Dastlab relyatsion algebraning asosiy amallarini ko'rib chiqamiz
Download 18,23 Kb.
|
Munosabatlar bilan ishlash uchun F
Munosabatlar bilan ishlash uchun F.E. Kodd tomonidan tavsiya etilgan relyatsion algebra apparati qo'llaniladi. Ushbu apparat munosabatlar nazariyasida ularning to'plami har doim ma'lum bir operatsiyalariga nisbatan yopiq ekanligi va shu tarzda ushbu operatsiyalar bilan birgalikda abstrakt algebra yuzaga kelganligi isbotlangan. Bu xususiyat relyatsion algebra deb nomlangan ma'lumotlar manipulyatsiyasi tilini ishlab chiqishda ishlatilgan. Koddning relyatsion algebrasi amallari asosiy amallar -to'plam nazariyasi amallari va maxsus relyatsion amallariga bo'linadi. Amallarning birinchi guruhiga to'plamlar nazariyasining klassik amallari kiradi: birlashish, kesishma, ayirma va kengaytirilgan dekart ko‘paytma. Amallarning ikkinchi guruhi bevosita ma'lumotlar manipulyatsiyasi masalalarini yechish uchun ishlab chiqilgan va unga tanlash (filtrlash, gorizontal tanlash), proektsiya, bo'lish va ulash (shartli ulash yoki shart bo‘yicha ulash) amallari kiradi. Dastlab relyatsion algebraning asosiy amallarini ko'rib chiqamiz. Bir xil sxemali ikkita R1 va R2 munosabatlarining birlashmasi deb, berilgan munosabatlarning barcha kortejlaridan tashkil topgan R = R1 ⋃R2 munosabatga aytiladi. Munosabatlar birlashmasini hosil qilishga doir misol 1-rasmda keltirilgan.
1-rasm. Munosabatlar birlashmasi Bir xil sxemali R1 va R2 munosabatlarning kesishmasi deb, kortejlari to‘plami bir vaqtning o'zida birinchi va ikkinchi munosabatlarning kortejlari bo‘lgan R = R1 ∩ R2 munosabatiga aytiladi. Munosabatlar kesishmasini hosil qilish 2-rasmda keltirilgan.
2-rasm. Munosabatlar kesishmasi Bir xil sxemali R1 va R2 munosabatlarning ayrmasi R = R1 \ R2 munosabati bo'lib, uning kortejlari to'plamlari birinchi munosabatlarga tegishli bo'lgan va ikkinchisiga tegishli bo'lmagan karterlar iborat b o’ladi. Birlashma va kesishma amallaridan farqli ravishda, ayrish amali komutativ xossasiga ega emas. Munosabatlar ayiralarini hosil qilish 3-rasmda keltirilgan.
1-rasm. Munosabatlar ayirmasi Download 18,23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling