Bundan tashqari u boshqa mamlakatlarga xususan, Fransiya va Ispaniyaga ham safar qiladi.
Eng oily mukofot
Eynshteyn Yaponiya safari chog’ida asrga tatigulik xabar eshitadi. U 1921 – yildagi fizika bo’yicha Nobel mukofotiga sazovor bo’lgan edi. Shvedsiya ilmiy tadqiqot akademiyasi uning yorug’lik to’g’risidagi ixtirosi uchun mukofotlagandi, bu kashfiyot esa 1905 – yildayoq amalga oshirilgan edi. Buning sababi siyosat bilan bog’liq bo’lib, uning yahudiy millatiga mansubligi go’yoki Germaniya uchun tahdid edi. Shuning uchun uni taqdirlash ham ehtiyotkorlikni talab qilgandi. Nobel mukofotining nizomiga ko’ra, mukofot insoniyat uchun har tomonlama foydali bo’lgan ixtirolar uchun berilishi kerak. Uning nisbiylik nazariyasini odamlar tushinmasdi yoki uni amalda qo’llanishidan qo’rqishardi.
Yorug’lik haqidagi nazariya esa nisbatan sodda bo’lib allaqachon jamiyatda foydalanilib kelardi.
Uning ixtirosi sababli, fotoelektronika, quyosh energiyasi va elektr kameralari singari tushinchalar urf bo’lib ulgurgandi. Shuning uchun Germaniyada uni hech kim adolatsizlikda ayblay olmasdi. Muammoning yana bir tomoni bo’lib, u hamon Shvesariya fuqorosi bo’lgan holda, Berlinda yashab, ishlardi. Mukofot e’lon qilinishi bilanoq, Germaniya va Shvedsariya rasmiylari unga da’vogarlik qila boshladi. Shvedsariya Eynshteyn uzoq yillardan buyon o’z fuqorosi bo’lib kelayotganligini aytsa, Germaniya u aynan ixtironi amalga oshirgan paytda, o’z fuqorosi bo’lganligini da’vo qilardi.
Oliy mukofotni taqdirlash marosimida Eynshteyn shaxsan qatnasha olmaydi, sababi, ayni paytda u Yaponiya safarida edi. Nihoyat, uzoq tortishuvlardan so’ng, o’zaro kelishuvga muofiq Eynshteynga egalik qilish huquqini Germaniya Shvedsariyaga berishga rozi bo’ldi. U safardan qaytib kelgach, Shvedsariya rasmiylari Nobelni unga rasman topshiradi. Eynshteyn esa, va’daga ko’ra berilgan mukofot pulini hammasini Miliviyaga taqdim qiladi.
U o’z g’oyalari to’g’risida ma’ruzalar qilishda va sayotlarga chiqishda davom etdi. To’plangan olomonga u nafaqat ilmiy g’oyalari to’g’risida balki, adolatsizlik va yovuzlikka qarshi kurashib, tinch va osuda hayot kechirishga da’vat qilardi. Biroq, Germaniyada uning bunday targ’ibot ishlari uzoq davom etmadi. Adolf Gitler siyosat olamida to’polon qilar, uning millatchilik go’yalarini targ’ib qiluvchi siyosiy tashkiloti brogan sari quturib borardi.
Holdan toydiruvchi safarlar, Germaniyadagi urush va boshboldoqliklarga qaramaasdan, u hamon o’z go’yalari ustida ishlab, umumiy nisbiylik nazariyasini takomillashtirish ustida bosh qotirardi.
Do'stlaringiz bilan baham: |