Darsning ta`


Download 194 Kb.
Sana10.04.2020
Hajmi194 Kb.
#99086
Bog'liq
Biologiya Mustaqillik darsi (Q. Boltaeva)


Mustaqillik darsi. (Ozbekiston Respublikasi mustaqilligining 20 yilligiga bagishlanadi)

Fan: Biologiya.

9 – sinf.

Mavzu: Kirish. Ozbekistonulkan imkoniyatlar mamlakati

Darsning ta`limiy maqsadi: O’quvchilar qalbida iymon-e`tiqod hissini uyg’otish, ona-vatanga muhabbat va sadoqat tuyg’usida tarbiyalash, mustaqillik yillarida biologiya fani sohasida erishilgan yutuqlar mazmun-mohiyatini anglash va tahlil qilishga o’rgatish.

Darsning tarbiyaviy maqsadi: O’quvchilarni jamoada, guruhlarda ishlatish orqali o’zaro do’stlik munosabatlarini tarbiyalab, o’z organizmlarini o’rganishga va asrashga, tabiatni sevishga o’rgatish, o’quvchi yoshlarda vatanparvarlik insoniylik fazilatlarini mujasssam ettirish, ota – bobolaridan faxrlanish, g’urur-iftixor tuyg’usini oshirish orqali yuksak didli, aqlan barkamol, ma`naviyati yetuk komil insonni shakllantirish.

Darsning rivojlantiruvchi maqsadi: O’quvchilarga mantiqiy savollar berish orqali mustaqil fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish, o’z fikrini erkin bayon qilish malakalarini hosil qilish, bilim va tafakkur, kitobxonlik, izlanuvchanlik, kichik tadqiqotlar o’tkaza olish malakasini shakllantirish.

Darsda foydalanilgan texnologiya: Zinama-zina texnologiyasi

Darsning turi: Yangi bilim berish

Dars jihoz va vositalari: Darslik, kompyuter, videoproyektor, proeksion ko’rgazmali materiallar, mulyajlar, tarqatma materiallar, o’quvchilarning javoblarini baholovchi, “Oltin”, “Kumush” va “Mis” tangalar (“Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili”ga bag’ishlab)

Dars shiori: “Bilmaganin so’rab o’rgangan olim, orlanib so’ramagan o’ziga zolim”

Darsda qo’llaniladigan metod va usullar: “Tushunchalar tahlili”, “Bilimlar banki” metodlari, suhbat, ko’rsatish, munozara, guruhlarda ishlash usullari

Darsning bosqichlari jadvali:




Dars bosqichlari

Vaqt

1

Tashkiliy qism

5 daqiqa

2

5,6,7,8 sinflarda o’tilgan mavzular bo’yicha qisqacha takrorlash (“Bilimlar banki” metodi)

10 daqiqa

3

Yangi mavzu bayoni

15 daqiqa

4

Yangi mavzuni mustahkamlash (“Tushunchalar tahlili” metodi”)

10 daqiqa

5

Dars yakuni va o’quvchilarni, guruhlarni baholash

3 daqiqa

6

Uyga topshiriq berish

2 daqiqa

Darsning borishi:

Darsga tayyorgarlik va darsning jihozi, dars o’tiladigan xona Vatanimizning 20 yil ichida bosib o’tgan yo’li va yutuqlarini aks ettiruvchi ko’rgazmalar, fotosuratlar, vatan haqidagi hikmatli so’zlar, xalq maqollari, O’zbekistonning mustaqilligi yillarida biologiya sohasida erishilgan yutuqlarni aks ettiruvchi g’alla, o’zum, g’o’za, shaftoli va olma navlaridan namunalar, hayvonlarning, otlarning – Qora bayir, sigirlarning – O’zbekistonda yetishtirilgan Bushiyev, qo’ylarning – Qorako’l terili zotlaridan tayyorlangan ko’rgazmalar. Birinchi darsga bag’ishlab devoriy gazeta ilib, yozuv taxtasiga “ 1 sentabr – Mustaqillik kuni” so’zlari yozib qo’yilgan.



Tashkiliy qism:

  1. Salomlashish

  2. Davomatni aniqlash

  3. Sinf xonasi va o’quvchilarning darsga tayyorgarligini tekshirish

  4. Bugungi darsning maqsadi va vazifalarini, darsning rejasi, shiorini, o’quvchilarni baholash tartibini aytib o’tish , sinfni 5 ta guruhga ajratish, quyidagi jadval asosida individual va guruhiy (“Oltin”, “Kumush” va “Mis” tangalar) baholanish tartibini bayon qilish



5,6,7,8 – sinflarda o’rganilgan mavzularni takrorlashda ishtiroki

Mamlakatimiz biologiya faniga oid muhim ma’lumotlarni bilishi

Tirishqoq-ligi va fanga bo’lgan qiziqishi

Guruhda

ishlay olishi, o’rtoqlariga bo’lgan munosabati



Yangi mavzuni mustahkamlash-

dagi ishtiroki



Jami darsda yig’gan ball

1

1

1

1

1

5



  1. O’zbekistonda va jahonda yo’z berayotgan eng global ekologik muammolar Orol muammosi, Tojikistonning “Alyuminiy” zavodining chiqindilari oqibatida O’zum tumanida ro’y berayotgan muammolar va Tojikistonda qurilayotgan “Ro’g’un GES” muammolari qisqacha ta’rifi

  2. Dars shoirining mohiyati ochib beriladi va shu o’rinda mamlakatimiz prezidenti I.A.Karimovning “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asarida buyuk mutafakkirimiz Alisher Navoiyga berilgan ta’rif aytib o’tiladi: “Agar bu ulug’ zotni avliyo desak, u avliyolarning avliyosi, mutafakkir desak mutafakkirlarning mutafakkiri, shoir desak, shoirlarning sultonidir”.

O’qituvchi: - Aziz mehmonlar, ustozlar va o’quvchilar! Barchamizga eng ulug’, eng aziz Istiqlol bayrami va Bilimlar kuni muborak bo’lsin!

1991 yil 31 avgust kuni Yurtboshimiz tomonidan O’zbekiston davlatining mustaqil deb e’lon qilinganligi xalqimizning orzusi ro’yobga chiqqan unutilmas kun sifatida tarix sahifalarida zarhal harflar bilan bitildi. Shu davrdan boshlab O’zbekiston uchun tamomila yangi hayot boshlandi. Vatan tushunchasiga nisbatan munosabat batamom o’zgardi, biz o’zligimizni angladik. Mustaqil xalqimizga o’z taqdirini o’zi belgilash, buyuk kelajak poydevorini o’z qo’li bilan yaratish imkonini berdi hamda mamlakatimizning siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy qudrati yuksalmoqda. Biz juda ko’p sohalarda Mustaqil O’zbekistonimizning erishgan yutuqlarini faxr va iftixor bilan tilga olishimiz mumkin bo’lgani holda, bugungi darsimizda Mustaqillik yillarida O’zbekistonda biologiya sohasining, ya’ni tibbiyot va qishloq xo’jaligining rivojlanishida qo’lga kiritilgan yutuqlarimiz haqida bilimlarimizni oshiramiz.

  • Aziz mehmonlar! O’quvchilar olib kelgan Mustaqilligimizning 20 yili davomida biologiya sohasidagi erishilgan yutuqlarni aks ettiruvchi ko’rgazmalar, fotosuratlar, maketlar, gazeta va jurnalardagi maqolalarni tezda ko’zdan kechiramiz, ularga baho berib, darsimizni davom ettiramiz.

O’quvchilarning ishlari o’rganilib tahlil qilinadi.

O’qituvchi: Aziz o’quvchilar! 5,6,7,8-sinflarda mustaqil O’zbekistonimiz bepoyon adir va yaylovlari, cho’l va dashtlari, daryo va ko’llaridagi o’simliklar, hayvonot dunyosi haqida, odamdagi turli kasalliklar, ularning oldini olish, o’rganish va davolash sohasidagi yutuqlar haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo’lganmiz. Hozir “Bilimlar banki” interfaol metodidan foydalanib, bilimlarimizni esga olamiz (sinfda jami 30 nafar o’quvchi bo’lganligini inobatga olib, savollar soni ham 30 ta tayyorlanadi. 5X6=30, har bir o’quvchining javobi ham o’ziga, ham guruhga yoziladi):

O’qituvchi:

I guruh uchun savollar:

1. I.A.Karimovning “Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch asari”da Abu Ali ibn Sinoga qanday ta’rif berilgan? ( Abu Ali ibn Sinoning “Tib qonunlari” asari Yevropada meditsina va sog’lom turmush tarsi fanlarining fundamental asosi bo’ldi…)

2. Bu o’simlik 1925-yildan buyon O’zbekistonda ekiladi va mustaqillik yillarida shu tur asosida ko’plab navlar yaratilmoqda, masalan “Buxoro – 9”? (g’o’za navlari)

3. So’nggi yillarda o’zidan ishlab chiqaradigan fitonsidlari bilan bakteriyalarni o’ldirish xususiyatiga ega bo’lgan qaysi o’simliklar shaharlarda, ko’chalarda, maktab, bog’cha va hovlilarda ko’plab ekilmoqda? (archa, qarag’ay, terak)

4. O’zbekistonda tabiiy holda o’sadigan o’simliklarning qancha turi bor ( 4500)

5. Mamlakatimizda hujayrada kechadigan o’zgarishlarni o’rganish bo’yicha qaysi olimlar salmoqli ishlarni olib bormoqdalar? ( K.A.Zufarov, Hamidovlar)

6. Mamlakatimizda qaysi kun OITSga qarshi kurash kuni deb e’lon qilingan? (1-dekabr)

II guruh uchun savollar:

1. O’zbekiston Respublikasining o’simliklarga bag’ishlangan “Qizil kitobi”ning

2 – nashri qachon chop qilindi va qancha o’simlik turi kiritilgan (1998-yil, 301 tur)

2. Qaysi hayvonlar faqat O’zbekiston, O’rta Osiyo hududida uchrab, boshqa o’lkalarda deyarli uchramaydi? ( Orol baqra baligi, soxta kurakburun baliq, turkiston agamasi, turkiston gekkoni, qum bo’g’ma iloni, ko’k sug’ur, ingichka barmoqli qo’shoyoq)

3. O’rta arslarda yashab o’tgan buyuk olim Abu Rayhon Beruniyning qaysi asarida o’simlik va hayvon mahsulotlaridan hamda mineral moddalardan tayyorlanadigan mingdan ortiq dorilar haqida ma’lumot berilgan? (“Saydana”)

4.”Har bir inson malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqiga ega” bu O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qaysi moddasida ko’rsatilgan? (40 – moddasi)

5. O’zbekiston Respublikasida qaysi yil “Sihat – salomatlik yili” deb e’lon qilindi? (2005)

6. O’zbekiston Respublikasi “Botanika bog’i”ga chet ellardan ko’pgina o’simliklarni olib kelib iqlimlashtirish natijasida qanday asar yaratildi? ( “O’zbekiston dendrologiyasi”)



III guruh uchun savollar:

1. O’zbekiston Respublikasining hayvonlarga bag’ishlangan “Qizil kitobi” ning 2 – nashri qachon chop qilindi va qancha hayvon turi kiritilgan (2003-yil, 184 tur)

2. Buxoro viloyatida aniqlangan o’simliklardan qancha turi himoyaga muhtoj ( 24 turi)

3. O’zbekiston Fanlar Akademiyasining haqiqiy a’zosi A.M.Mo’zaffarov qaysi sohada ish olib borgan? ( O’zbekiston suvo’tlarini o’rganish)

4. “ Har kim bilim olish huquqiga ega. Bepul umumiy ta’lim olish davlat tomonidan kafolatlanadi. Maktab ishlari davlat nazoratidadir.” Bu O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qaysi moddasi? ( 41 – modda)

5. O’zbekiston hududida yaylovlar qancha maydonni tashkil qiladi?(22,8 mln. gektar)

6. O’zbekiston hududida eng ko’p tarqalgan qushlar sinfining turkumi a’zolari qaysilar?

( Chumchuqsimonlar, ular barcha qushlar turining deyarli yarmini tashkil qiladi)



IV guruh uchun savollar:

1. “Fuqarolar atrof, tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo’lishga majburdirlar”. Bu O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qaysi moddasi ( 50 – modda)

2. O’zbekistonda ikki urug’ pallali o’simliklarning qancha turi o’sadi ( 3700 turi)

3. O’zbekistonning baland tog’li hududlarida yashaydigan qaysi yirtqich hayvonlar O’zbekiston Respublikasi “Qizil kitobi”ga kiritilgan? ( ilvirs va silovsin)

4. Qaysi olim qalqonsimon bez kasalligini o’rganish va davolashga doir olib brogan ishlari uchun O’zbekiston Respublikasi Davlat mukofotiga sazovor bo’lgan? (Y.X.To’raqulov)

5. O’zbekiston o’rmon xo’jaligi fondi qancha ming gektar bo’lib, uning o’rmon bilan qoplangan maydoni qancha ming gektar? ( 9119 ming gekt, 2776 ming gekt.)

6. O’zbekiston hududida sut emizuvchilarning qancha turi uchraydi va ulardan qanchasi O’zbekiston Respublikasi “Qizil kitobi” ga kiritilgan? ( 99 turi uchraydi, 24 tasi Qizil kitobga kiritilgan)

V guruh uchun savollar:

1. O’zbekiston Respublikasida himoyaga muhtoj bo’lgan eng ko’p o’simliklar qaysi viloyatda aniqlangan? ( Surxondaryo viloyati, 112 tur)

2. Qaysi olim birinchilar qatorida O’zbekiston hayvonlari ekologiyasini o’rganishni boshlab bergan? ( D.N.Kashkarov)

3. “Sog’lom avlod” davlat dasturi qachon qabul qilindi? (O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 – yil 15 fevraldagi 46 – sonli qarori bilan)

4. O’rta asrlarda yashagan vatandoshlarimizning qaysi asarlari tibbiyotni o’rganishda darslik sifatida qo’llanilgan? ( “Oddiy dorilar haqida katta to’plam”, “Al – kimyo”)

5. O’zbekiston hududida qancha tur qushlar va sudralib yuruvchi hayvonlar uchraydi?

( 410 tur qushlar, sudralib yuruvchilarning 60 ga yaqini)

6. “O’zbekiston milliy ensiklopediyasining qaysi nashrlarida O’zbekiston hayvonlari haqida ko’plab ma’lumotlar berilgan? (Davlat ilmiy nashriyoti 2005, 2009 yillar)


O’quvchilarning bergan javoblari tahlil qilinadi va umumlashtiriladi.

Guruhlar

1-savol

2-savol

3-savol

4-savol

5-savol

6-savol







1-guruh

-

+

+

+

-

+







2-guruh

+

-

-

+

+

+







O’qituvchi: Yuqoridagi ko’rinishda javoblar qolipga solinadi va ishoralarga qarab umumiy ball hamda har bir o’quvchining o’tgan mavzularni takrorlashdagi bahosi keltirib chiqariladi, shu tariqa har bir o’quvchi dars so’ngigacha 5 ball yig’ib olishi mumkin, o’rtog’ining javobi to’ldirgani uchun guruhga ball berilsa-da, o’quvchining hisobiga ball qo’shilmaydi, chunki “Bir kishi hamma uchun, hamma bir kishi uchun” qabilida ish olib boriladi.

O’tgan mavzu o’qituvchi tomonidan yakunlanganidan keyin yangi mavzuni o’quvchilar qabul qilishlari uchun zamin yaratiladi



Yangi mavzu bayoni:

Oqituvchi: Yuqoridagi keltirilgan misollardan ko’rinib turibdiki, Mustaqillik xalqimizga o’z taqdirini o’zi belgilash, buyuk kelajak poydevorini o’z qo’li bilan yaratish imkonini berdi. Mamlakatimizning siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy qudrati yanada yuksalmoqda. Mamlakatimizda ma’naviyatning rivojlanishida biz o’qituvchilar va siz aziz o’quvchilarning ishtiroki muhim o’rinlardan birida turadi. Yillar davomida erishilmagan orzular mustaqillik yillarida amalga oshdi, sizning tengdoshlaringiz, opa va akalaringiz o’z bilim va iqtidorlari bilan butun dunyo rivojlangan mamlakatlaridagi yoshlar qatorida fan olimpiadalarida qatnashib turli nufo’zli o’rinlarni qo’lga kiritmoqdalar, mana kuni kecha 2011-yil Xalqaro olimpiadasida o’z viloyatdoshimiz Qorako’l Akademik litseyi talabasi matematika fani bo’yicha Xalqaro olimpiadada III o’rinni qo’lga kiritdi. Biologiya sohasida qanday yutuqlarga erishdik? Qani kimlar qanday ma’lumotlarni biladi?

1 -o’quvchi: Respublikamiz Prezidenti I.A.Karimov tashabbusi bilan Fanlar Akademiyasi tarkibida Genetika institutining tashkil topishi, hukumat qarori bilan gen injeneriyaning taraqqiyotini belgilovchi “Geninmar” ilmiy programmasining tasdiqlanishi, Fan va texnika davlat qo’mitasi va O’zRFA birgalikda gen injenerlik markaz “Geninmar” tashkil etish mamlakatimizda genetik injeneriyaga asoslangan biotexnologiyalar yaratish imkonini berdi. Yuqorida qayd etilganidek, vatanimiz olimlari J.H.Hamidov va shogirdlari tomonidan quyon zigotasiga o’stiruvchi gormon kiritilib transgen quyon olindi.

2 - o’quvchi: G’o’za va bug’doy navlariga gerbisitga chidamlilik xossasini beruvchi gen kiritilib transgen g’o’za va transgen bug’doy formalari S.Jatayev va F.Muhammedxonovalar tomonidan ilk bor olindi. Ushbu ilmiy markaz xodimi I.Abduraxmonov paxta tolasining o’zunligini belgilaydigan va g’o’zaning gullashini boshqaradigan genlar oilasini AQSH Texas qishloq xo’jaligi va mexanika Universiteti biotexnologiya markazi bilan hamkorlikda ilk bor ajratib oldi. Shuning bilan paxta tolasi sifatini yaxshilashga yo’naltirilgan biotexnologiyaga asos solindi.

O’qituvchi: Albatta, paxta - bizning milliy boyligimiz, g’o’zaning eng yaxshi viltga chidamli navlari bilan 6-sinfda tanishib chiqqanmiz.

3 -o’quvchi: Professor Sh.S.Azimova rahbarlik qilayotgan laboratoriya olimlari xalqimizda “sariq kasalligi” deb ataluvchi xavfli bo’lgan gepatit B xastaligini tashhis qilish uchun diagnostikum va vu xastalikning oldini olish uchun zarur vaksina yaratish bo’yicha ilmiy loyihalarni muvaffaqiyatli yakunladilar.

O’qituvchi: Odam va uning salomatligi fanini o’rgangan vaqtimizda sariq kasalligi organizm xavfli viruslari tomonidan tarqalishi haqida ma’lumotlarga ega bo’lgan edik.

4-o’quvchi: O’zbekistonlik botanik olimlar tomonidan Mustaqillik yillarida “O’zbekiston paleobotanikasi” nomli 3 jildli asar, “O’zbekiston zamburug’lar florasi” nomli 8 tomli monografiya, “Cho’l o’simliklari ekologiyasi” nomli 2 jildli asar, “O’rta Osiyo o’simliklari aniqlagichi” nomli 10 jildli asar, “O’zbekiston dendrologiyasi” nomli ko’p tomli asar va O’zbekiston Respublikasi “Qizil kitob”lari nashr qilindi.

O’qituvchi: Albatta, bu ma’lumotlarni “O’zbekistonda botanika fanining rivojlanish tarixi” mavzusida batafsil o’rganib ma’lumotlarga ega bo’lgan edik.

5-o’quvchi: Davlatimiz mustaqillik erishganidan so’ng g’allachilik, meva-sabzavotchilik, g’o’za seleksiyasi va chorvachilik seleksiyasiga alohida e’tibor berilmoqda. O’zbekistonlik seleksioner olimlar tomonidan g’alla ekinlarining zararkunandalarga chidamli, kam suv talab qiladigan navlari yaratildi. Bulardan, ayniqsa, mamlakatimiz sharoitiga mos serhosil “Ulug’bek – 600”, “Sanzor” navlari diqqatga sazovor.

O’qituvchi: Barakalla, aziz o’quvchim, bu ma’lumotlarni “Ma’rifat” gazetasidan qo’shimcha ma’lumot tarzida o’rganib olgan edik, eslab qolganingiz uchun rahmat.

6-o’quvchi: O’zbekistonning g’o’za seleksiyasi dunyo miqyosida salmoqli o’rinlardan birini egallaydi, respublikamiz olimlari keyingi yillarda g’o’zaning yangi hamda istiqbolli “Buxoro – 9”, “Buxoro – 102”, “Namangan” va “Omad” navlarini yaratdilar.

O’qituvchi: Barakalla, bu ma’lumotlarni “O’zbekiston Milliy ensiklopediyasi” dan topganingizga aminman.

7-o’quvchi: O’zbekistonda o’zumning 250 dan ortiq navlari yaratilgan bo’lsa, mashhur olim akademik Maxmud Mirzayev va uning shogirdlari tomonidan meva va rezavor mevalarning 200 ga yaqin navlari yaratilgan.

O’qituvchi: Xalq seleksioneri o’zumchilik sohasida katta yutuqlarga erishgan Rizamat ota Musamuhamedov va uning shogirdlari haqida 6 – sinfda o’rganib olgan edik

8-o’quvchi: Professor D.Abduraximov tomonidan yaratilgan “Samarqand” nomli yangi kartoshka navidan bir yilda 2 marta hosil olish mumkin.

O’qituvchi: “Ito’zumdoshlar oilasi” mavzusini to’liq o’rganib olganingizga aminman.

9-o’quvchi: - Chorvachilik sohasida ham mamlakatimizda ko’p yutuqlarga erishildi. Jumladan, M.M.Bushev tomonidan yaratilgan qoramol zoti, O’zbekistonda yaratilgan ot zotlaridan biri dunyoga mashhur Qorabayir shular jumlasidandir.

O’qituvchi: Albatta, sut va go’sht mahsulotlari bizning o’zbek xalqimizning eng asosiy oziq-ovqat mahsulotlaridan biri hisoblanadi, O’zbekistonda yetishtirilgan Qorabayir esa dunyoga mashhur salt miniladigan otlardan biri sanaladi.

10-o’quvchi: Mamlakatimizda tibbiyot sohasida ham juda ko’plab yutuqlarga erishildi. Respublika kardiomarkazi bilan hamkorlikda yurakni ko’chirib o’tkazish uchun absolyut ko’rsatgich hisoblangan dilyatatsion kardiomiopatiya kasalligini chaqiruvchi mutatsiya distrofin genining 9 – ekzonida joylashganligi aniqlandi va olimlar B.Irisboyev, G.Xamidullayevalar tomonidan bu xastalikning irsiylanish qonuniyatlari o’rganilmoqda.
O’qituvchi: Organlarni transplantasiya qilish eng so’ng tibbiyot sohasi yangiliklaridan biri sanaladi, bu sohada o’zbek olimlari ish olib borayotganlari bilan faxrlansak arziydi.

11-o’quvchi: Adliya vazirligining sudmed espertiza Instituti “Geninmar” markazi bilan hamkorlikda gen daktiloskopiya usulini tatbiq qildilar, olimlar R.S.Muxamedov va A.Ikromovlar bu usulni yana ham takomillashtirdilar.

O’qituvchi: Albatta, jinoiy ishlarni ochishda bu usul eng qo’l keladi

11-o’quvchi: Jigarda rak xastaligini chaqiruvchi NCB virusining 6 xil genotipini mahalliy bemorlardan PCR texnologiya asosida ajratib olinib, ilk bor klassifikasiyalandi va ulardan faqat ayrim turlarigina organizm uchun xavfli ekanligi R.S.Muhamedov, Z.Bo’riyevlar tomonidan ko’rsatib berildi.

O’qituvchi: Bunday misollarni minglab keltirishimiz mumkin.

Mustaqillik yillarida mamlakatimizda juda ko’plab tadqiqot ishlari olib borilishiga keng imkoniyatlar yaratildi, hattoki, o’quvchilar, talabalarning ham mustaqil tadqiqot olib borishlari uchun imkoniyatlar yaratildi.

Bugungi mavzuni mustahkamlash uchun “Tushunchalar tahlili” metodidan foydalanamiz va har bir guruhga alohida tarqatmalar beriladi, ishni tugatgan guruhlarning faol o’quvchilaridan biri doska oldiga keladi va yana zinapoya shaklida qog’ozlarni doskaga ilib qo’yadi.

Tushunchalar tahlili” metodi 1-guruh uchun savollar (tushunchalarning mazmunini yoriting)


T|r

Tushunchalar

Mazmuni

1

Geninmar




2

M.M.Bushev




3

“Buxoro-9”, “Buxoro-102”




4

Qorabayir




5

“Samarqand”




6

“Ulug’bek-600”, “Sanzor”




7

Sh.S.Azimova




8

2003-yil




9

Maxmud Mirzayev




10

Gen daktiloskopiya




11

Buxoroda 24 tur




12

I.Abduraxmonov



Tushunchalar tahlilimetodi 2 – guruh uchun savollar ( mazmundan kelib chiqib tushunchalarni toping)



T|r

Tushunchalar

Mazmuni

1




Prezidentimiz I.A.Karimov tashabbusi bilan tashkil qilingan Genetika institute

2




Dunyoga mashhur O’zbekistonda yaratilgan qoramol zotining yaratuvchisi

3




Respublikamiz olimlari tomonidan keyingi yillarda yaratilgan g’o’zaning yangi va istiqbolli navlari

4




Dunyoga mashhur O’zbekistonda yaratilgan salt miniladigan ot zoti

5




D.Abduraximov tomonidan yaratilgan bir yilda 2 marta hosil olinadigan kartoshka navi

6




G’alla ekinlarining zararkunandalarga chidamli, kam suv talab qiladigan navlari

7




Sariq kasalliga qarshi laboratoriya sharoitida vaksina yaratgan olima

8




O’zbekiston Respublikasi “Qizil kitobi” ning o’simliklarga bag’ishlangan 2 – jildi nashr qilindi, 184 tur o’simlik kiritilgan

9




tomonidan meva va rezavor mevalarning 200 ga yaqin navlari yaratilgan.

10




Genlar spertriga binoan noma’lum shaxsni aniqlash usuli o’zbek olimlari tomondan tadbiq qilingan

11




“Qizil kitobi” ning o’simliklarga bag’ishlangan 2– jildida Buxoro viloyatida uchraydigan 24 tur o’simlik kiritilgan

12




paxta tolasining o’zunligini belgilaydigan va g’o’zaning gullashini boshqaradigan genlar oilasini

Tushunchalar tahlili” metodi 3 – guruh uchun savollar (mustaqil ravishda mavzuga tegishli tushunchalar va ularning qisqacha mazmunini yozing)

T|r

Tushunchalar

Mazmuni

1







2







3







4







5







6







7







8







9







10







11







12







Tushunchalar tahlilimetodi 4 – guruh uchun savollar (tushunchalarga mos harflarni juftlang)

T|r

Tushunchalar

Kalit harflar

Mazmuni

1

Buxoroda 24 tur

R

Prezidentimiz I.A.Karimov tashabbusi bilan tashkil qilingan Genetika instituti

2

I.Abduraxmonov

K

Dunyoga mashhur O’zbekistonda yaratilgan qoramol zotining yaratuvchisi

3

Geninmar

A

Respublikamiz olimlari tomonidan keyingi yillarda yaratilgan g’o’zaning yangi va istiqbolli navlari

4

M.M.Bushev

M

Dunyoga mashhur O’zbekistonda yaratilgan salt miniladigan ot zoti

5

“Buxoro – 9”,

“Buxoro – 102”



O

D.Abduraximov tomonidan yaratilgan bir yilda 2 marta hosil olinadigan kartoshka navi

6

Qorabayir

L

G’alla ekinlarining zararkunandalarga chidamli, kam suv talab qiladigan navlari

7

“Samarqand”

O

Sariq kasalliga qarshi laboratoriya sharoitida vaksina yaratgan olima

8

“Ulug’bek – 600”, “Sanzor”

D

O’zbekiston Respublikasi “Qizil kitobi” ning o’simliklarga bag’ishlangan 2 – jildi nashr qilindi, 184 tur o’simlik kiritilgan

9

Sh.S.Azimova

A

tomonidan meva va rezavor mevalarning 200 ga yaqin navlari yaratilgan.

10

2003 yil

M

Genlar spertriga binoan noma’lum shaxsni aniqlash usuli o’zbek olimlari tomondan tadbiq qilingan

11

Maxmud Mirzayev

B

“Qizil kitobi” ning o’simliklarga bag’ishlangan 2 – jildida Buxoro viloyatida uchraydigan 24 tur o’simlik kiritilgan

12

Gen daktiloskopiya

A

paxta tolasining o’zunligini belgilaydigan va g’o’zaning gullashini boshqaradigan genlar oilasini

1 __ 2___ 3___ 4 ___ 5 ___ 6___ 7 ___ 8 ___ 9 ___ 10 ___ 11 __ 12 __ (Barkamol odam)

Tushunchalar tahlili” metodi 5– guruh uchun savollar (shu mavzuga tegishli bo’lmagan tushunchalar va ularning mazmunini chiqarib tashlang)



T|r

Tushunchalar

Mazmuni

1

Geninmar

Prezidentimiz I.A.Karimov tashabbusi bilan tashkil qilingan Genetika instituti

2

M.M.Bushev

Dunyoga mashhur O’zbekistonda yaratilgan qorako’l terili qo’y zotining yaratuvchisi

3

“Buxoro – 9”,

“Buxoro – 102”



Respublikamiz olimlari tomonidan 1925 yilgacha yaratilgan g’o’zaning yangi va istiqbolli navlari

4

Qorabayir

Dunyoga mashhur O’zbekistonda yaratilgan salt miniladigan ot zoti

5

“Samarqand”

D.Abduraximov tomonidan yaratilgan bir yilda 2 marta hosil olinadigan kartoshka navi

6

“Ulug’bek – 600”, “Sanzor”

G’o’za ekinlarining zararkunandalarga chidamli, kam suv talab qiladigan navlari

7

Sh.S.Azimova

Sariq kasalliga qarshi laboratoriya sharoitida vaksina yaratgan olima

8

2003 yil

O’zbekiston Respublikasi “Qizil kitobi” ning o’simliklarga bag’ishlangan 1 – jildi nashr qilindi, 184 tur o’simlik kiritilgan

9

M.Mirzayev

tomonidan meva va rezavor mevalarning 200 ga yaqin navlari yaratilgan.

10

Gen daktiloskopiya

Genlar spertriga binoan noma’lum shaxsni aniqlash usuli o’zbek olimlari tomondan tadbiq qilingan

11

Buxoroda 24 tur

“Qizil kitobi” ning o’simliklarga bag’ishlangan 2 – jildida Buxoro viloyatida uchraydigan 24 tur o’simlik kiritilgan

12

I.Abduraxmonov

paxta tolasining o’zunligini belgilaydigan va g’o’zaning gullashini boshqaradigan genlar oilasini

Notogri javoblar:

Darsni yakunlash. Mana, aziz o’quvchilar, bugungi darsimiz ham nihoyasiga yetdi, bugun darsmizda belgilangan tartib asosida ball yiqqan o’quvchilarni individual tarzda baholasam, eng ko’p “Oltin” tangalar yiqqan guruhni alohida baholayman, ammo siz hayotda oltin tangalar yig’ishga emas, balki oltin duolar olishga erishing, buyuk mutafakkirimiz aytganlaridek, “Bilmaganingizni so’rab o’rganing, orlanib, tortinib o’tirib o’zingiz o’zingizga zolim bo’lmang”. Aziz o’quvchilarim, ko’rib turibsizki, har bir ishimizni pastdan yuqoriga qarab “Zinama – zina” tarzida olib bordik bu darsimizda qo’llanilgan pedagogik texnologiyalardan biri bo’lib, o’z bilimingizni shunday oshirib borishga doimo harakatda bo’ling. Dars so’ngida quyidagi misralarni keltirmoqchiman:

U bizga abadiy quvonch, iftixor,

Sevgimni o’zinga eturman izhor,

Sen bizga hayotsan, sof nafas vatan,

Yagonasan, muqaddas Vatan!

O’qituvchi: Aziz oquvchilar, bugungi darsimizga yakun yasar ekanman, har birimiz kundan kunga chiroy ochib yashnayotgan ona Vatanni, shu muqaddas zaminni jondan sevib, unga hamisha munosib farzand bo’laylik. Mustaqillikni ko’z qorachig’iday asrab-avaylash, himoya qilish va mustahkamlash burchingiz bo’lsin! Mamlakatimizda erishilayotgan yutuqlarni o’rganing, olimlarga ergashing, ularning mehnatini qadrlang, avaylab asrang!. O’zbekiston o’simlik va hayvonot dunyosiga e’tiborli bo’ling!

Darsimiz oxirida quyidagi so’zlarim siz uchun bir umr yodda qolishini istayman, chunki men umumiy o’rta ta’lim maktabini bitirib mustaqil hayotga qadam qo’yganimga ham mamn bugun 20 yil to’ldi:

… Bola edik, sho’xchan, to’pori, Ishonardik kim nima desa.

Tuproq yo’ldan maktabjon sari, Yugurardik tong otib bersa.

Oppoq bino, saboqxonalar, Juda aziz edi qalblarga.

Bizni kulib qarshi olardi – Sinf rahbar, ham do’st, dugona.

Uni mamnun etmoqlik uchun yaxshi bola bo’lgimiz kelar,

“Ofarin”ni olmoqlik uchun husn berib yozuvga, xatga

She’r yodlardik, qo’shiq aytardik, supurardik yo’lkalarni ham

Ustozimiz kelib qolar deb, suv separdik ostonalarga…

Endi bilsam, xush amallarim ildiz otgan ekan u kundan,



Muallimga siylanmoq uchun fazilatlar olibman undan …

(bu satrlarning mohiyatining har kim mustaqil tahlil qiladi, degan umiddaman)

Uyga vazifa. Har bir darsimizda bo’lgani singari, mavzuni o’qib o’zlashtirish, kerakli manbalarni yozish, internet manbalaridan, gazeta va jurnallar, O’zbekiston milliy ensiklopediyasidan O’zbekiston Mustaqilligi yillarida erishilgan yutuqlarni ifodalovchi ma’lumotlar olish, kelgusi mavzuga tayyorlanib kelish.

Buxoro shahridagi 35-maktabning biologiya fani oqituvchisi Q. Boltayeva



Download 194 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling