Darsning maqsadi: O`zaro hurmat,hamkorlikda ishlash,o`qib bilim olishga undash a ta`limiy maqsad
Download 73.69 Kb.
|
3-SINF DARS ISHLANMA O\'QISH
O`qituvchi:
-Biz o`tgan o`qish darsida qaysi mavzu bilan tanishgan edik. -Jaloliddin Manguberdi hikoyasi .(Mirkarim Osim) . -Hikoya “Zanjir ”o`yini orqali yoddan so`raladi.Mavzuga doir bir nechta savollar beriladi. -Jaloliddin Manguberdi kim bo`lgan? -U o`z yurti uchun nimalar qilgan? -Mardlik haqida maqollar ayting. Bilagi zo`r birni yiqar, Bilimi zo`r mingni. Guruhlar baholanadi. -Yangi mavzuga zamin tayyorlash. A4 formatda chizilgan boshqotirma bajariladi.Kalit so`zi “Mehnat”.
1 Xorazmshohning og`li kim bo`lgan? 2 Jaloliddin Manguberdi bilan mo`g`ullar o`rtasida jang bo`lgan viloyat? 3 Jaloliddin Manguberdi u-… 4 Ashxobodning qadimgi nomini toping. 5 Amudaryoning qadimgi nomini toping. 6 Sarkarda halok bo`lgan shahar nomini ayting. 3 ta guruhga slayd orqali 3 ta topishmoq namoyish etiladi.Topishmoq javobini o`quvchilar navbat bilan aytadilar. Yangi mavzu bayoni. Mavzu e`lon qilinadi. O`quvchilarga buyuk adibimiz Muso Toshmuhammad o`g`li Oybek haqida ma`lumot beriladi. Oybek 1905-yil 10-yanvar kuni Toshkent shahrida bo`zchi oilasida dunyoga kelgan.Bu yil Vatanimizda adibning 110 yilligi nihonlanadi.O`quvchilarga darslikda berilgan “Mehnatkash qiz” hikoyasi ravon,ifodali,tushunarli va obrazli qilib o`qib beriladi.O`quvchilar tinglaganlari haqida fikrlarini bildirishadi.Mavzu o`qituvchi tomonidan o`quvchilarni fikri to`ldirilgan holda qayta hikoyalab beriladi. -Mahsi ,bigiz,angishvona ko`rsatiladi. -Mahsini kimlar,qachon kiyishi aytib o`tiladi.Mahsi nimadan tayyorlanganligi aytiladi.Har bir o`quvchilar bir nuqtadan o`qitiladi. Dam olish daqiqasi. Childirmani chaldi ayiq, Bulbul qo`shiq kuyladi. Raqqosa echki esa Muqom bilan o`ynadi. Shu ham o`yin bo`ldimi Deb qo`y tanqid qilibdi. O`ynash o`rniga nuqul Likillatar dumini. Lug`at ishi: Mahsi-Qo`y yoki echki terisidan tayyorlanagan uzun qo`njli,poshnasiz, tagcharmini Bigiz- Poyafzaldo`zlarning ko`nni, terini, teshish uchun ishlatiladigan yog`och sopli,nina uchli asbobi. Shon-Mahsi yoki etik qo`ng`iga uriladigan tayoq qolib. Chok-Chevarlikda gazlama, teri va boshqadan tikiladigan buyumlarning tikib biriktirilgan joyi. -“Mehnat insonni ulug`laydi” maqolini sharhlang? -Unsir kampirning qaysi ishlariga yordamlashdi? -U mahsi tikishni kimdan o`rgandi? Mehnat qilib topganing,qandu asal totganing. Mustahkamlash. Oqituvchi:Muhtaram Prezidentimizning “Ona yurtimiz baxt-u iqboli va buyukkelajagi yo`lida xizmat qilish-eng oily saodatdir” deb nomlangan asarlarining 232-sahifasida qiz bolalar haqida shunday deyildan:-Qiz bola-bubo`lg`usi ona, farzandlarimizning tarbiyachisi. Ertangi avlod-bu O`zbekistonning kelajagi degani.Qishloqlarimizda agar qiz bola o`ziga munosib ish topa olmasa,dardini hech kimga aytolmasa,o`z orzu-niyatlarini amalgam oshira olmasa,bu hokim bo`ladimi, prokuror bo`ladimi,boshqa mutasaddilar bo`ladimi,shuni bilib qo`yish kerak,bu xuddi qonunga mensimay qaragandek qabul qilinishi zarur.Ana shu yosh qizlarimizning niyatlarini,albatta,ro`yobga chiqarish kerak, ular,albatta,baxtlibo`lishi kerak. Yangi mavzu Venn diagrammasi orqali mustahkamlanadi O`quvchilar shu metod orqali hikoya qahramonlariga o`z munosabatlarini bildiradilar. Aziz o`quvchilarim siz ham hikoyamiz qahramoni Unsin singari oq ko`ngil,mehribon inson bo`linglar. Barchangiz yurt koriga yaraydigan inson bo`lib yetishing. O`quvchilar dars davomida olgan ballari hisoblanadi va g`olib guruh e`lon qilinadi.Naminatsiya g`oliblari aytiladi. Uyga vazifa : Mavzuni o`qib kelish. Download 73.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling