Dasturiy ta’minot ishlab chiqishning hayotiy sikli modellari. Atdt assistenti Raxmonova M. R

Download 39.72 Kb.
bet5/17
Sana17.08.2023
Hajmi39.72 Kb.
#1667840
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
Dasturiy injiniringning asosiy tushunchalari-kompy.info

Sharshara modelining muhim varianti tizimni rasmiy ishlab chiqish bo'lib, unda tizim spetsifikatsiyasining matematik modeli yaratiladi. Keyinchalik, ushbu model izchillikni saqlaydigan matematik ifodalar yordamida bajariladigan kodga aylantiriladi. Rasmiy ishlab chiqish jarayonlari, masalan, B usuli (Abrial 2005, 2010) asosan kuchli himoyalanganlik, ishonchlilik yoki xavfsizlik talablariga ega bo'lgan dasturiy ta'minot tizimlarini ishlab chiqishda qo'llaniladi. Rasmiy yondashuv himoyalanganlik yoki xavfsizlik ishini ishlab chiqarishni soddalashtiradi. Bu mijozlar yoki tartibga soluvchilarga tizim haqiqatan ham xavfsizlik yoki himoyalanganlik talablariga javob berishini ko'rsatadi. Biroq, rasmiy spetsifikatsiyani ishlab chiqishning yuqori xarajatlari tufayli, ushbu ishlab chiqish modeli juda muhim tizim injiniringidan tashqari boshqa hollarda kamdan-kam qo'llaniladi.

Incremental ishlab chiqish

Incremental ishlab chiqish - boshlang‘ich versiyasini ishlab chiqish, foydalanuvchilar va boshqalarning fikr-mulohazalarini inobatga olish va kerakli tizim ishlab chiqilgungacha bo’lgan davrda dasturiy ta’minotni bir necha versiyalar orqali rivojlantirish g‘oyasiga asoslanadi. Spetsifikatsiya, ishlab chiqish va tasdiqlash faoliyati alohida emas, balki bir-biriga bog'langan va tezkor teskari aloqaga ega bo’lgan faoliyatlardan iborat.

Amaliy tizimlar va dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqishda eng keng tarqalgan yondashuvlardan biri bu bosqichma-bosqich rivojlanish (Incremental ishlab chiqish) hisoblanadi. Ushbu yondashuv rejaga asoslangan, tezkor yoki ushbu yondashuvlarning aralashmasi bo'lishi mumkin. Rejaga asoslangan yondashuvda tizim rivojlanish darajalari oldindan aniqlanadi; agar tezkor yondashuv qo'llanilsa, dastlabki rivojlanishlar aniqlanadi, ammo keyingi bosqichlarning rivojlanishi biznes-tizimlari va mijozlar ustuvorligiga bog'liq.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling