Darsning maqsadi: Ossillyatoriyaning sistematik o’rni, tuzilishi va ko’payishini o’rganish. Mashg‘ulot rejasi
Download 169 Kb.
|
1 2
Bog'liq1-amaliy mikologiya
1-AMALIY MASHG‘ULOT Mavzu: Ko‘k - yashil suvo‘tlari bo‘limi. Ossilyatoriya tuzilishi va ko‘payishi. Darsning maqsadi: Ossillyatoriyaning sistematik o’rni, tuzilishi va ko’payishini o’rganish. Mashg‘ulot rejasi: 1.1. Ko‘k - yashil suvo‘tlari bo‘limi. 1.2. Ossilyatoriya tuzilishi 1.3. Ossilyatoriya ko‘payishi. Umumiy tushuncha Eski klassifikasiya bo’yicha ular ko’k-yashil suvo’tlar hisoblanib, tuzilishiga qarab bakteriyalarga o’xshaydi. Bu bo’limning 2500 ga yaqin turi mavjud. Ular asosan bir hujayrali organizmlardir, biroq ipsimon, kaloniya shaklda uchrovchi vakillari ham bor. Ular bakteriyalardan quyidagi belgilari bilan farq qilishadi: A) Hujayra po’sti sellyulozali; B) Sitoplazmasida xlorofilllari bo’lib fotosintez jarayonini bajaradi. Xromotoplazmasida xlorofilldan tashqari har xil rang beruvchi karotin, ksantofill, fikoeritrin pigmentlari xam bo’ladi. Ular chuchuk va sho’rlangan suvlarda, hamda tuproqda hayot kechiradilar. Dengizlarda yashaydigan vakillari ham uchraydi. Sianofitlar hujayrasining ikkiga bo’linish yo’li bilan ko’payadilar. Sianobakteriyalar tabiatda keng tarqalgan va turlicha ahamiyatga ega. Ular erkin azotni o’zlashtirib tuproq unumdorligini oshiradi. Ayrim vakillar davolanish uchun ishlatiladigan balchiqlar hosil qilishda ishtirok etadi, ba’zi turlari ohaktoshlarda hayot kechirib, ularni asta-sekin nurashiga olib keladi. Ayrim koloniya holda uchrovchi turlari masalan nostok - Janubiy Sharqiy Osiyo mamlakatlaridan tansiq ovqat sifatida ishlatiladi. Sianofitlar ham eng qadimgi paydo bo’lgan organizmlar bo’lib, yo’sinlar, qirqquloqlar va urug’li o’simliklar paydo bo’lganga qadar ham yashaganlar. Ularni yoshi bir necha milliard yil hisoblanadi. Ko‘k-yashil suvo'tlar sodda tuzilishga ega bo'lgan bir hujayrali, kononiya holda yashovchi (1-rasm) yoki ko‘p hujayrali prokariot organizmlardir. Ular hujayrasi to‘liq shakllangan yadro (mag‘iz), mitoxondriy, plastid va vakuolalarga ega emas. Rangi yashil-xlorofill va ko‘k-fikotsian pigmentlar nisbatiga bog‘liq. 1-rasm. Ko'k-yashil suvo‘tlari A - ossillyatoriya (Oscil- latoria); V - lingbiya (Lyng- bya); D-F - nostok (Nostoc); D - umumiy ko'rinishi; E - mikroskopning kichik obyektidagi ko'rinishi; F - kattalashtirilgandagi ko'rinishi; G - anabena (Anabena); H - gleokapsa (Gleocapsa); I - rivulyariya (Rivularia); J–xrookokk(Chroococcus);1-geterotsista Shu bilan birga oz bo‘lsada, qizil fikroeritrin va qo'ng'ir-karotinoid pigmentlarga ham ega. Bu suvo‘tlarining oziqlanishi avtotrof (fotosintez) va geterotrof (atrof-muhitdan organik moddalarni olish yo‘li bilan)dir. Ko‘payishi asosan jinssiz va vegetativ ravishda amalga oshadi. Jinsiy ko‘payish kuzatilmaydi. Mazkur suvo‘tlari vakillari oqar va ifloslangan suvlarda, zax tuproqlarda, daraxt po‘stloqlarida, qoyalar va issiq suv manbalarida keng tarqalgan. Download 169 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling