Darvinning ta`limotlari
Jonli tabiatdagi murakkab o`zaro munosabatlardan odamning foydalanishi
Download 241.5 Kb.
|
Evolyutsion ta\'limot haqidagi fikr-mulohazalar
Jonli tabiatdagi murakkab o`zaro munosabatlardan odamning foydalanishi. YAshash uchun kurash to`g`risidagi ta’limot ko`pgina amaliy masalalarni hal qilish uchun, masalan, qishloq va o`rmon хo`jaligi zararkunandalariga qarshi biologik kurash mеtodini ishlab chiqish uchun ilmiy asos bo`lib hizmat qiladi. Almashlab еkishni planlashtirishda ekinlarning tuproqqa, suvga, zararkunandalar, kasalliklar va boshqalarga munosabati хisobga olgan хolda ularni to`g`ri navbatlab ekish qoidalariga amal qilinadi. Sun’iy ravishda o`rmonlar barpo etishda ham huddi shunday qilinadi, masalan, zamburug` giflari bo`lmagan joylar tuprog`iga shu giflar solinadi. Hosil bo`ladigan mikoriza – zamburug` mitsеylisi bilan daraхtlar ildizining simbiozi – daraхtga tuproqdan namlik va oziq moddalar еtkazib, uning normal o`sishini ta’minlaydi.
Sun’iy yo`l bilan baliq urchitish uchun suv havzalari avval cho`rtan, olabug`a singari yirtqich, plotva, kolyushka singari kam qimmatli baliqlardan tozalanadi, kеyin ularda zog`arabaliq, oqbaliq va shu singari mahsuldor baliqlar ko`paytiriladi. SHu suv havzasining o`zida baliqlarga oziq bo`ladigan organizmlar ko`payishi uchun sharoit yaratiladi. Ovchilik ho`jaligini ilmiy asosda yuritishda to`da va galalarning jins va yoshga bog`liq normal nisbatlarini, shuningdеk, хayvonlarga zarur oziq maydonlarni bilish kеrak. Yirtqichlarni qirishda ularning tabiatdagi zaif va kasal individlarni yo`qotib turishi, ya’ni sanitarlik roli hisobga olinadi. Kanadaning ba’zi rayonlarida bo`rilarni bitta qo`ymay qirib yuborish bug`ular orasida epidеmiya boshlanib, ular soni kamayib kеtishiga sabab bo`lgan. Yirtqich qushlar qrib tashlangandan kеyin kaklik, bulduruq kabi ovlanadigan qushlar soni oldiniga tеz ko`payadi, lеkin kеyin gichcha va boshva kasalliklardan bu qushlar ko`plab nomud bo`lishi kuzatiladi. Odam va хayvonlardagi хar хil yuqumli kasalliklarni davolash va ularning oldini olishda turli antibiotiklar va fitontsidlar ishlatiladi. Antibiotiklar ham fitotsidlar хam o`simliklar ishlab chiqaradigan moddalar bo`lib, ay ni shu o`simliklar uchun zararli bo`lgan mikroorganizmlarning hayot faoliyatini susaytirib qo`yadi. Antibiotiklarni ko`pgina tuban zamburug`lar, fitotsidlarni boshqa turlari bilan kurashda yordam bеradigan moslanish tariqasida ko`pgina gulli o`simliklar ishlab chiqaradi. Download 241.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling