Darsning mavzusi: Заҳириддин Муҳаммад Бобур – буюк давлат арбоби ва мутафаккир
Download 0.6 Mb.
|
Yangi 8 sinf konspekti(1)
III.Yangi mavzu bayoni:
Ma’lumki, har qaysi davlatning siyosiy nufuzi ko’p jihatdan qo’shinning qudratiga bog’liq ekanligi tarix isbotlangan haqiqatlardan biridir. Shuning uchun shayboniylar ham o’z davriga yarasha qudratli qo’shin tuzishga muvaffaq bo’lganlar. Qo’shin o’sha davrda foydalanilgan harbiy qurol-yarog’larning barcha turidan mohirona foydalana olgan. Qo’shin tarkibiga ko’ra, asosan, otliq va piyoda askarlardan iborat edi. Tuzilishiga ko’ra, qalb, o’ng va chap qanot, manglay (avangard), ilg’or, manglay, qorovul, tug’chi, hirovul kabi qismlarga bo’lingan. Qo’shin tuzilishi va uning harbiy yurishlari davrida harakatli tizimli va tartibli bo’lgan. Qo’shinning asosini o’ng qanot, (barobg’or), va chap qanot (javong’or), hamda hirovul (orqa qism) bo\linmalaridan iborat qalb, markaziy qism tashkil etgan. Qo’shin harbiy yurish boshlagan vaqtda uning oldida ilg’or deb ataluvchi qism borgan. Uning vazifasi yo’lning xavfsizligini, pistirma qo’yilgan, qo’yilmaganligini aniqlash edi. Ilg’ordan so’ng manglay (avangard) borgan. Unda qalbni dushmanning bexosdan qilinadigan hujumidan saqlash yuklatilgan. Qo’shinning qorovul qismi umumiy qo’shinni qo’riqlab borgan. Katta va kichik g’ullar esa maxsus qism bo’lib, Oliy bosh qo’mondon (xon) va sarkardalarni himoya qilgan. Chanoh esa qo’shinni o’ng va qanotlarini qo’riqlovchovchi maxsus qism edi. Barcha qismlar o’ttasida maxsus choparlik qismi tashkil etilgan. Bu xizmat Oliy bosh qo\mondonning buyruq va ko’rsatmalarini sarkardalarga yetkazib turardi. Qo’shin tarkibida Tug’chi qism bo’lgan. Xon qo’shinningOliy bosh qomondoni edi. Qo’shinning o\ng va chap qanotlari hamda qalb shayboniy sultonlar va shahzodalarga topshirilga. Qo’shinda Jevachi mansabiga tayinlangan amaldor qo’shinni qurol yarog’ bilan ta’minlash masalasi bilan shuug’ullangan. TAVOCHI mansabiga tayinlangan amaldor esa, harbiy askarlarni to’plash, ularni harbiy yurishga tayyorlash masalasi bilan shug’ullangan. Download 0.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling