Darsning mavzusi: Kitob bilim manbai Darsning maqsadi


Download 20.33 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi20.33 Kb.
#1569839
Bog'liq
Darsning mavzusi

Darsning mavzusi: Kitob bilim manbai


Darsning maqsadi:
Talimiy maqsad: Kitob haqidagi tasavvurlarini boyitish,insonning hayotdagi o`rnida kitobning beqiyos o`rni haqida tushuncha berish, o`qish ko`nikmalarini, to`g`ri,ongli va ifodali o`qish sifatlarini takomillashtirish.O`quvchilar lug`atini boyitish haqida tushuncha berish.
Tarbiyaviy:O`quvchilarni kitoblarga do`stona munosobatda bo`lish, kitobni ko`z qorachig`iday asrab avaylashi haqida tushuncha berish.
Rivojlantiruvchi maqsad:Maktab kutubxonasiga a`z o bo`lishi, sinfda kutubxona burchagi tashkil etishi,uyda uy kutubxonasini tashkil etishi haqida tushuncha berish.
Dars turi;Yangi bilim beruvchi
Dars metodi:Suhbat,savol- javob, ko`rgazmalilik,AKT, didaktik o`yinlar.
Darsning jihozi: Kompyuter slaydlari,turli badiy adabiyotlar, darslik kitob rasmlari.
Darsning borishi
Tashkiliy qism:Salomlashish, navbatchi axboroti, siyosiy daqiqa o`tkazish,darsga tayyorlash.
Dars shiori:Talim va tarbiya qushning ikki qanoti kabidir. I.Karimov ‘’Yuksak manaviyat yengilmas kuch’’ asaridan.
O`tilgan mavzuni so`rash, mustahkamlash

  1. Pichoqdan qanday foydalanish kerak?

  2. Qaychidan foydalanishda qanday qoyidalarga amal qilish kerak?

  3. Elektr jihozlaridan qanday foydalanish kerak?

  4. Qanday joylarda cho`milish mumkin emas?

Sahna ko`rinishi.(Elektr jihozidan noto`g`ri foydalanish)
Yangi mavzu bayoni
Kitob bilim manbai
Slayd namoyish etiladi.’’ Do`st tutin kitob bilan’’ sheri
Kitoblar haqida ma’lumotlar berish.
Kitob-axborotlarni, g’oyalarni, bilim va ma’lumotlarni saqlash, tarqatish vositasi, badiy, ilmiy asarlar, ijtimoiy adabiyot, ,bilimlar targ’ibotchisi va tarbiya qurolidir.Bundan bir necha ming yillar avval insonlar yozuvlarni daraxt po’stlog’I, barglariga, qoya toshlarga hamda spool buyumlarga yozishlari dastlabki kitoblarni yaratilishiga zamin yaratdi.Dastlabki kitob 1445 yilda Yevropada yaratilgan.Kitoblar dastlab qo’lda yozilgan.Bosma kitoblar 15-asrning 40-yillarida Yevropada Germaniyalik Logan Guttenberg tomonidan ixtiro qilingan.Bugungi kunda dunyo bo’yicha 130 mln dona kitob mavjud(yozilgan asar)
Darslik bilan ishlash.
‘’Arofimizdagi olam’’ darsida o’qituvchi sayyoralar haqida ma’lumot to’plash vazifasini berdi.Aziza va Fazilat kutubxonadan mavzuga oid kitob olmoqchi bo’lishdi.
-Bu kitobni o’qish zalida o’qishingiz mumkin, uyga berilmaydi,-dedi kutubxonachi.
Qizlar kitobni oldilar-da,orqa partaga borib o’tirdilar. Kitobning nomi “Olam haqida bir olam ma’lumot ‘’ ekan.Qizlar kitobni varaqlar ekanlar, hayajonlarini yashira olmay bir-birlariga to’lqinlanib gapirar edilar.Kutubxonachi ularning qo’lidan kirobni olib qo’ydi.
-sizlar kutubxonada o’zini tutish odobini bilmas ekansizlar, kutubxonaga hech kim yoq paytida kelasizlar,…..
1)Kitob o’qish qoidalari o’quvchilar tomonidan ko’rgazmalar asosida tushuntiriladi.
2)Kitobning xususiyatlari.(O’quvchilar aytadi)Sahnada “Kitob- buyuk donishmand’’yozuvi paydo bo’ladi.

Dam olish daqiqasi o’tkaziladi.


Multimedia namoyish etiladi.’’Mussa va Rarra’’ ‘’Halollik’’ haqida.
Yangi mavzuni mustahkamlash.
‘’o’rnini top’’ o’yini.
Kitob ko’p biladi
Ko’p o’qigan eng yaxshi do’st
Yaxshi kitob bilim manbai
Dono bobo maslahatlari.(O’quvchi bobo ko’rinishida o’qib beradi)
Yakunlash, rag’batlantirish.
O’quvchilar bilimini umumlashtirish, xulosa qilish.
Uyga vazifa; 36-39-betlarni o’rganish.
Download 20.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling