Daryolarning suv rejimi. Daryolar suv rejimining elementlari
Download 56.5 Kb.
|
asilbek.geomatriya.dayrolar suv sath rejimi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Suv sarfi (Q)
- Suv sathi, uni kuzatish va qayta ishlash usullari
Daryolarning suv rejimi. Daryolar suv rejimining elementlari Daryoda oqayotgan suv miqdori, yani suv sarfi, suv yuzasi sathining holati, uning oqish tezligi, harorati, erigan moddalar oqimi miqdori va boshqalar malum omillar tasirida vaqt boyicha ozgarib turadi. Daryoda mana shu qayd etilgan elementlarning birbiriga bogliq holda ozgarishi uning suv rejimini ifodalaydi. Suv sarfi (Q) deb, daryoning kondalang qirqimidan vaqt birligi ichida oqib o’tadigan suv miqdoriga aytiladi. U m3/s yoki lҒs larda ifodalanadi. Suv sathi (N)-ma’lum bir o’zgarmas, gorizontal holatdagi doimiy ”0” tekislikka nisbatan o’lchanadigan suv yuzasi balandligidir. U sm larda ifodalanadi. Suvning oqish tezligi ( ) mҒs larda ifodalanib, uning qiymatini ko’ndalang qirqimning ayrim nuqtalarida, alohida vertikal (tiklik) lar yoki butun jonli kesma bo’yicha aniqlash mumkin. Demak, jonli kesmaning ayrim nuqtasida o’lchangan tezlik vertikallar yoki butun jonli kesma uchun aniqlangan ortacha tezliklardan qiymati jihatidan farq qiladi. Yuqoridagilar bilan bir qatorda daryo suvining harorat rejimi, gidroximiyaviy rejimini organish ham muhim ahamiyatga ega. Shularni etiborga olib, quyida daryolar suv rejimining barcha elementlari alohida mavzularda yoritiladi. Suv sathi, uni kuzatish va qayta ishlash usullari Daryoda suvning oz yoki kop bolishiga bogliq holda va boshqa sabablar tasirida suv sathi ozgarib turadi. Uni kuzatish ishlari maxsus suv olchash joylaripostlarda amalga oshiriladi(14rasm). Bu ish suv yuzasi sathining "nol" tekislik deb qabul qilinadigan doimiy gorizontal faraziy tekislikka nisbatan balandligini aniqlashdan iborat. Bunday faraziy tekislik uchun odatda suvning tarixiy eng past yuzasi balandligidan 0,5-1,0 m pastroqda joylashgan tekislik qabul qilinadi. Shu tekislikning mutlaq yoki nisbiy balandligi "nol" grafigi deb ataladi. Suv sathi shu "nol" grafikka nisbatan suv olchash taxtacha (reyka)lari yordamida 1 sm aniqlikda olchanadi. Download 56.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling