Dastlab, 0-y lar oʻrtalarida respublika hududi Iqtisodiy rayonga ajratilgan edi (Toshkent, Fargʻona, Zarafshon, Quyi Amudaryo, Surxondaryo). 80-y lar oxiri 90-y


Download 26.5 Kb.
bet1/2
Sana05.01.2022
Hajmi26.5 Kb.
#232342
  1   2
Bog'liq
Mintaqaviy iqtisodiyot 2-topshiriq.


1-topshiriq.

Dastlab, 60-y.lar oʻrtalarida respublika hududi 5 Iqtisodiy rayonga ajratilgan edi (Toshkent, Fargʻona, Zarafshon, Quyi Amudaryo, Surxondaryo). 80-y.lar oxiri - 90-y.lar boshida respublika hudu-dida ishlab chiqaruvchi kuchlarni rivojlantirish va joylashtirishda yuz bergan oʻzgarishlarni hisobga olgan qolda yangi Iqtisodiy rayon oʻtkazildi va Oʻzbekiston hududi takomillashgan 7 Iqtisodiy rayonga boʻlindi (harita-sxemaga q.). Bu rayonlarning iqtisodiy rivojlanishi darajalarining qiyosiy tavsifi jadvalda berilgan.

Toshkent Iqtisodiy rayon (tarkibida Toshkent viloyati va Toshkent sh.) iqtisodiy rivojlanish darajasining nisbatan yuqoriligi, mineral xom ashyo resurslariga boyligi, aholining zich joylashganligi, qulay iqtisodiy-geogra-fik holati (Markaziy Osiyoga va undan Rossiyaga chiqadigan transport yoʻlagi), poytaxt mintaqasi maqomi bilan ajralib turadi. Q.x. sertarmoq (pax-tachilik, donchilik, kanopchilik, pil-lachilik, shahar atrofi bogʻdorchiligi, sabzavotchilik, goʻsht-sut chorvachiligi va b.) va rivojlangan. Mamlakatdagi yetakchi industrial rayon. Sanoatning rivojlanish darajasi mamlakat boʻyicha oʻrtacha koʻrsatkichdan 2 marta yuqori turadi. Undiruvchi sanoat tarmoklari bilan bir qatorda ishlov beruvchi sanoat tarmoklari ham ustunlik qiladi. BuIqtisodiy rayon sanoat majmuida Oʻzbekistondagi mashina va uskuna-jihozlarning 70% ni ishlab chiqaradigan mashinasozlik majmui yetakchi oʻrinda turadi (qarang x. mashinasozligi, toʻqimachilik mashina-sozligi, elektrotexnika), mamlakatda qora va rangli metallurgiya mahsulotlari ishlab chiqarishda asosiy oʻrinni egallaydi. Oʻzbekiston metallurgiya ktida tayyor qora metallar prokati — 100%, Olmaliq kon-metallurgiya ktida mis va ruxning asosiy kis-mi, koʻmir qazib chiqarish (96,6%), asosiy kimyo va organik sintez kimyoviy mahsulotlari (mineral oʻgʻitlarning 39,4%, xom ashyo etil spirtining 36,2%), koʻpgina qurilish materiallari va konstruksiyalari (sementning 40%, shiferning 58,6%, linoleumning 100%, deraza oynasining 23,8%) ishlab chiqariladi. rayon qudratli qurilish bazasi, qalin transport tarmogʻiga ega, mamlakatning ilmiy, loyiha va konstruktorlik potensiali, kadrlar tayyorlash boʻyicha muas-sasalarning asosiy qismi shu rayonda joylashgan.

Jizzax — Sirdaryo Iqtisodiy rayon (tarkibida Jizzax va Sirdaryo viloyatlari) yaqin oʻtmishda Toshkent Iqtisodiy rayonning chekka semiki tashkil qilar edi. Keyinchalik mustaqil Iqtisodiy rayonga ajratilgan. Mirzachoʻl va Jizzax choʻllarini oʻzlashtirish munosabati bilan bu rayon jadal rivojlandi va muayyan xoʻjalik mustaqilligiga ega boʻldi. Mamlakatda paxta yetishti-ruvchi yirik rayon hisoblanadi (yalpi hosilning 25%). rayon sanoati shakllanish bosqichida, uning tuzilmasida paxta tozalash sanoati va issiqlik energetikasi (keltiriladigan gaz hisobiga)ning hissasi katta. Jizzax choʻlini yanada oʻzlashtirish rayon rivojining asosiy omillaridan biri hisoblanadi. Sanoat-fuqarolik qurilishi uchun yer resurslarining koʻpligi, qulay iqtisodiy-geografik va transport sharoitlari, Toshkent, Fargʻona, SamarqandQashqadaryo Iqtisodiy rayonlariga qoʻshniligi bu yerda ishlov beruvchi sanoat korxonalarini joylashtirish, aholini zich joylashgan hududlardan koʻchirib keltirish, istiqbolda erkin iqtisodiy zona barpo etish imkoni-yatlarini beradi.

Fargʻona Iqtisodiy rayon (tarkibida Fargʻona, Andijon, Namangan viloyatlari)da yersuv va mineral xom ashyo resurelari gʻoyat cheklangan, lekin mehnat resurslariga gʻoyat boy — Oʻzbekistonda aholi eng zich joylashgan hudud. rayonni rivojlantirishning asosiy yoʻnalishi mavjud q,x. resurelari xom ashyosi (paxta, meva, sabzavot, pilla)ga moʻljallangan mehnattalab ishlab chiqarish tuzilmasini barpo etishdan iborat. Q.x., asosan, pax-tachilikka ixtisoslashgan (yalpi paxta hosilining 26%). rayonda ipakchilik, kimyo sanoati (mineral oʻgʻitlar ishlab chiqarish), neftni qayta ishlash (Ol-tiariq, Fargʻona), butun Markaziy Osiyoda yagona boʻlgan yengil avtomobillar ishlab chiqaradigan "OʻzDEU avto" qoʻshma korxonasi (Asaka sh.) muhim ahamiyatga ega


Download 26.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling