Dastlabki musiqa cholg'ulari haqida ma’lumot


Download 87.5 Kb.
bet3/9
Sana10.04.2023
Hajmi87.5 Kb.
#1349272
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
DASTLABKI MUSIQA CHOLG\'ULARI HAQIDA MA’LUMOT

DUTOR MUSIQA CHOLG'USI
Dutor ham tanbur oilasiga mansub musiqa cholg'ularidan hisoblanadi. Chunki tanburning dastlabki nusxalari ikki torli bo'lib dutor deb ham atalgan. Dutorning yasalish tartibi ham aynan tanburdek, faqat kosaxonasi bo'lak-boiak cho'blardan tayyorlanadi. Ya'ni kosaxonani tayyorlash uchun maxsus qolab (qolib) yasaladi. Torlari ikkita bo'lib, avvai ipakdan, keyinchalik esa ichakdan tayyorlangan. 1920 yillarda Buxoroda 13-14 pardali dutorlar bo'lib, dutorlarda maqom asarlari ijro etilmasligi, xarragi past bo'lganligi uchun ijrochilarini o'z panjaralarini dutor kosaxonasiga tegib ketishi, lekin dutor ijrochiligida Samarqandlik ustoz Hoji Abdulaziz Rasulov dutorda mohirona ijro etganligi uchun ham uning dutor chalish mahoratiga yuqori baho beriladi. (A.Fitrat. O'zbek klassik musiqasi va uning tarixi. Toshkent. 1993.29 s).
Eronda tanbur nomli musiqa cholg'usi bo'lib, lekin dutorga o'xshab panja vositasida musiqiy asarlar ijro etiladi. Dutor cholg'usi O'rta Osiyo hududida uchraydi. Qozogiston, Qirg'iziston, O'zbekiston hududidagi Qoraqalpog'iston avtonom viloyatlarida bir xil duior. O'zbekiston va Tojikistonda bir xil dutorlar mavjud.
O'zbekistonda esa ajoyib sado beruvchi dutorlar bo'lib, bu dutorlar Usto Tohir Buxoroiy va Usto Usmon Toshkandiylar tomonidan tayyorlangan bo'lib, keying! yillarda xalq ustolari Usto Faxriddin, Usto Muhammad Siddiq, Usto To'xtamurodlar tomonidan tayyorlanayotgan dutorlar Usto Tohir va Usto Usmon tayyorlagan dutorlardan aynan nusxa olingan. Hozirgi kunda O'zbekistonda katta dutor, kichik dutor, qavurg'ali dutor, qozma dutor kabi dutorlar Buxoro, Samarqand, Farg'ona, Toshkent mahalgohlarida uchraydi. Tojikistonning Ko'lob, Qorategin, Vanj mahalgohlarida ham turli xil dutorlar uchraydi. O'zbekistonning Oliy va O'rta musiqa dargohlarida Faxriddin Sodiqov, Orif Qosimov, Abdusamad Ilyosov, Boqijon Rahimjonov, Abdurahim Hamidov, Davron Baliqov, Ilyos Lutfullaev, Ahmadjon Abdurahimov va boshqalar dutor sinflari bo'yicha ustozlik qiladi.



Download 87.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling