Dastur 5A310204 Elektr energetikasi tizimlari va tarmoqlari (faoliyat turlari bo‘yicha) magistratura mutaxassisligiga kiruvchilar uchun 5310200 Elektr energetikasi
Download 104.91 Kb. Pdf ko'rish
|
25 5A310204 Elektr energetikasi dastur 2021
- Bu sahifa navigatsiya:
- TUZUVCHILAR
- KIRISH
2 Dastur 5A310204 - Elektr energetikasi tizimlari va tarmoqlari (faoliyat turlari bo‘yicha) magistratura mutaxassisligiga kiruvchilar uchun 5310200 - Elektr energetikasi (tarmoqlar va yo‘nalishlar bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishining 2016/2017 o‘quv yilida tasdiqlangan o‘quv rejasidagi asosiy fanlar asosida tuzilgan. TUZUVCHILAR: Davletov I.Yu. – UrDU «Fakultetlararo umumtexnika fanlari» kafedrasi mudiri, f-m.f.d., prof.v.b. Jumatov M.S. – UrDU «Fakultetlararo umumtexnika fanlari» kafedrasi dotsenti, t.f.n. TAQRIZCHILAR: Gayibov T.SH. – ToshDTU «Elektr stansiyalari, tarmoqlari va tizimlari» kafedrasi mudiri, t.f.d., professor Bobojanov Y.M. - UrDU «Fakultetlararo umumtexnika fanlari» kafedrasi dotsenti, t.f.n. Dastur Texnika fakultetining 2020 yil 29 iyundagi № 11 sonli Kengashi yig‘ilishida muxokama qilingan va tasdiqlashga tavsiya etilgan. 3 KIRISH 5310200 –Elektr energetikasi (tarmoqlar va yo‘nalishlar bo‘yicha) bakalavriat ta’lim yo‘nalishi – fan va texnika sohasidagi yo‘nalish bo‘lib, u elektr energiyasini ishlab chiqarish, o‘zgartirish, uzatish, taqsimlash, iste’mol qilish va undan oqilona foydalanishga, soha istiqbolini belgilashga, kasbiy ko‘nikma, mutasaddilik qobiliyatiga yo‘naltirilgan inson faoliyatining vositalari, usullari, metodlari va uslublarining majmuasini qamrab oladi. Ta’lim yo‘nalishi negizidagi mutaxassisliklarning vazifasi - talabalar bilimlarini chuqurlashtirish va elektr energiyasini ishlab chiqarish, o‘zgartirish, uzatish, taqsimlash va iste’mol qilish ob’ektlarida elektr stansiyalari, podstansiyalari, tarmoqlari, qurilmalari va elektr ta’minoti tizimlarini loyihalash, montaj qilish, sozlash, ta’mirlash, ishlatish, ularda sinovlar o‘tkazish, texnik xizmat ko‘rsatish, rostlash, dispetcherlash, avtomatlashtirilgan va avtomatik boshqarish, elektr energiyasini ishlab chiqarish, o‘zgartirish, uzatish, taqsimlash va iste’mol qilishga oid muhandislik masalalarini echish, algoritmlash va matematik ta’minotni yaratish, texnologik echimlarni ishlab chiqish bo‘yicha hamda ilg‘or pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda bilimlarini oshirish va ko‘nikma hosil qilishdan iboratdir. 5310200 - Elektr energetikasi (tarmoqlar va yo‘nalishlar bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishi negizidagi 5A310201- Elektr ta’minoti (tarmoqlar bo‘yicha), 5A3102013 – Elektr stansiyalari, 5A310204 - Elektr energetikasi tizimlari va tarmoqlari (faoliyat turlari bo‘yicha) magistratura mutaxassisliklariga kiruvchi talabalar uchun ta’lim yo‘nalishi o‘quv rejasiga asosan 4 ta ixtisoslik fanlari bo‘yicha: “Elektr ta’minoti”, “Elektr tarmoqlari va tizimlari”, “Elektr energiya nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimlari”, “Elektr ta’minoti tizimini boshqarish va optimallash”, va 5 ta umumkasbiy fanlar bo‘yicha: “Stansiya va podstansiyalarning elektr jihozlari”, “O‘tkinchi jarayonlar”, “Yuqori kuchlanish texnikasi” “Releli himoya va avtomatika”, “Energiya tejamkorligi asoslari” test savollari shakllantirilgan. Bu fanlar o‘z negizida qamrab olingan ma’lumotlar quyida batafsil keltirilgan. Download 104.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling