Dasturlash tеxnologiyasining uskunaviy vositalari - yangi dasturlarni ishlab chikish jarayonida qo’llaniladigan maxsus dasturlar majmuasidan iborat vositalardir. Bu vositalar dasturchining uskunaviy vositalari bulib xizmat kiladi, ya'ni ular dasturlarni ishlab chiqish(shu jumladan, avtomatik ravishda ham), saqlash va joriy etishga moljallangan.
Uskunaviy dasturiy taʼminot - bu maʼlum bir vazifani bajaruvchi, dasturiy maxsulotlarni yaratuvchi taʼminotdir. Yaʼni, dasturlash tillari, kompilyator, interpretator, debaggerk va boshqalar.
Dasturlash tillari. Dasturlash - kompyuterlar va boshqa mikroprosersorli elektron mashinalar uchun dasturlar tuzish, sinash va oʼzgartirish jarayonidan iborat. Odatda dasturlash yuqori saviyali dasturlash tillari (Delphi, Java, C++, Python) vositasida amalga oshiriladi. Bu dasturlash tillarining semantikasi odam tiliga yaqinligi tufayli dastur tuzish jarayoni ancha oson kechadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |