Dastur Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti o‘quv


Download 0.66 Mb.
Pdf просмотр
Sana15.12.2019
Hajmi0.66 Mb.



 

 

Dastur Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti o‘quv 

uslubiy kengashida ko‘rib chiqilgan va maqullangan.  2019 yil  18 iyundagi  10-sonli 

majlis bayoni   

 

 

 



Tuzuvchilar: 

 

O.O.Abdullayev, 



Tasviriy san’at tarixi va nazariyasi kafedrasi mudiri 

 

 



N.D.Kultasheva, 

Tasviriy san’at tarixi va nazariyasi kafedrasi katta o`qituvchisi 

 

 

D.R.Alimkulova, 



Tasviriy san’at tarixi va nazariyasi kafedrasi o`qituvchisi, 

 

Taqrizchilar: 

 

Z.Dj.Aliyeva,  



San’atshunoslik instituti ilmiy hodimi, s.f.d. 

 

 



MRDI Informatika va menejment kafedrasi  

mudiri t.f.n. S.A.Zakirova  

 

 

 





KIRISH 

        5150200-  San’atshunoslik:  turlari  bo‘yicha  (5150205-tasviriy  va  amaliy 

san’at), (5150205-san'at tanqidchiligi)

 

ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha ushbu namunaviy 



dastur  DTS  talablari  asosida  ishlab  chiqilgan  bo‘lib,  Respublikamizda  badiiy  ta’lim 

islahotlarini  yanada  chuqurlashtirish,  malakali  mutaxassis  san’atshunos  kadrlar 

tayyorlash  borasida  ularning  kasbiy  xususiyatlarni  rivojlantiruvchi,  shuningdek, 

iqtidorli,  ijodkor  san’atshunos-tanqidchi  ko‘nikmalarini  o‘zida  namoyon  qiluvchi  va 

ilmiy ishga qiziqish uyg‘ota oluvchi, o‘z yo‘nalishini topishda, ayniqsa asar tahlilini 

o‘rgatishda muhim ahamiyatga egadir. 

Tasviriy  va  amaliy  san’at,  san'at  tanqidchiligi  san’atshunoslik  ta’lim 

yo‘nalishida  bo‘lganligi  uchun,  undagi  gumanitar  fanlar  qatoriga  tasviriy  hamda 

amaliy san’at tarixini o‘rganuvchi  fanlar kiradi. Bo‘lg‘usi kasb egalari  xalqimizning 

milliy  an’analariga,  shuningdek,  jahon  muzeylari  tajribasiga  suyangan  holda  boy 

tarixiy  madaniy  merosimizni  chuqur  o‘rganib,  ilmiy-ijodiy  (kasbiy)  tajribasi  bilan 

O‘zbekiston muzeylarining rivojlanishida ishtirok etishini o‘z oldilariga maqsad qilib 

qo‘yadilar. 

1. Fanning maqsad va vazifalari. 

Tasviriy  va  amaliy  san’at,  san'at  tanqidchiligi  ta'lim  yo'nalishlari  O‘zbekiston 

Fanlar  Akademiyasi,  O‘zbekiston  Badiiy  Akademiyasi,  O`zbekiston  Respublikasi 

Madaniyat  hamda  boshqa  vazirlik,  tashkilotlarga  qarashli  muzeylarda,  badiiy 

galereyalarda, doimiy faoliyat ko‘rsatayotgan ko‘rgazmalarda, badiiy fond bo‘limlari, 

viloyat  boshqarmalari  va  Respublika  tuman  matbuot,  madaniyat  va  san’at 

bo‘limlarida  ish  faoliyatini  olib  boradigan  keng  doiradagi  mutaxassisliklarni 

tayyorlashni maqsad qilib qo‘yadi. 

Tasviriy  va  amaliy  san’at,  san'at  tanqidchiligi    ta'lim  yo'nalishida  olingan 

ma’lumot,  O'zFA  qoshidagi  San'atshunoslik  instituti,  O‘zbekiston  Badiiy 

Akademiyasi  hamda  Oliy  va  o‘rta  maxsus  ta’lim  vazirligi  o‘quv  yurtlarida  ilmiy  va 

pedagogik faoliyatini olib borish imkoniyatlarini ham ochadi.  



2. Abiturient bilimiga qo‘yiladigan talablar. 

Tasviriy  va  amaliy  san’at  tarixi  fani  bo‘yicha  abiturient  ilmiy  tadqiqot  va 

tanqidiy  faoliyatga  bo‘lgan  kuzatuvga  va  mahoratga  ega  bo‘lishi  kerak.  Berilgan 

savol  bo‘yicha  javobda  nutqning  ravonligi,  tasviriy  san’atning  rivojlanish 

bosqichlarini  asoslab  bera  olishi,  san’at    haqida  umumiy  tushunchaga  ega  ekanligi, 

asarni badiiy tahlil qila olish mahorati, tasviriy san’at turlarini qiyosiy tavsiflay olishi, 

tasviriy  san’at  janrlarini  farqlay  olishi,  amaliy  san’at  turlarini  bilish  darajasi, 

muzeylar  haqida  umumiy  tushunchaga  ega  bo‘lishi,  tarixiy  me’moriy  yodgorliklar 

haqida  umumiy  tushunchaga  ega  bo‘lishi,  tarixiy  va  tasnifiy  belgilarni  izohlab  bera 

olishi kabi masalalarni og‘zaki yoritib berishi talab etiladi. “Tasviriy va amaliy san’at 

tarixi”  fani  ijodiy  imtihon  bo‘yicha  yozma  ishda  yoritishda  rassom  yashagan  davr 


tarixini  bilishi,  davr  badiiy  uslubini  bilishi,  rassomning    o‘ziga  xos  ijodiy  uslubini 

aniqlay  olishi,  rassomning  asarlarini  bilishi,  asarni  badiiy  tahlil  qila  olish  mahorati, 

kartina  syujetini  aniqlay  olishi,  asar  g‘oyasini  farqlay  olishi,  rassomning  manerasini 

bilishi kabi masalalarni yozma shaklda yortib berishi talab etiladi. 

2019-2020 o‘quv yili qabulida 5150205 - tasviriy va amaliy san’at, 5150205 

-  san'at  tanqidchiligi  ta`lim  yo‘nalishlari  bo‘yicha  o‘qishga  kiruvchi 

abiturientlar ijodiy (kasbiy) imtihonlarni quyidagi fanlar bo‘yicha topshiradilar. 

 

№ 

Fan nomi 

Shakli 

Imtihon balli 

1  Tasviriy va amaliy san'at  tarixi fani

 

(yozma) 



93 

2  Tasviriy va amaliy san'at  tarixi fani

 

(og’zaki) 



63 

 

Jami 

 

156 

 

“Tasviriy va amaliy san'at  tarixi” fani 

Ijodiy imtihon bo‘yicha yozma ish 

Ijodiy imtihon bo‘yicha “Tasviriy va amaliy san'at  tarixi” faniga 

 ajratilgan vaqt 

 

Fanning nomi 

Topshiriqlar 

Soat 

Tasviriy va amaliy san'at  

 tarixi fani 

3 savolga yozma 

javob 

80 minut 



 

Tasviriy va amaliy san'at  tarixi fani 93 ball 

Ijodiy (kasbiy) imtihonda abiturient tomonidan bajarilgan yozma 

ish quyidagi mezon asosida baholanadi. 

 

№ 



Javoblarni baholash mezoni 

To‘liq javob 

uchun ball 

1-savol 

1.1.  Muayyan  davr  me’morchiligi,  tasviriy  san’ati 

taraqqiyotiga  tarixiy,  siyosiy  va  ijtimoiy  jarayonlarning 

ta’sirini anglab yetishi. 

1.2. Davrga oid tarixiy sanalarni aniq belgilashi. 

1.3. Davr badiiy  uslubiga oid hususiyatlarni anglab  yetishi 

va  muayyan  badiiy  uslubni  boshqa  uslub  bilan  qiyosiy 

tavsiflay olishi. 

1.4.  Zamonaviy  badiiy  jarayon  haqida  ma’lumotga  ega 

ekanligi. 

1.5.  Mustaqillik  davri  milliy  tasviriy  va  amaliy  san’at 

31 ball 


ravnaqi haqida fikr bildira olishi. 



2-savol 

2.1.  G’arb  va  Rossiya  tasviriy  san’atining  yirik 

namoyondalari ijodini va u yashagan davr tarixini bilishi. 

2.2.  Rassomga  oid  tarixiy  sanalarni  aniq  belgilashi  va 

ijodiy bosqichini tavsiflay olishi. 

2.3. Rassomning asarlarini bilishi va badiiy tahlil qila olish 

mahorati. 

2.4. Kartina syujetini aniqlay olishi va asar g‘oyasini tahlil 

qila olishi 

2.5. Asarlarning badiiylik xususiyatlarini anglash darajasi. 

 

31 ball 


3-savol 

3.1.  Rassomlarning  o’ziga  xos  badiiy  uslubini  farqlay 

olishi. 

3.2. Muayyan rassom ijodini boshqa rasssom bilan qiyosiy 

tavsiflay olishi. 

3.3. Badiiy asar kompozitsiya haqida tushunchaga egaligi. 

3.4. San’atshinoslikka oid atamalarni qo’llay olishi.  

3.5.  Ma’lumotlarni  aniq,  ravon  bayon  etishi  va  mantiqiy 

uzviylikda fikrlay olish qobiliyati. 

31 ball 


 

Umumiy ballar miqdori 93 ball 

1-bo’lim  savollari  abiturientning  jahon  va  O’zbekiston  san’ati 

rivojidagi asosiy bosqichlarni qay darajada bilishni aniqlashga qaratilgan.  

1.1.  Ibtidoiy jamoa davri san’ati. 

1.2.  Qadimgi Misr san’ati. 

1.3.  Qadimgi Old Osiyo san’ati. 

1.4.  Qadimgi Yunoniston san’ati. 

1.5.  Qadimgi Rim sana’ti. 

1.6.  Roman davri me’morchiligi va tasviriy san’ati. 

1.7.  Gotika san’ati. 

1.8.  Uyg’onish davri (Renessans) davri me’morchiligi va tasviriy san’ati. 

1.9.  O’zbekistonning  islom  davriga  qadar  (antik  va  ilk  o’rta  asrlar)  bo’lgan 

me’morchiligi va tasviriy san’ati. 

1.10. Amir Temur va temuriylar davri san’ati.  

1.11. Barokko va rokoko davri san’ati.  

1.12. Impressionizm va postimpressionism badiiy oqimi.  

1.13. Modernizm uslibi va undagi yo’nalishlar.  

1.14. Noan’anaviy san’at turlari (installyasiya, aksiya, performans, videoart va h.k.) 



 

 



 

2-bo’limdagi  savollar  G’arb  va  Rossiya  tasviriy  san’atining  yirik 

namoyondalari ijodini aniqlashga mo’ljallangan. 

2.1. Leonardo da Vinchi ijodi.   

 

2.12. A.Ivanov ijodi 



2.2. Rafael Santi ijodi.    

 

 



2.13. V.Savrasov ijodi 

2.3. Mikelandjelo ijodi.   

 

 

2.14. V.Serov ijodi 



2.4. Remrandt ijodi. 

 

 



 

2.15. V.Kandinskiy ijodi. 

2.5. Velaskes ijodi. 

 

 



 

2.16. P.Fedotov ijodi 

2.6. Vinsent Van Gog ijodi. 

 

 



2.17. I.Shishkin ijodi 

2.7. Salvador Dali ijodi.   

 

 

2.18. I. Levitan ijodi 



2.8. P.Pikasso ijodi. 

 

 



 

2.19. V.Perov ijodi 

2.9. K.Bryullov. ijodi 

 

 



 

2.20. P.Sezann 

2.10. V.Surikov ijodi 

 

 



 

2.21. I.Repin ijodi 

2.11. M.Vrubel ijodi.  

 

 



 

 

3-bo’lim 



savollari  abiturientning  O’zbekistonning  me’moriy 

yodgarliklari,  tasviriy  va  amaliy  san’ati  ustalari  ijodi  haqidagi  bilimini 

aniqlashga mo’ljallangan. 

3.1. Kamoliddin Behzod ijodi   

 

 3.15. I.Ikoromov 



3.2. A.Nikolaev (Usto Mumin) ijodi   

 3.16. R.Ahmedov 

3.3. P.Benkov ijodi 

 

 



 

 3.17. Q.Basharov 

3.4. A.Volkov ijodi 

 

 



 

 3.18. R.Choriev 

3.5. M.Nabiyev ijodi 

 

 



 

 3.19. J.Umarbekov 

3.6. A.Abdullaev    

 

 



 

 3.20. B.Jalolov 

3.7. O‘.Tansiqboev  

 

 



 

 3.21. Go’ri Amir maqbarasi 

3.8. A.Nur    

 

 



 

 

 3.22. N.Kashina 



3.9. A.Aliqulov 

 

 



 

 

 3.23. Z.Kovalevskaya 



3.10. Sh.Hasanova  

 

 



 

 3.24. B.Ismoilov 

3.11. R.Mirtojiyev  

 

 



 

 3.25. A.Ikromjonov 

3.12. A.Mirzaev   

 

 



 

  

3.13. I.Jabborov   



 

 

 



   

3.14. Ch.Axmarov  

  

 

“Tasviriy va amaliy san'at  tarixi ” fani savollar bo‘yicha og‘zaki javob ijodiy 

imtihon bo‘yicha “Tasviriy va amaliy san'at  tarixi” faniga ajratilgan vaqt 

 

Fanining nomi 

Topshiriqlar 

Soat 

Tasviriy va amaliy 

san'at  tarixi  

Bilet asosida 3 ta savol 

30 minut (1 ta abiturientga) 

 

 

 




Tasviriy va amaliy san'at  tarixi fani 63 ball

 

Ijodiy  (kasbiy)  imtihonda  abiturient  tomonidan  og’zaki  savollarga 

berilishi lozim bo‘lgan javoblar quyidagi mezon asosida baholanadi.  

 

№ 

Javoblarni baholash mezoni 

To‘liq javob 

uchun ball 

1. 

Tasviriy  va  amaliy  san’at  turlarini  qiyosiy  tavsiflay 

bilishi  hamda  uning  namoyondalari  ijodidan  misol 

keltira  olishi,  jahon  tasviriy  san’ati  bilan  bog’liq 

dinyoqarashi  kengligi,  jahon  tasviriy  san’ati  rivojiga 

o’z  hissasini  qo’shgan  rassomlar  ijodiga  va  asarlariga 

tavsif  bera  olishi,  rassomlarning  o’ziga  hos  badiiy 

uslubini farqlay olishi. 

21 ball 

2. 

Tarixiy  me’moriy  yodgorliklar  haqida  umumiy 

tushunchaga  ega  bo‘lishi,  O’zbekiston  tasviriy  va 

amaliy  san’ati,  uning  namoyondalari  ijodi  haqida 

ma’lumotga egaligi, jahon galeriyalari undagi asarlarni 

bilish darajasi, 

Mustaqillik  davri  milliy  tasviriy  va  amaliy  san’at 

ravnaqi haqida fikr bildira olishi. 

21 ball

 

3. 



Zamonaviy san’at turlari hamda davr rassomlariga oid 

tarixiy  sanalarni  aniq  belgilashi  haqida  ma’lumotga 

egaligi,  ma’lumotlarni  aniq  va  ravon  bayon  etishi  va 

mantiqiy 

uzviylikda 

fikrlay 


olish 

qobiliyati, 

San’atshinoslikka oid atamalarni qo’llay olishi. 

21 ball


 

 

1. Tasviriy  san’at  turlari  (rangtasvir,  grafika,  haykaltaroshlik,  amaliy  san’at, 

ularning o‘ziga xosligi va farqi) 

2. Tasviriy  san’at  janrlari  (tarixiy,  maishiy,  portret,  manzara,  natyurmort, 

animal, batal) 



3. Amaliy  san’at  turlari  (kulolchilik,  ganch  va  yog‘och  uymakorligi, 

naqqoshlik, zarduzlik, kashtachilik va boshqalar) 



4. Xorijiy g‘arb san’atining yirik vakillari  

-  Leonardo da Vinchi 

-  Rafael Santi 

-  Mikelandjelo 

-  Remrandt 

-  Titsian 

-  El Greko 


-  Albrext Dyurer 

-  P.Breygel 

-  Velaskes 

-  Vinsent Van Gog 

-  S.Dali 

-  P.Pikasso 

5. Rus san’atining yirik vakillari: 

-  K. Bryullov 

 

 

- V.Surikov 



-   V.Savrasov  

 

 



- V.Serov 

 

 



-  I. Kramskoy  

 

 



-A. Venetsianov    

 

-  I. Shishkin        



 

- P. Fedotov  

 

-   I. Levitan  



   

 

-V. Perov 



-  I. Repin   

 

 



- M.Vrubel 

6. O‘zbekiston san’atining yirik vakillari: 

-  Kamoliddin Behzod ijodi 

 

 

- I.Ikoromov 



-  A.Nikolaev (Usto Mumin)    

 

- R.Ahmedov 



-  P.Benkov  

 

 



 

 

- A.Volkov   



 

 

 



-   R.Choriev 

 

 



 

 

- M.Nabiyev 



 

 

 



-   J.Umarbekov   

                               - A.Abdullaev  

 

 

 



-   B.Jalolov 

                                         - O‘.Tansiqboev    

 

 

-   R.Xudoyberganov  



 

 

 



-  A.Nur  

 

 



-   A.Aliqulov 

 

 



 

 

 



-  Sh.Hasanova 

-  Ch.Axmarov 

I.Jabborov 



 

 

 



 

 

3. Ijodiy (Kasbiy) imtihonlarni o‘tkazish tartibi 

Mazkur 

bo‘limga 



kirish 

uchun 


abiturientlar 

quyidagi 

imtihonlarni  

topshiradilar: 

Tasviriy  va  amaliy  san'at    tarixi  fanidan  imtihon  og‘zaki  so‘rovdan  iboratdir. 

Yozma  ish  faqat  “Tasviriy  va  amaliy  san'at    tarixi”  fani  bo‘yicha  maxsus  maktab 

dasturlarida  mavjud  mavzulardan  kelib  chiqqan  holda  tuzilgan  savollardan  iborat. 

Tasviriy  san’ati  tarixi  fanlari  bo‘yicha  kirish  imtihonining  maqsadi  abiturientlarni 

mutahassiskik  fanidan  tayanch  bilimga  ega  ekanligi,  badiiy  asarlarni  anglay  olish 

tafakkuri,  ilmiy  tadqiqot  va  tanqidiy  faoliyatiga  bo‘lgan  kuzatuvini  aniqlashdan 

iborat. 

Yozma  ish  uchun  80  daqiqa  vaqt  beriladi.  Imtihonda  abiturientning  jahon  va 

O’zbekiston  tasviriy  va  amaliy  san’ati  tarixiga  oid  asosiy  bosqichlar,  tasviriy  va 

amaliy  san’at  ustalari  ijodi,  badiiy  asar  kompozitsiyasi  haqidagi  bilimlarini 

aniqlashga  qaratilgan  savollar  o’rin  olgan.  Ikkinchi  kuni  og‘zaki  imtihon  olib 

boriladi.  Abiturient  og‘zaki  suhbatda  tasviriy  va  amaliy  san’at  turlari,  jahon  va 

O’zbekiston tasviriy va amaliy san’ati tarixi fani bo‘yicha ma’lum bilimga ega bo‘lib, 

rassomlar  ijodini  ta’riflab  berishi  lozim.  Imtihon  savollari  dasturdan  olingan  3  ta 



savoldan  iboratdir. Dastur  matnida keltirilgan  yozma  ish va og‘zaki imtihon alohida 

baholanib, umumiy yakuniy baho bilan belgilanadi. 

Bu  ishlarni  baholash  quydagi  tartibda  amalga  oshiriladi  Tasviriy  va  amaliy 

san'at  tarixi  fanidan  og‘zaki  3  ta  savol,  yozma  ishga  3  ta  savol  beriladi  va  bu 

savollarga  sinov  o‘tkazuvchi  komissiya  az’olari  mazmuni,  mohiyatiga  qarab  

baholaydi. Yozma ishni yozishda savolning har bir  bandga eng yuqori 31 ball – 3 ta 

savol  to‘liq  va  ma’noli  yoritib  berilgan  bo’lsa  93  ball.  Og’zaki  imtihondagi 

savollarning    har  bir    savolga  eng  yuqori  21    ball  qo’yiladi  –  3  ta  savolga  to‘liq  va 

to‘g‘ri  javob  berilsa  63  ball.  Har  bir  mavzu  bo‘yicha  sinov  o‘tkazuvchi  komissiya 

az’olari  3nafarni  tashkil  etadi  va  ular  (mutaxassislik)  kafedralari  professor 

o‘qituvchilar tarkibidan jalb etiladi.  



4. Apellyatsiya tartibi. 

Abiturientlar  tomonidan  ijodiy  (kasbiy)  imtihon  natijalari  bo‘yicha  institut  

qabul  komissiyasining  apellyatsiyalar  bilan  ishlash  hay’atiga  natijalar  e’lon  qilingan 

kundan boshlab 24 soat davomida murojaat qilishlari mumkin. Murojaat mazmunida 

faqat  o‘zining  ijodiy  ishlari  va  ballari  haqida  bo‘lsa  qabul  qilinadi,  lekin  boshqa 

abiturientlar haqida yozilgan shikoyat arizalari qabul qilinmaydi. 

 

Asos: Vazirlar mahkamasining 2017 yil 20 iyundagi 393-sonli qarorining 1-

ilovasida  keltirilgan  “Oliy  ta’lim  muassasalarining  bakalavriatiga  talabalarni 

o’qishga qabul qilish tartibi to’g’risida”gi NIZOMI. 

 

 





Do'stlaringiz bilan baham:


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling