib nordonlashtirilganda, oqsilli quyqa (tvorog) hosil bo‘lib, u cho‘kmaga tushadi. Kerakli biomateriallar: sut Kerakli jihoz: voronkalar, filtrlar, probirkalar, shisha tayoqcha, pipetkalar, spiral lampa. Kerakli reaktivlar: (1-ish) CH3COOH, 1% CuSO4 eritmasi, 10% NaOH eritmasi, 10% HNO3 eritmasi, fenolftalein, molibden reaktivi, xlorid kislotaning 1% li ertimasi, distillangan suv, natriy gidroksidning 10% li eritmasi, nitrat kislotaning konsentrlangan eritmasi, molibden reaktivi (tayyorlash:7.5g ammoniy molibdat 50 ml kons. nitrat kislotada eritiladi), mis sulfatning 1% li ertimasi.11- Download 24.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling