Dastlabki muzeylar tarixi


Download 493.13 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana06.11.2023
Hajmi493.13 Kb.
#1752411
1   2   3   4   5
Bog'liq
dastlabki-muzeylar-tarixi

SCIENTIFIC PROGRESS
 
VOLUME 2 ǀ ISSUE 2 ǀ 2021 
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
 
www.scientificprogress.uz
  
Page 1255
Uygʻonish davriga toʻgʻri keladi. Bu davrda xayvonot va oʻsimlik dunyosi namunalari, 
minerallar, geodeziya va astronomiya asboblari, etnografik ahamiyatga ega narsalar 
to'plangan. Tabiiy, ilmiy, etnografiya va tarixiy, badiiy, noyob narsalar jamlangan saroy 
toʻplamlari shuxrat qozongan. Dastlab muzey va ular haqidagi tavsiflar, shuningdek
muzeyshunoslik haqidagi nazariy asarlar ham shu davrda paydo boʻldi. Florensiya, Rim, 
Drezden va boshqa joylardagi antik davr yodgorliklari toʻplamlari shu davrga mansub. 
17—18-asrlarda keyinchalik koʻplar davlat milliy muzeylari negizini tashkil qilgan 
tarixiy, arxeologik, tabiatshunoslik, sanʼatshunoslikka oid bo'lan shaxsiy toʻplamlar 
shakllandi.
4
MUHOKAMA
Noyob buyumlar, san'at asarlari, bejirim va nafis go'zalliklar hamma davrlarda 
ham insoniyatni o'ziga rom etgani shubhasiz, albatta. Ammo yuqoridagi savolimizga 
aynan javob hali ochilgani yo'q. Ho'sh, bugun tarixni o'rganishning muhim va ajralmas 
bo'lagiga aylangan muzeylarning dastlabkisi qachon va qayerda tashkil etilgan? Butun 
dunyoda birinchi Museyon ya'ni ma'bud - yoki muzalar, ilhom parilarining uyi 
miloddan avvalgi 290 yilda paydo bo'lgan deb hisoblanadi. Makedoniyalik 
Aleksandrning sarkardalari va vorislaridan biri Ptolomey I dastlabki muzeyning 
tashkilotchisi sifatida e'tirof etiladi. Manbalarga ko'ra ungacha ham «muzalar uyi» 
ibodatxonalari mavjud bo'lgan bo'lishi mumkin, ammo Iskandariya ibodatxonasi 
muzeylar tarixining tamal toshini qo'yishda muhim ahamiyat kasb etadi deya 
hisoblanadi.
Shu o'rinda ayrim muzalarning faoliyat turlariga e'tiboringizni qaratmoqchimiz: 
Kalliope - epik she'riyatga homiylik qiladi, Erato – muhabbat, Euterpe – lirika va shu 
bilan birga musiqa, Melpomene – fojia, Talia – komediya, Polygymnia - madhiyalar va 
pantomima, Terpsichore – raqslar, Clio – tarix, Uraniya – astronomiya, v.b. Guvohi 
bo'ldikki, ilhom parilarining faqatgina bir nechtasi ilm-fanga taaluqli. Qolgan ko’pchilik 
qismi esa san’at va madaniyat homiylari. Shu o'rinda qadimgi yunonlar hayotida
san'atning tutgan roli qanchalik katta bo'lgani yana bir karra yodimizga tushadi va o’z - 
o’zidan Ptolomey museyonida ham san’at yuqori o’ringa qo’yilgandir, degan fikr 
tug’iladi. Ammo, bu unchalik ham haqiqatga yaqin emas. Ptolomey tomonidan 
yaratilgan muassasa aniq ilmiy faoliyat turlarini qo’llab – quvvatlovchi “ilmiy tashkilot” 
ga aylanadi. Ptolomey muzeyi yonida Botanika bog'i, hayvonot bog'i va hatto anatomik 
tadqiqotlar o'tkazilgan «ilmiy markaz» afsonaviy Iskandariya kutubxonasi bilan 
birlashtirilgan. Bu yerda faoliyat ko'rsatgan ilmiy hodimlardan sizga yaxshi tanishlari, 
albatta Arximed va Yevkliddir. Hodimlar bu yerda davlat homiyligi ostiga olingan. 
4
https://present5.com/muzei-mira-muzej-v-perevode-s/ 



Download 493.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling