Dasturlash / Ma ’ lumotlar bazalari


Dasturning kengayish qobiliyati


Download 0.95 Mb.
bet33/59
Sana22.02.2023
Hajmi0.95 Mb.
#1220792
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   59
Bog'liq
2. 1 Dasturiy ta’minot ishlab chiqish masalasining qo‘yilishi 6

Dasturning kengayish qobiliyati deganda shuni tushunish kerak-ki, dasturiy ta’minotdagi o‘zgarishlar oddiy maqsadga qaratilgan holda va imkoni boricha nomaqul qo‘shimcha ta’sirlarsiz o‘tkazilishi mumkin. Dasturning kengayish qobiliyatiga komplekslilik (murakkablik) sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatadi. Dasturning, modulning yoki sinfning o‘lchami kattalashib borishi bilan o‘zgarishlar borgan sari murakkab bo‘la boradi.
Dasturiy ta’minotning katta tizimi ko‘pincha ulkan, lekin nozik konstruktsiyaga o‘xshaydi, undan bitta g‘ishtni ham butun san’at asarini yakson qilmasdan olib bo‘lmaydi”.
Bundan dasturning kengayish qobiliyatini yaxshilash uchun konstruksiya qurishning faqat ikkita tamoyilini keltirib chiqarish mumkin:
Oddiy arxitekturalar yaratish:
Sodda tuzilmada dasturlar murakkab tuzilmalardagiga nisbatan aralashuvni engilroq amalga oshiradi
Modullarning keng echimi
Modullarning boshqa modullar bilan birlashuvi murakkablikni oshiradi. Biron-bir modulning o‘zgarishi boshqa modullarga moslashishni talab qiladi. Bu xatolarga olib kelishi mumkin va bundan imkoni boricha modulning avtonom tuzilishi yordamida qochish kerak.

“Kapsulyatsiya” va “polimorfizm” konseptsiyasi tufayli ob’ektga mo‘ljallangan dasturlash dasturning kengayishiga yuqori qobiliyatni ta’minlash uchun eng yaxshi shart-sharoitlarni kasb etadi. Kuchli modullashni (protseduraga oid dasturlash) har doim yaxshi dastur kodinig sifat belgisidir.


Testlashning yaxshi imkoniyati dasturni bajarishning aniqligini ko‘zda tutadi. Dasturni aniq bajarish tufayli xatolarni cheklash osonroq. Testlash imkoniyati asosan strukturalash moduliga va strukturalash darajasiga bog‘liq bo‘ladi (mas. sinflar va protseduralarni strukturalash).
Моdul tuzilmalari mustaqil ishlovchi qismlar bilan alohida qismlarning xatosiz ish predmetiga tekshiruvini engillashtiradi. Ob’ektga mo‘ljallangan tizimlar kapsulyasiyalar va ularning yuksak modulli tuzilmalari sababli testlash imkoniyatini ta’minlash uchun ayniqsa qo‘l keladi.
Tushunarlilik, dasturning kengayishiga qodirlik va testlash imkoniyati foydalanuvchiga qulay dasturiy kodning asosiy sifat belgialaridir. Dasturchi strukturalashtirlgan dasturlash qoidalariga rioya qilishi, izoh satrlarida dasturning o‘z boshlang‘ich kodini yaxshi xujjatlashtirishi va yuqori modulli tuzilimali o‘z dasturini ishlab chiqishi kerak.

Download 0.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling