Darsning mavzusi: Заҳириддин Муҳаммад Бобур – буюк давлат арбоби ва мутафаккир
Download 0.6 Mb.
|
Yangi 8 sinf konspekti(1)
III.Yangi mavzu bayoni:
8-sinf "O’zbekiston tarixi" darsligida XVI asrdan XIX asrning o’rtalarigacha Vatanimizning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy-madaniy hayoti tarixi yoritilgan. Qariyb 350 yilcha davom etgan bu davrda mamlakatimiz hududidagi ijtimoiy-siyosiy hayot, hokimiyat uchun kurash nihoyatda keskinlashadi. Buni Siz so’nggi temuriy shahzodalar o’rtasidagi taxt uchun kurash oqibatida siyosiy inqirozning vujudga kelishi, Bobur Mirzo bilan Muhammad Shayboniyxon o’rtasidagi kurash, tinimsiz davom etgan ichki nizo, taxt uchun kurash misolida bilib olasiz. Darslikda bu jarayon tarixiy voqealar misolida ochib berilgan bo’lib, uni o’rganish orqali Siz yurt tinchligi va barqarorligini ta’minlash qanchalik zarur ekanligi haqida saboq chiqarib olasiz, deb umid qilamiz. Darslikda Turkistonning uch xonlikka bo’linib ketishi; bo’linishning sabablari va oqibatlarini yoritishga alohida e’tibor berilgan. Siz Buxoro xonligi (amirligi), Xiva xonligi va Qo’qon xonligi misolida, ularning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy-madaniy hayoti, davlat boshqaruvi, xonliklar o’rtasidagi o’zaro munosabatlarda ahillik, hamkorlik bo’lmaganligini anglash bilan birga, tegishli xulosalar ham chiqarib olasiz, albatta. XVI-XVII asrlarda Dashti Qipchoqdan O’rta Osiyoga kirib kelgan turli turkiy urug’-qabilalar bilan mahalliy aholining aralashuvi, xalqimizning o’zbek degan nomni o’ziga qabul qilishi kabi jarayonlarni bilib olasiz. Shuningdek, bu davrda qoraqalpoqlar hayotida ham sodir bo’lgan jiddiy o’zgarishlarni, qoraqalpoqlarning xalq bo’lib shakllanish jarayonini o’rganasiz. XVI-XIX asrning birinchi yarmida ajdodlarimizning bunyodkorlik mehnati tufayli ko’plab shaharlar, ko’rkam binolar, madrasalar, suv inshootlari barpo etildi, qo’riq yerlar o’zlashtirildi, hunarmandchilik rivojlandi. Biroq xonliklar o’rtasidagi o’zaro urushlar, siyosiy tarqoqlik natijasida Vatanimiz jahon taraqqiyotidan orqada qolib ketdi. Siz darslikni o’qish, o’rganish jarayonida qoloqlikning sabablari va oqibatlarini bilib olishga e’tibor bering. Download 0.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling