Darsning ta’limiy maqsadi


Dars davomida yig’iladigan ballar


Download 156.5 Kb.
bet2/3
Sana29.01.2023
Hajmi156.5 Kb.
#1138857
1   2   3
Bog'liq
uglevodlar

Dars davomida yig’iladigan ballar:
1.Uyga vazifani to’gri bajarganligi – 1ball.
2. O’tilgan mavzu bo’yicha “bo’shliqni to’ldir” o’yini – 1ball.
3. Darsdagi savol – javoblarga ishtiroki – 1 ball.
4. Mustahkamlash (“Sinkveyn”) – 1 ball
5. Mustaqil ish – 1ball.
Darsning borishi
I.Tashkiliy qism
O`quvchilar bilan salomlashiladi, navbatchi axboroti tinglanadi, davomat aniqlanib, sinf xonasi va o`quvchilarning darsga tayyorgarligi tekshiriladi, yangi mavzu va uning rejasi, darsning maqsadi va usuli, baholash mezonlari bilan o’quvchilar tanishtiriladi.
II.O’tilgan mavzuni takrorlash: “Bo’shliqni to’ldir”.
“Bo’shliqni to’ldiring” usulida o’quvchilar savollar javobidagi bo’shliqni to’gri to’ldirishlari lozim.



Savollar

Javoblar

Murakkab efirlar deb nimaga aytiladi?

Murakkab efirlar ------------------ bilan -----------dan hosil bo’lgan murakkab moddalardir.

Murakkab efirlar sanoatda qanday reaksiya asosida olinadi?



Murakkab efirlar sanoatda --------------- reaksiyasi asosida olinadi.



Yog’lar deb nimaga aytiladi?



Yuqori molekulyar massali ----------- -------------- ------------------ hosil bo’lgan murakkab efir yog’lar deyiladi.

Moy nima?



Molekulasi tarkibidagi -------------- ---------- bo’lsa, suyuq holatda bo’lib, ularni moylar deb ataymiz.

Sovunlar deb nimaga aytiladi?



Yuqori karbon kislotalar, masalan,---------- va ------------ natriyli tuzlari sovunlar deyiladi. -------- tuzlari suyuq sovunlardir.

O’quvchilar bo’shliqlarni quyidagicha to’ldirishlari lozim.



Savollar

Javoblar

Murakkab efirlar deb nimaga aytiladi?

Murakkab efirlar karbon kislotalar bilan spirtlardan hosil bo’lgan murakkab moddalardir.

Murakkab efirlar sanoatda qanday reaksiya asosida olinadi?



Murakkab efirlar sanoatda eterifikatsiya reaksiyasi asosida olinadi.

Yog’lar deb nimaga aytiladi?



Yuqori molekulyar massali karbon kislotalar bilan ko’p atomli spirt glitserindan hosil bo’lgan murakkab efir yog’lar deyiladi.

Moy nima?



Molekulasi tarkibidagi kislota to’yinmagan bo’lsa, suyuq holatda bo’lib, ularni moylar deb ataymiz.

Sovunlar deb nimaga aytiladi?



Yuqori karbon kislotalar, masalan, stearin va olein kislotasining natriyli tuzlari sovunlar deyiladi. Kaliyli tuzlari suyuq sovunlardir.




Download 156.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling