Darsning mavzusi: Заҳириддин Муҳаммад Бобур – буюк давлат арбоби ва мутафаккир
Download 0.6 Mb.
|
Yangi 8 sinf konspekti(1)
III.Yangi mavzu bayoni:
Yangi mavzu rejasi: Umarxon va ilmiy-madaniy muhit. Maxmur vaGulxaniy. Uvaysiy. Mohlaroyim-Nodira. Boborahim Mashrab. «Kichik ma`ruza ».Slaydlar asosida o`qituvchi va o`quvchilar tomonidan mavzu mazmuni yoritib beriladi. Umarxon(1787-1810-1822) Amiriy taxallusi bilan o`zbek va fors tillarida she`rlar yozdi, Qo`qon adabiy muhitini yaratdi Uning amriga ko`ra Fazliy Namangoniy “Majmuai shoiron” to`plamini tuzdi Unda 63 shoirning asarlaridan 10 ming misradan ortiq devon jamlangan Amiriy asarlari 1882-yilda Istanbulda, 1905-yilda Toshkentda chop etilgan. Amir Umarxon dazrida yirik shoirlardan biri Maxmur(asl ismi Mahmud)XVIII asr oxirida tug`ilib, 1844-yili vafot etgan. Qo`qondagi Madrasai Mirda o`qigan. Amir Umarxon qo`shinida sipohilik qilgan. Hajviy she`rlar devonida 69 asar (3717 misra) jamlangan. Ijtimoiy hajviyani yuksak pog`onaga ko`tardi. Mashhur ”Hapalak” hajviy she`rini yozgan: Xalqini ko`rsang agar o`lasi-yu qoq-u uxarob, Ochligidan egilib, qomati misli kamalak. Bori yo`q uylarini banda bayon gar qilsam, Bir katak, ikki kapa,uch olachuq, to`rt katalak. Bu davr adabiyotining yana bir yirik namoyandasi Gulxaniy (Muhammad Sharif)1770-yilda tug`ilib ….da vafot etgan. Tojikistonning Tavildara tumanida tug`ilgan. Qo`qonda hammomga o`tyoquvchi bo`lib ishlagani uchun “Gulxaniy” taxallusini olgan. Mashhur ”Zarbulmasal” asari va undagi“Maymun va Najjor”, “Tuya bilan Bo`taloq,” “Toshbaqa bilan chayon” kabi masallari axloqiy-ta`limiy ahamiyatga ega. Qo`qon adabiy muhitini Uvaysiy va Nodiralarsiz tasavvur etib bo`lmaydi. Uvaysiy (1780-1841) o`z davrining ilg`or va ma`rifatli oilalaridan edi. U Navoiy, Lutfiy, Bobur, Fuzuliy va Jomiy ijodini qunt bilan o`rgandi. Adabiy merosida 269 g`azal, 29 muxammas, 3 doston bo`lib, xalqparvarligi bilan ajralib turadi. Bu na gumbazdir, eshigi, tuynugidin yo’q nishon, Necha gulgun pok qizlar manzil aylabdur makon. Tuynigin ochib, alarning holidan olsam xabar, Yuzlarida parda tortug’liq tururlar, bag’ri qon. O`zbek shoirasi, ma`rifatparvar davlat arbobi Mohlaroyim – Nodira 1792-1842 yillarda yashab o`tgan. Andijon hokimi Rahmonqulbiyning qizi. Umarxonning rafiqasi Madalixon-nig onasi. Xattot, olim, naqqoshlarni Qo`qonga to`plagan. Yaxshi xattot,naqqoshlarga tilla qalam, kumush qalamdon sovg`a qilgan. Ozbek va tojik tillarida ijod qilgan. Nodira taxallusida 180 she`r, Komila taxallusuda 19 g`azal, Maknuna taxallusida 333 g`azaldan iborat devonlar tuzgan. Lirik adabiy merosi 10 ming misraga yaqin. Navoiy, Fuzuliy, Bedil g`azallariga muxammaslar yozgan. Qo`qon xonligida ijod qilgan ulug` insonlardan biri iste`dodli shoir Boborahim Mashrab 1640-1711 yillarda yashab ijod qilgan. U Namanganda tug`ilgan. 7 yoshida savod chiqargan. 15 yoshidan tasavvuf ilminini egalay boshlagan. 18 yil dunyo kezgan. Hukmron tabaqalarning ochko`zligi, adolatsizligini ayovsiz tanqid qilgan. Xalqning ayanchli, og`ir ahvoliga achingan.
Download 0.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling