Dasturiy maxsulotlar va axborot texnologiyalari Texnologik parki


Mavzu:Windows operatsion tizimini kompyuterga o’rnatish usullari


Download 63.13 Kb.
bet2/8
Sana02.06.2024
Hajmi63.13 Kb.
#1837331
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Dasturiy maxsulotlar va axborot texnologiyalari Texnologik parki

2.Mavzu:Windows operatsion tizimini kompyuterga o’rnatish usullari.
Kompyuterdan to‘liq foydalanishdan oldin, unga operatsion tizim o‘rnatilishi kerak bo‘ladi. Operatsion tizimni bir marta o‘rnatib, uning qurilmalari haqida o‘ylamasdan va qo‘shimcha o‘rnatish va qayta o‘rnatishlar bilan shug‘ullanmasdan, unda yillab ishlash istagi hammada bor. Lekin afsuski Windows tizimi kamchiliklardan holi emas. Windows tizimidan o‘rtacha foydalanish muddati – tizimni keyingi qayta o‘rnatishgacha bo‘lgan vaqt taxminan bir yilni tashkil qiladi. Shuning uchun operatsion tizimni o‘rnatish yoki qayta o‘rnatishni bilish barcha foydalanuvchilar uchun kerak bo‘ladi.
Operatsion tizimni o‘rnatish usullari. Yangi kompyuterga operatsion tizimni «toza» qattiq diskka o‘rnatiladi. Quyida operatsion tizimni o‘rnatishning umumiylashtirilgan usullari keltirilgan.
«Toza» qattiq diskka o‘rnatish. Bu usuldan yangi kompyuterga o‘rnatish uchun yoki oldin to‘plangan ma’lumotlarni yo‘qotish bilan tizimni qaytadan o‘rnatish uchun foydalaniladi. Bu operatsiyani bajarishda yuklovchi disk talab etiladi.
Mavjud bo‘lgan Windows operatsion tizimi ustidan o‘rnatish. Bu turdagi o‘rnatish mavjud bo‘lgan ilovalarning ishlash xususiyatini saqlab qolish bilan tizimning yangilanishini ifodalaydi. Bu kompyuterni «tozalash» nomaqbul yoki sermashaqqat jarayon bo‘lganda optimal variant bo‘lib hisoblanadi. Bugungi kunda Windows oilasiga ko‘plab operatsion tizim va ularning turlari kiradi. Shu sababli tizimni bunday o‘rnatish har doim ham mumkin emas. Ba’zida bunday o‘rnatishni bajarish uchun qo‘shimcha shartlarga rioya qilish talab qilinadi.
Operatsion tizimni xuddi shu versiyasi ustiga o‘rnatish. Bu usul qiyin topiladigan xatolarni to‘g‘rilash va ishlash barqarorligini oshirish uchun xizmat qiladi. Bunday o‘rnatish davomida tizimli fayllarni va operatsion tizimning ichki aloqasini qayta tiklash mumkin. Ilovalarning ishlash xususiyati saqlanadi,
muammolar yo‘q bo‘ladi. Windows operatsion tizimini o‘rnatish jarayoni har qanday usulda ham deyarli bir xil. Birinchi bosqich – o‘rnatish ustasini (master ustanovki) tayyorlash va ishga tushirish. Bunda foydalanuvchi qatnashmaydi va joriy operatsion muhitning doirasida amalga oshiriladi.

Men bugun 8.00 da “Dasturiy maxsulotlar va axborot texnologiyalari Texnologik parki” MCHJ Surxondaryo IT-Park, Termiz shahar IT-markazda amaliyot o’tagani keldim. Amaliyot raxbarim Microsoft Word dasturi boyicha “KONSTRUKTOR” bo’limi haqida tushnchalar berdi va ushbu bo’imda vazifar bajardim.



Download 63.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling