Darsning mavzusi: Yengil atletika


Download 33.79 Kb.

Sana10.01.2019
Hajmi33.79 Kb.

_______________ 

Darsning mavzusi: 

Yengil  atletika:  Past  startdan  chiqish  texnik  usullarini  bajarish.  Qisqa  masofa  bo’lab 

yugurish. 



Nazariy: Yengil atletika sport turlari bo’yicha qisqacha ma’lumot. 

Darsning maqsadi

Ta’limiy: O’quvchilarga yangi mavzu haqida tushuncha berish. 

Rivojlantiruvchi:

 Past startdan chiqish texnik usullarini bajarish qoidalarini o’rgatish

. 

Kеrakli anjоmlar: Hushtak, ko’rgazmali vositalar. 

O’tish jоyi: Sport maydoni. 

 

Dars mazmuni 



Mе’yori 

T.M.K 

Kirish qism

Saflanish,  salоmlashish,  jurnal  bo’yicha  davоmatni 

aniqlash,  darsda  kasal  bor-yo’qligini  aniqlash,  dars 

maqsadi. O’tilgan mavzu yuzasidan savol javob qilish, yangi 

mavzuni  bayon  qilish.  „Atletika"-yunoncha  so'z  bo'lib,  u 

bellashuv,  kiirash,  mashq  ma'nolarini  anglatadi.  Yengil 

atletika  o'ziga  xos  yurish,  yugurish,  sakrash  va  uloqtirish-

tezlik  kuchini,  chidamlilikni  tarbiyalaydi,  kishi  a'zolarining 

harakatchanligini  kuchaytiradi,  irodani  tarbiyalaydi,  tana 

a'zolarining  ish  qobiliyatini  oshiradi.  Yengil  atletika 

quyidagi  turlarga  bo’linadi:  yurish,  yugurish,  sakrash, 

uloqtirish,  ko’pkurash.Turgan  jоyda  burilishlar,  yurish, 

еngil yugurish, nafasni rоstlоvchi mashqlar, URM va MRM. 

5 daqiqa 

Safda to’g’ri turish qоidasini 

tushuntirish 

Yurish,  yurishdan  asta-sekinlik  bilan  yugurish,  o’ng  yon  bilan 

yugurish, chap yon bilan yugurish, orqa bilan yugurish. Tizzalarni 

baland 


ko’tarib 

yugurish. 

Maydon 

bo’ylab 


asta-sekin 

yugurishdan  yurishga  o’tish  va  burindan  nafas  olib  og’izdan 

chiqarish, guruhga bo’linish yoki doira hosil qilib turish.  

1.  d.h.  Oyoqlar  elka  kengligida.  Qo’llar  belda,  boshni  o’ng 

tarafdan 4-marta, chap tarafdan 4-marta aylantirish. 

2. d.h. Oyoqlar elka kengligida, qo’llar elkada, qo’llarni oldiga 4-

marta, orqaga 4-marta aylantirish 

3.  d.h.  Oyoqlar  yelka  kengligida,  o’ng  qo’l  yuqorida,  chap  qo’l 

pastda  1-2  qo’llar  orqga  tortiladi,  3-4  qo’llar  almashtiriladi  va 

orqaga tortiladi. 

4.  d.h.  Qo’llar  ko’krak  oldida,  1-2-qo’llar  qisqa  yoziladi,  3-4-

qo’llar to’liq yoziladi o’ngga va chapga qayrilub bajarish. 

5.  d.h.  Oyoqlar  yelka  kengligida  qo’llar  belda,  belni  4-marta 

o’nga, 4 marta chapga aylantirish.  

6. d.h. Qo’llar yonga uzatilib, oyoqlar elka kengligida qo’yildai. 1 

deganda  gavdani  chap  tomonga  egish,  2  deganda  dastlabki 

holatga qaytish, 3 o’ng tomonga egilish, 4 dastlabki holat. 

7. d.h. Oyoqlar yelka kengligida, 1-o’ng qo’lni chap oyoq uchiga 

tegizamiz, 2-d.h., 3-chap qo’lni o’ng oyoqqa tegizamiz. D.H 

8.  d.h.  Oyoqlarni  kengroq  qo’yiladi,  1-o’ng  oyoqqa  2-o’rtaga  3- 

chap oyoqqa oldinga engashiladi, 4-d.h. 

9. d.h. Oyoqlar juftlashtiramiz 1- qo’llarni yuqoriga ko’taramiz, 2-

oldinga engashamiz, 3-o’tiramiz. 

10.  Qo’llar  belda  oyoqlar  elka  kengligida,  ikki  oyoqda  sakrash, 

so’ngra yurishga o’tish. 

Qayta saflanish.  

 

10 daqiqa 

 

 

 

4- 8 marta 

 

4-8 marta 

 

4-8 marta 

 

 

4-8 marta 

 

4-8 marta 

 

4-8 marta 

 

 

4-8 marta 

 

4-8 marta 

 

4-8 marta 

 

4-8 marta 

O’qituvchi ko’rsatmasi bilan 

mashqlar kеtma-kеt o’rtacha 

sur’atda bajariladi. 

 

Boshni bo’sh qo’yib asta-sеkinlik 



bilan aylantirish. 

Qo’llarni elkaga qo’yib, oldiga va 

orqaga to’g’ri aylantirish. 

Mashqni bajarish davomida 

hamma bir tarafdan bajarishi 

kerak 


Qo’llarni yuqoriga ko’rganda 

oyoq uchiga ko’tarilish, oldinga 

engashishda tizzani bukmaslik 

lozim. 


Mashqni bajarishda tizzani 

bukmaslik kerak. 

 

Mashqni to’g’ri va aniq bajarish 



kеrak. 

Yonma-yon qator bo’lib turish 



Mazkur xujjatni to’liq holda olish uchun 

+998902295952 

telefon 

raqamiga qo’ng’iroq qiling yoki telegram orqali bog’laning 

Xujjatni e-mailingizga yoki telegram orqali olishingiz mumkin. 

Narxi: 20000 sum 

To’lov faqat Kartadan kartaga pul o’tkazish yo’li orqali bajariladi.  

 

 



Asоsiy qism

Mavzuni tushuntirish. 

Qayta saflanish: 

Mavzu:

 

Past  startdan  chiqish  texnik  usullarini 

bajarish. Qisqa masofa bo’lab yugurish. 

Qisqa  masofaga  yugurish  (sprint).  Qisqa  vaqt  ichida  ishni 

nihoyatda tez bajarish bilan tavsiflanadi. U 30 metrdan 400 

metrgacha  masofaga  yugurishni  o’z  ichiga  oladi.  Yugurish 

texnikasini  o’rganish  qulay  bo’lishi  uchun  uni,  shartli 

ravishda,  to’rt  qismga  ajratiladi:  yugurishning  boshlanishi 

(start),  startli  yugurish,  masofaga  yugurish  va  finish 

(marra). Pastki start-tez yugurib ketish uchun qulay bo'lgan 

dastlabki  holat.  Pastki  startdan  yugurish  uchun  tayanch, 

chuqurcha  yoki  start  g'o'lachalari  (kolodka)dan  foyda-

laniladi. “Start” komandasi berilganda: 

-tiz cho'kib, qo'llarga tayaniladi, bir oyoq tizzasi yerga tegib 

turadi, ikkinchi oyoq tayanchda (kolodkada) turadi; 

-qo'llarni  yelka  kengligida  qo'yib,  yerga  tayaniladi,  bosh 

barmoqlar  ichkariga  qaratiladi,  qo'llar  to'g'rilanadi,  tana 

og’irligi  qo'l  va  tizzaga  bir  xilda  tushadi.  Bosh  egiladi  va 

start chizig'iga qaraladi. 

„Diqqat" komandasi berilganda orqada turgan oyoq tizzasi 

yerdan uziladi, tana og'irligi to'rf tayanch nuqta (qo'llar va 

oyoqlar)ga tushadi.  

“Marsh”  komandasi  berilganda  gavdani  tezda  to'g'rilab, 

orqada  turgan oyoq  bilan birinchi  qadam  qo'yiladi,  qo'llar 

keskin  harakatlanadi,  so'ngra  ikkinchi,  uchinchi  va  hokazo 

qadamlar  qo'yiladi.  Faqat  6-8  qadamdan  keyingina  gavda 

to'liq  to'g'rilanadi.  Ma'lum  masofaga  yugurayotganda 

sportchi  oyog'ini  kaftdan  bosib,  katta-katta  qadamlar 

tashlashga  harakat  qiladi.  Qo'l-lar  bir  maromda 

harakatlanib,  u  tirsakdan  bukilgan  bo'ladi.  Qo'llar  musht 

qilinmaydi,  tana  bir  oz  oldinga  egilgan  bo'ladi.  Bel  ham 

butunlay  bukilmagan  va  tishlar  ham  bir-biriga  qattiq 

bosilmaydi,  faqat  olg'a  intilib,  harakatlar  erkin  bajariladi. 

Finishga,  chamasi,  10-15  metr  qolganda  yuguruvchi  erkin 

harakatini saqlagan holda oldinga qaraydi, yelkalarni to'g'ri 

tutib  (u  yoq-bu  yoqqa  chalg'imay),  tezlikni  susaytirmay, 

finish chizig'ini keskin kesib o'tadi. 

 

 

 

 

 

 

 

 

 



 

 

 

 

 

 

25 daqiqa 

 

 



Mashqlarni to’g’ri bajarishiga 

e’tibor berish. 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

Mashqni bajarishda xavfsizlik 



qoidalariga riyoa etish. 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

Qo’l, oyoq va gavda xarakatiga 



e’tibor berish. 

 

 



Yakuniy qism

Saflanish,  

yurish,  

yengil yugurish,  

nafasni rоstlоvchi mashqlar,  

Saflanish,  

bahоlash,  

uyga vazifa.  

хayrlashish. 

5 daqiqa 

Bir qatоrga saflanish 

Qol, oyoq harakatlariga e’tibor 

berish 


To’g’ri nafas olib chiqarishga 

e’tibor berish 

хatо va kamchiliklarni 

tushuntirish 

guruh bir qator bo’lib 

maydondan chiqib ketadi 



 


Do'stlaringiz bilan baham:


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling