Darsning texnologik xaritasi


Download 21.54 Kb.
Sana02.01.2022
Hajmi21.54 Kb.
#185987
Bog'liq
O'rta Osiyolik mutafakkirlar. Ilm-fan ravnaqi


Sana:____

Sinf:


Fan: O’zbekiston tarixi

Mavzu: O'rta Osiyolik mutafakkirlar. Ilm-fan ravnaqi



Darsning texnologik xaritasi

Maqsad va vazifalar

Ta’limiy maqsad: mashhur mutafakkirlarimiz haqida ma’lumot berish

Tarbiyaviy maqsad: Axloqiy jihatdan tarbiyalash



Rivojlantiruvchi maqsad: Boshqaruvchilik, intiluvchanlik qobiliyatlarini shakllantirish

O’quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi

Dars metodi:guruhlarda ishlash, “Tarmoq”,”Aqliy hujum”,”Zinama-zina”,”Xotira mashqi”,”Uzilmas zanjir”,”Manzilga kim tez yetar”,”Himoya”,Slayd,suhbat

Dars tipi: og’zaki va yozma bayon _________________________________

Dars jihozi: darslik,tarqatma materiallar,mavzuga oid ko’rgazmali materiallar _____________________________________________________________________

Baholash: 5 balli tizim asosida.

Kutiladigan natijalar

O’qituvchi: qisqa vaqt davomida mavzu yuzasidan bilim , ko’nikma va malaka hosil qilinadi.Mavzuning dars jarayonida ta’limning ilg’or usullari vositasida barcha o’quvchialr tomonidan o’zlashtirilishiga erishadi.O’quvchining faolligini oshiradi. O’quvchilarda fanga nisbatan qiziqish uyg’otadi.

Kelgusi rejalar

O’qituvchi:pedagogik tenologiyalarni o’zlashtirishda va darsda tadbiq etish, takomillashtirish, o’z ustida ishlash. Pedagogik mahoratni oshirish.

O’quvchi: Mavzu yuzasidan berilgan topshiriq ustida mustaqil ishlashni o’rganadi. O’z fikrini ravon bayon eta oladi. Yangi mavzuga oid qo’shimcha materiallar topadi.

Uyga vazifa:




Darsning bosqichlari:

Mazmuni

Vaqti

Salomlashish. O’quvchiarni darsga tayyorligi, sinfda psixologik muhit yaratish

3 daqiqa

O’tilgan mavzu yuzasidan savol-javob, uyga vazifa bajarilganligini tekshirish

12 daqiqa

Yangi mavzu tushuntiriladi. O’quvchilarda yangi mavzu haqida bilim va ko’nikma hosil qilinadi.

20 daqiqa

O’quvchilarni egallagan bilim va ko’nikmalari savol-javob orqali aniqlanadi.

5 daqiqa

Baholar e’lon qilish, uyga vazifani tushuntirish,o’quvchilar bilan xayrlashish

5 daqiqa

Darsning borishi:

I.Tashkiliy qism:a)salomlashish, suhbat; b)psixologik iqlim yaratish

II. O’tilgan mavzuni mustahkamlash:

  1. Xorazm o’rta asrlarda qaysi davlatlarga qaram bo’lgan edi?

  2. Xorazm davlati kimning davrida gullab-yashnadi?

  3. Xorazm davlati XI asrda qaysi hududlarni egallagan edi?

III.Yangi mavzu bayoni:

«Bayt ul-hikma». IX-XII asrlarda Movarounnahr va Xurosonda sodir bo'lgan siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy o'zgarishlar

mamlakat madaniy hayotiga ham kuchli ta'sir etdi. Movarounnahr arablar tomonidan istilo qilingach, zabt etilgan o'zga mamlakatlar qatorida, bu o'lkada ham faqat islom dinigina emas, balki arab tili va uning imlosi ham joriy etildi.

Chunki arab tili xalifalikning ham davlat tili, ham fan tili edi. Shu boisdan arab tilining o'rni va ahamiyati oshib, uni o'zlashtirishga bo'lgan intilish kuchaydi. Arab tili va yozuvini yaxshi o'zlashtirib olgan bilimdonlar paydo bo'ldi. Bag'dod shahri Sharqning yirik ilm va madaniyat markazi edi. IX asrda bu shaharda «Bayt ul-hikma» tashkil etilgan edi. «Bayt ulhikma»da katta kutubxona, Bag'dod va Damashqda astronomik kuzatishlar olib boriladigan rasadxonalar mavjud edi. Bu ilm dargohiga jalb etilgan tolibi ilmlar tadqiqotlar bilan bir qatorda qadimgi yunon va hind olimlarining



ilmiy merosini o'rganish va asarlarini arab tiliga tarjima qilish bilan shug'ullanardilar. Al-Xorazmiy, Ahmad al-Farg'oniy, Ahmad al- Marvaziy, al-Abbos Javhariy va Yahyo bin Abu Mansur kabi Movarounnahr va xurosonlik olimlar ijod qilib, o'rta asr ilm-u faniga katta hissa qo'shadilar.

IV.Yangi mavzuni mustahkamlash:

  1. Bayt-ul hikmada faoliyat yuritgan olimlar haqida ma’lumot bering.

  2. Al-Farg’oniyning qilgan ishlari haqida nimalarni bilasiz?

  3. „Bayt-ul hikma“ning 1000 yilligi qachon nishonlandi

V.O’quvchilarni baholash: ________________________________________________________
Download 21.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling