Dasturiy vositalar va ularning tasnifi, pedagogik dasturiy vositalar
PDTIar asosida ta'limni kompyuterlashtirishning qator afzalliklari
Download 92.85 Kb. Pdf ko'rish
|
1-maruza
PDTIar asosida ta'limni kompyuterlashtirishning qator afzalliklari.
L.A.Kuznetsov o'zining doktorlik dissertatsiyasida: «Informatika kursini o'qitish uslubiyotini takomillashtirishdagi muhim yo'nalishlardan biri bu o'quv predmeti bo'yicha yaxlit o'quv-uslubiy majmua (O'UM) ni yaratish hisoblanadi. Informatika kursi bo'yicha O'UMning alohida xususiyati shundaki, u o'z ichiga faqat darslik va uslubiy qo'llanmalar, o'qish uchun kitoblar tizimini emas. Shuningdek, PDTIami qo'llash bo'yicha uslubiy qo'IIanmalami va nihoyat, PDTlarning o'zini ham qamrab oladi», - deb yozadi. Sobiq ittifoqda ta'lim tizimini avtomatlashtirishga ilk bor akademiklar A.1.Berg va V.M.Glushkov o'qitishning texnik vositalari va kompyuterlar yordamida dasturlashtirilgan ta'limni o'rganishga, maxsus uskunaviy vositalarga asoslangan PDTlarni asoslashga kirishib, kompyuter vositasida ta'limni avtomatlashtirish muammosini q o'ygan olimlar hisoblanadi. Ta'limni kompyuterlashtirish muammosi pedagogika fanida taxminan yarim asr oldin pavdo bo'lgan zamonaviy yo'nalish hisoblanadi. Unga bag'ishlangan adabiyotlar yildan yilga jadal sur'atlar bilan k o'payib bormoqda. Fransiyada 1987 yilda informatika bo'yicha yangi milliy reja qabul qilingan va rejaning asosiy yo'nalishi yuqori sifatli PDTlarni yaratish, bu muammoni ilmiy hal qilishning yangi imkoniyatlarini izlab topishdan iborat deb belgilangan. Shu jumladan. AQSH, Angliya, Germaniya, Yaponiya. Kanada. Avstraliya, Janubiy Koreya. Rossiyada shu yo'nalishdagi psixologik, pedagogik.didaktik. uslubiy, texnik va texnologik izlanishlar keng ko'lamda olib borilmoqda. Olimlarning monografik asarlarini tahlil qilish asosida PDTlar xususidagi fikrlariga qisqacha to'xtalib o'tamiz.O'qituvchi va PDTlar haqida gapiradigan bo'lsak. F.Amari o'qituvchilar PDTdan foydalanuvchi emas, balki ularning yaratuvchisi bo'lishi lozimligini taklif qilgan.U: «Bu bilan o'qituvchi o'zining o'qitish g'oyasini dasturda shakllantirishi. uni tahlil qilish, qo'llash va baholash orqali takomillashtirishi mumkin», - deydi. O'qituvchining dars berishi o'quvchilarning ham mustaqil o'rganishi bevosita suhbatlar asosida o'rganish nazarda tutilgan PDTlarni etriadis va boshqalar ma'qullagan. Tahlildan ko'rinadiki, kompyuterli ta'limning markaziy muammosi sifatida mukammal PDTlarining ilmiy asoslangan tizimini yaratish qaralishi lozim. I.Robertning yozishicha, sifatli PDTIar asosida ta'limni kompyuterlashtirishning qator afzalliklari mavjud: -o'quvchilarning interfaol holatda ishlashlari ta'minlanadi; - foydalanuvchi va kompyuter o'rtasida uzluksiz teskari aloqa o'rnatiladi; - o'rganilayotgan hodisalarni vizuallashtirishda model, grafik, chizma. jadvallardan unumli foydalaniladi; -ekranda tasvirlanayotgan hodisalarni boshqarish osonlashadi; -tahlil qilinayotgan narsa-hodisalar to'g'risida ma'lumotlarni qayd qilish.saqlash. qayta ishlash imkoniyatlari paydo bo'ladi; -ta'lim jarayonini yakkama-yakkalashtirish yaxshilanadi; -ta'limni tabaqalash uehun shart-sharoit yaratiladi; -o'quvchilar o'zlashtirishini uzluksiz nazorat qilish imkoniyatlari oshadi; - axborotlarni markaziy ma'lumotlar omborida saqlash va ulardan foydalanishning qulay yo`llari zudlik bilan tanlanadi; - axborotlarni qayta ishlov berish jarayoni avtomatlashtiriladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling