Darsning mavzusi: Заҳириддин Муҳаммад Бобур – буюк давлат арбоби ва мутафаккир


Download 0.6 Mb.
bet183/205
Sana05.01.2022
Hajmi0.6 Mb.
#215401
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   205
Bog'liq
Yangi 8 sinf konspekti(1)

III.Yangi mavzu bayoni:

Yangi mavzu rejasi:



  1. Umarxon va ilmiy-madaniy muhit.

  2. Maxmur vaGulxaniy.

  3. Uvaysiy.

  4. Mohlaroyim-Nodira.

  5. Boborahim Mashrab.

 «Kichik ma`ruza ».Slaydlar asosida o`qituvchi va o`quvchilar tomonidan mavzu mazmuni yoritib beriladi.

Umarxon(1787-1810-1822) Amiriy taxallusi bilan o`zbek va fors tillarida she`rlar yozdi, Qo`qon adabiy muhitini yaratdi

Uning amriga ko`ra Fazliy Namangoniy “Majmuai shoiron” to`plamini tuzdi

Unda 63 shoirning asarlaridan 10 ming misradan ortiq devon jamlangan Amiriy asarlari 1882-yilda Istanbulda, 1905-yilda Toshkentda chop etilgan. Amir Umarxon dazrida yirik shoirlardan biri Maxmur(asl ismi Mahmud)XVIII asr oxirida tug`ilib, 1844-yili vafot etgan. Qo`qondagi Madrasai Mirda o`qigan. Amir Umarxon qo`shinida sipohilik qilgan. Hajviy she`rlar devonida 69 asar (3717 misra) jamlangan. Ijtimoiy hajviyani yuksak pog`onaga ko`tardi. Mashhur ”Hapalak” hajviy she`rini yozgan:

Xalqini ko`rsang agar o`lasi-yu qoq-u uxarob,

Ochligidan egilib, qomati misli kamalak.

Bori yo`q uylarini banda bayon gar qilsam,

Bir katak, ikki kapa,uch olachuq, to`rt katalak.

Bu davr adabiyotining yana bir yirik namoyandasi Gulxaniy (Muhammad Sharif)1770-yilda tug`ilib ….da vafot etgan. Tojikistonning Tavildara tumanida tug`ilgan. Qo`qonda hammomga o`tyoquvchi bo`lib ishlagani uchun “Gulxaniy” taxallusini olgan. Mashhur ”Zarbulmasal” asari va undagi“Maymun va Najjor”, “Tuya bilan Bo`taloq,” “Toshbaqa bilan chayon” kabi masallari axloqiy-ta`limiy ahamiyatga ega.

Qo`qon adabiy muhitini Uvaysiy va Nodiralarsiz tasavvur etib bo`lmaydi. Uvaysiy (1780-1841) o`z davrining ilg`or va ma`rifatli oilalaridan edi. U Navoiy, Lutfiy, Bobur, Fuzuliy va Jomiy ijodini qunt bilan o`rgandi. Adabiy merosida 269 g`azal, 29 muxammas, 3 doston bo`lib, xalqparvarligi bilan ajralib turadi. Bu na gumbazdir, eshigi, tuynugidin yo’q nishon,

Necha gulgun pok qizlar manzil aylabdur makon.

Tuynigin ochib, alarning holidan olsam xabar,

Yuzlarida parda tortug’liq tururlar, bag’ri qon.

O`zbek shoirasi, ma`rifatparvar davlat arbobi Mohlaroyim – Nodira 1792-1842 yillarda yashab o`tgan. Andijon hokimi Rahmonqulbiyning qizi. Umarxonning rafiqasi Madalixon-nig onasi. Xattot, olim, naqqoshlarni Qo`qonga to`plagan. Yaxshi xattot,naqqoshlarga tilla qalam, kumush qalamdon sovg`a qilgan. Ozbek va tojik tillarida ijod qilgan. Nodira taxallusida 180 she`r, Komila taxallusuda 19 g`azal, Maknuna taxallusida 333 g`azaldan iborat devonlar tuzgan. Lirik adabiy merosi 10 ming misraga yaqin. Navoiy, Fuzuliy, Bedil g`azallariga muxammaslar yozgan.

Qo`qon xonligida ijod qilgan ulug` insonlardan biri iste`dodli shoir Boborahim Mashrab 1640-1711 yillarda yashab ijod qilgan. U Namanganda tug`ilgan. 7 yoshida savod chiqargan. 15 yoshidan tasavvuf ilminini egalay boshlagan. 18 yil dunyo kezgan. Hukmron tabaqalarning ochko`zligi, adolatsizligini ayovsiz tanqid qilgan. Xalqning ayanchli, og`ir ahvoliga achingan.


Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   205




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling