Tuzuvchi E.Abduqodirov
“Dastur ishlab chiqish amaliyoti” fanidan
9-variant
1. Ikkita a va b haqiqiy sonlar berilgan bo‘lsin. ax3+b=0 tenglamaning haqiqiy yechimlari sonini aniqlang.
2. N natural soni berilgan bo’lsin. Shu sonni teskarisidan oʻqing.
3. N natural soni va A[1:N] massiv berilgan boʻlsin. Bu massivni ikkiga boʻlish usulidan foydalangan holda kamayish tartibida tartublang.
Tuzuvchi E.Abduqodirov
“Dastur ishlab chiqish amaliyoti” fanidan
10-variant
1. a, b va c haqiqiy sonlar berilgan bo‘lsin. ax4+bx2+c=0 (a≠0) bikvadrat tenglama yechimlarini toping.
2. Viloyatda 12 ta tuman joylashgan. Har bir tumanning nomi, maydoni va aholisi soni ma’lum. Aholi eng zich yashaydigan tuman nomini toping.
3. N natural soni va A[1:N] massiv berilgan boʻlsin. Bu massivni ikkiga boʻlish usulidan foydalangan holda oʻsish tartibida tartublang.
Tuzuvchi E.Abduqodirov
“Dastur ishlab chiqish amaliyoti” fanidan
11-variant
1. x1, x2, x3, y1, y2, y3 hamda K haqiqiy sonlari berilgan bo‘lsin. Koordinatalar boshi uchlarining koordinatalari (x1, y1), (x2, y2) va (x3, y3) bo‘lgan uchburchak ning yuzi K dan kattami?
2. Viloyatda 12 ta tuman joylashgan. Har bir tumanning maydoni va aholisi soni ma’lum. Aholi eng zich yashaydigan tuman tartib raqamini aniqlang.
3. N va K natural sonlari, A[1:N] va B[1:K] massivlar osʻish tartidida berilgan boʻlsin. Ularni oʻsish tartibini saqlagan holda birlashtiring.
Tuzuvchi E.Abduqodirov
“Dastur ishlab chiqish amaliyoti” fanidan
12-variant
1. Musbat va haqiqiy a, b, c va d sonlari berilgan bo‘lsin. Tomonlari a va b bo‘lgan to‘g‘ri to‘rtburchak ichiga uning tomonlariga parallel yoki perpendikulyar qilib tomonlari c va d bo‘lgan to‘g‘ri to‘rtburchakni joylash mumkinmi ?
2. a1, a2, ... butun sonlar ketma-ketligi berilgan bo‘lib, uning nol bilan tugashi hamda a1>0 ekanligi ma’lum. Shu ketma-ketlikda 3 ta toq son yonma-yon keladimi?
3. N va K natural sonlari, A[1:N] va B[1:K] massivlar kamayish tartidida berilgan boʻlsin. Ularni kamayish tartibini saqlagan holda birlashtiring.
Do'stlaringiz bilan baham: |