Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism:
O’quvchilar bilan salomlashish, davomadni aniqlash, darsga jalb qilish, sinfda ishchi muhitini yaratish, dunyoda va O`zbekistonda yuz bergan muhim yangiliklardan qisqacha xabarlar berish.
II. O’tgan mavzuni so’rash:
1. Pyotr I ni Xiva xonligini Rossiya tobeligiga olishi nima sababdan amalga oshmay qoldi?
A) Ustyurtda xivaliklarning rus qo‘shinlariga tinimsiz hujum qilishi
B) chor Rossiyasining “Shimoliy urush” bilan bandligi
C) qishning erta kirib qolishi va rus qo‘shinlarining bunga tayyor emasligi
D) rus qo‘shinlari orasida kasallik va sarosimaning boshlanganligi
2. Qaysi omillar Rossiya olib borgan siyosatda harbiy yo‘l bilan O‘rta Osiyoni ishg‘ol etish tomon burilish ro‘y berganligining yaqqol isboti hisoblanadi?
A) qozoq juzlarini o‘z fuqaroligiga olishi
B) A.Bekovich-Cherkasskiy boshchiligida ekspeditsiyaning jo‘natilishi
C) Raim va Kopal istehkomlarining qurilishi
D) 1839-yil Xivaga Perovskiyning hujumi
Do'stlaringiz bilan baham: |