Darsning texnologik xaritasi:
I. Tashkiliy qism 2 daqiqa
II. O’tgan mavzuni so’rash 10 daqiqa
III. Yangi mavzu mazmunini yoritish 15 daqiqa
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash 12 daqiqa
V. O’quvchilarni baholash 4 daqiqa
VI. Uyga vazifa berish 2 daqiqa
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism:
O’quvchilar bilan salomlashish, davomadni aniqlash, darsga jalb qilish, sinfda ishchi muhitini yaratish, dunyoda va O`zbekistonda yuz bergan muhim yangiliklardan qisqacha xabarlar berish.
O`quvchilarga baholashning ”Yaxshidan bog` qoladi” usulini tushuntirish. Bunda sinf o`quvchilari guruhlarga ajratiladi, to`g`ri javob bergan guruhga kichik daraxtcha shaklidagi kartochka berib boriladi, dars yakunida oq varaqqa yelimlangan daraxtchalarda hosil bo`lgan “Bog`”lar taqqoslanadi, shu tariqa g`olib guruh aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |