Daryolar suv rejimining davrlari
Download 1.02 Mb.
|
Daryolar suv rejimining davrlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Eʼtiboringiz uchun rahmat!!!
Daryolar suv rejimining davrlariDaryolar suv rejimining yillik o‘zgarishini bir necha xarakterli qismlarga-ko‘p suvli, ya’ni to ‘linsuv, kam suvli va toshqin davrlariga ajratish mumkin. Ular umumiy nom bilan s«v rejimi davrlari deb ataladi.Davrlar soni turli tabiiy-geografik zonalarda joylashgan daiyolar uchun turlicha-ikkitadan to to‘rttagacha boiishi mumkin. Masalan, tekislik hududlarida quyidagi to‘rt davr kuzatiladi: bahorgi to ‘linsuv davri (polovode), yozgi kam suvli davr (yozgi mejen), kuzgi toshqin davri (pavodok), qishki kam suvli davr (kuzgi mejen). Ba’zi tekislik daryolarida kuzgi toshqin davri kuzatilmasligi mumkin, yozgi toiinsuv davri uzoq muddatga cho‘ziladigan daryolarda esa yozgi kam suvli davr kuzatilmaydi.0 ‘rta Osiyoning nisbatan yirik daryolarida esa asosan ikkita davr, bahorgi-yozgi toiinsuv davri va kuzgi-qishki kam suvli davr kuzatiladi 0 ‘rta Osiyoning nisbatan yirik daryolarida esa asosan ikkita davr, bahorgi-yozgi toiinsuv davri va kuzgi-qishki kam suvli davr kuzatiladi. To ‘linsuv davri deb, daryoda suvning ko‘payishi har yili deyarli bir xil mavsumda takrorlanadigan va uzoq vaqt (2 - 6 oy) davom etadigan davrga aytiladi. Bu davrda daryo qayirlari suv ostida qoladi. Suv sathining keskin ko’tarilishi esa ayrim hollarda ko‘ngilsiz hodisalarga sabab boiadi. Tolinsuv davrining asosiy elementlariga quyidagilar kiradi: toiinsuv davrining boshlanish vaqti, ko‘tarilish tezligi va bu ko‘tarilishning davom etish vaqti, toiinsuv davrining balandligi va cho‘qqisi, toiinsuv davrining pasayishi va bu pasayishining davom etish vaqti, toiinsuv davrining tugash vaqti, toiinsuv davrining umumiy davom etish vaqti, toiinsuv davridagi oqim hajmi. Toshqin davri deganda, daryo havzasiga yoqqan jala yomg‘irlar natijasida daryodagi suv sathi va sarfining juda tez ortishi va shunday keskin kamayishi tushuniladi. Toshqin davri o‘zining qisqa muddatliligi, oqim hajmining nisbatan kichikligi hamda ayni bir daryoda butun yil davomida turli davrlarda kuzatilishi bilan toiinsuv davridan farq qiladi. Togii hududlarda, jumladan 0 ‘rta Osiyo daryolarida havo haroratining keskin ko‘tarilishi natijasida qor yoki muzliklarning jadal erishi hisobiga ham toshqinlar kuzatilishi mumkin. Kant suvli davr-daryolar suv rejimining toiinsuv va toshqin davrlariga nisbatan kam suvliligi bilan farq qiladigan davridir. Kam suvlilikning asosiy sababi suv to‘plash havzasidan daryoga kelib tushadigan suv miqdorining keskin kamayishidir. Suv rejimining turlariga ko‘ra daryolami oddiy va murakkab rejimi i daryolarga ajratish mumkin. 0 ‘z suvini har xil geografik zonalardan yig‘adigan katta daryolar uchun (Nil, Amur, Enisey, Pechora, Dunay va boshqalar) murakkab rejim xosdir. Bir xil geografik zonada joylashgan o‘rta va kichik daryolar oddiy rejimga ega boiadi. Daryolami suv rejimi davrlariga ko‘ra guruhlarga ajratish, ya’ni tasniflash mumkin. B.D.Zaykov MDH hududidagi daryolami quyidagi 3 ta guruhga boidi (1.8.1-rasm): a) toiinsuv davri bahorda kuzatiladigan daryolar; b) toiinsuv davri yozda kuzatiladigan daryolar; v) toshqinli suv rejimiga ega boigan daryolar. 0 ‘rganilayotgan hududda to ‘linsuv davri bahorda kuzatiladigan daryolar ko‘pchilikni tashkil etadi. To‘linsuv davrining xususiyatlariga va suv sarfi hamda suv sathi rejimlarining boshqa davrlardagi o‘zgarishlariga bogiiq holda bu guruhdagi daryolar beshta turga boiinadi: Qozog‘iston, Sharqiy Yevropa, G‘arbiy Sibir, Sharqiy Sibir va Oltoy turlari. To ‘linsuv davri yilning iliq vaqtlarida kuzatiladigan daryolar guruhiga Uzoq Sharq va Tyanshan turlari kiradi. Toshqinli rejimga ega boigan daryolarda toiinsuv davri boim aydi. Ular katta yoki kichik vaqt oraliqlariga boiingan, ketma- -ket kuzatiladigan yom girli toshqin davrlari bilan ajralib turadi. Bu guruhdagi daryolar nisbatan kam tarqalgan. Toshqin davrining yil davomida taqsimlanishiga ko‘ra ushbu guruh daryolari quyidagi uchta turga boiinadi: Qor a dengiz bo ‘yi, Qrim va Shimoliy Kavkaz. Bu tasnifni hozirgi kun talablariga to ia javob beradi, deb boim aydi. Turli balandlik zonalaridan suv to‘playdigan va shu tufayli turlicha to‘yinish manbalariga ega boigan 0 ‘rta Osiyo daryolarining yagona - Tyanshan turiga kiritilishi buning yorqin misolidir Eʼtiboringiz uchun rahmat!!!Download 1.02 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling