Dasturlash asoslari fanidan yakuniy nazorat savollari Nazariy savol


Download 137.46 Kb.
Pdf ko'rish
Sana18.02.2023
Hajmi137.46 Kb.
#1211868
Bog'liq
Yakuniy nazorat savollari



DASTURLASH ASOSLARI 
fanidan yakuniy nazorat savollari 
1.Nazariy savol 
1.Algoritm tushunchasi. 
2.Algoritmning xossalari. 
3.Algoritmning turlari. 
4.Algoritmning tasvirlash usullari. 
5.C# dasturlash tilining sintaksisi. 
6.C# dasturlash tilining alfaviti. 
7.C# tilining asosiy operatorlari. 
8.C# tilida o‘tish operatorlari. 
9.Shartli o‘tish operatorlari. 
10.Ichma-ich shart operatorlari. 
11.Switch operatori. 
12.for sikl operatori.
13.while sikl operatori. 
14.do .. while sikl operatori.
15.forech sikl operatori. 
16.String sinfining metodlari. 
17.Berilgan masalani kоmpyutеrda yechish bоsqichlari. 
18.Blоk-sхеma blоklarini ishlatilishi. 
19.Algoritmning diskretlilik xossasi. 
20.Algoritmning tushunarlilik xossasi. 
21.Algoritmning aniqlik xossasi. 
22.Algoritmning ommaviylik xossasi. 
23.Algoritmning natijaviylik xossasi. 
24.Chiziqli algoritmlarni blok sxema ko`rinishida ifodalanishi. 
25.Tarmoqlanuvchi algoritmlarni blok sxema ko`rinishida ifodalanishi. 
26.Takrorlanuvchi algoritmlarni blok sxema ko`rinishida ifodalanishi. 
27.Bir o‘lchovli massivlar. 
28.Ikki o‘lchovli massivlar. 
2.Berilgan misolni dasturini tuzing 
1.Kvadratning tomoni a berilgan .Uning perimetri aniqlansin. 
2.To‘g‘ri to‘rtburchakning a va b katetlari berilgan bo‘lsa uning gipatenuzasi va 
perimetri aniqlansin. 
3.A, B va C sonlar berilgan. A ning qiymatini B ga, B ning qiymatini C ga, C ning 
qiymatini A ga almashtirilsin. A, B va C sonlarning va yangi qiymati ekranga 
chiqarilsin. 
4. x ning qiymati berilganda, 6 3 y 

4*(x 

3) 

7 *(x 

3) +2 y ning qiymati 
aniqlansin. 
5. Uzunlik L santimetrda berilgan.Undagi to‘liq metrlar sonini aniqlovchi dastur 
tuzilsin. 


6. A va B (A>B) musbat sonlar berilgan.A kesmada B kesmani nechta marta 
joylashtirish mumkin. A kesmada B kesmani joylashmagan qismini aniqlovchi dastur 
tuzilsin. 
7. Uch xonali son berilgan. Uning chapdan birinchi raqamini o‘chirib, o‘ng tarafiga 
yozishdan hosil bo‘lgan sonni aniqlovchi dastur tuzilsin. 
8. A butun son berilgan.Jumlani rostlikka tekshiring:” A musbat son”. 
9. A, B va C butun sonlar berilgan. Jumlani rostlikka tekshiring:”A<=B<=C” 
10. Uch xonali son berilgan. Jumlani rostlikka tekshiring: “Ushbu sonning raqamlari 
ketma-ket o‘suvchi bo‘lib joylashgan”. 
11. x, y sonlar berilgan. Jumlani rostlikka tekshiring: “Koordinatalari (x,y) bo‘lgan 
nuqta koordinata tekisligining ikkinchi yoki uchinchi choragida yotadi”. 
12. Shaxmat doskasining ikkita turli (x,y) ,(x1,x2) koordinatalari berilgan(1-8 oraliqda 
yotuvchi butun sonlar). Jumlani rostlikka tekshiring: “Berilgan maydonlar bir xil 
rangda”. 
13. Uchta butun son berilgan. Shu sonlar orasidan nechta musbat son borligini 
aniqlovchi dastur tuzilsin. 
14. 1-999 oraliqda bo‘lgan sonlar berilgan. Berilgan sonni “ ikki xonali juft son”, “ uch 
xonali toq son” va h.k. ekranga yozadigan dastur tuzing. 
15. 1-7 gacha bo‘lgan butun sonlar berilgan.Kiritilgan songa mos hafta kunlarini 
so‘zlarda ifodalovchi dastur tuzing. 
16. Sharq kalendarida 60 yillik davr qabul qilingan. Yil muchali 5 ta rang (yashil, qizil, 
sariq, oq va qora ) va 12 ta hayvon (sichqon, sigir, yo‘lbars, quyon, ajdar, ilon, ot, qo‘y, 
maymun, tovuq, it, to‘ng‘iz) nomlarining kombinatsiyasidan kelib chiqadi.Yilning 
raqamiga qarab uning muchalini aniqlovchi dastur tuzing. 1984-yil davr boshi “Yashil 
sichqon yili ”. 
17. Ikkita burj vaqtlarini aniqlovchi butun son berilgan: D(kun), M(oy). Berilgan sana 
qaysi burjga kirishini aniqlovchi dastur tuzing. 
18. A ,B haqiqiy va amal butun soni berilgan.A va B son sonlari ustida arifmetik 
amallar bajaruvchi dastur tuzing.Bunda 1-qo‘shish, 2-ayirish, 3- bo‘lish, 4- ko‘paytirish. 
19. k va n (n>0) butun soni berilgan. k sonini n marta chiqaruvchi dastur tuzing. 
20. n (n>0) butun soni berilgan. Shu sonni kvadratini quyidagi formula asosida 
hisoblovchi dastur tuzing. n
2
=1+3+…+(2n-1) 
21. n (n>0) butun soni berilgan. Bir sikldan foydalanib quyidagi yig‘indini hisoblovchi 
dastur tuzing. 1!

2!

... 

n! 
22. A va B musbat sonlar berilgan. Shu ikki sonning EKUBini toping. 
23. A va B musbat sonlar berilgan. Shu ikki sonning EKUKini toping. 
24. A va B (A>B) musbat sonlar berilgan. A uzunlikdagi kesmada maksimal darajada B 
kesma joylashtiring. A kesmaning bo‘sh qolgan qismini aniqlovchi dastur tuzing. Bunda 
ko‘paytirish va bo‘lish amallarini ishlatmang. 
25. 2 sonini qandaydir darajasini bildiruvchi n (n>0) butun soni berilgan. n 

2
k
k ni 
ifodalovchi dastur tuzing. 
26. N>0 musbat soni berilgan n sonigacha bo’lgan sonlar ichida 5 soniga karralilarini 
chop qilmaydigan dastur tuzing. 
27. n>0 soni berilgan. Shu sonning tub yoki murakkab son ekanligini aniqlang. 


28. n natural soni berilgan. 2 sonini dastlabki n ta darajasidan tashkil topgan massivni 
hosil qiling va elementlarini chiqaring. (1, 2, 4, 8,...) 
29. n ta elementdan tashkil topgan massiv berilgan. Uning elementlarini teskari tartibda 
chiqaruvchi dastur tuzing. 
30. n ta elementdan tashkil topgan massiv berilgan. Massiv elementlari orasidan 
toqlarini indekslari o’sish tartibida chiqaruvchi va ularni sonini aniqlovchi dastur tuzing 
31. MxN o’lchamdagi matritsa va K butun son berilgan(1 ≤ K ≤ N). K- ustundagi 
matritsa elementlarini yig’indisini va ko’paytmasini hisoblang. 
32. MxN o’lchamdagi matritsa va K butun son berilgan(1 ≤ K ≤ N). K- satrdagi matritsa 
elementlarini yig’indisini va ko’paytmasini hisoblang. 
33. Satr berilgan. Satrni o’z ichiga olgan raqamlar sonini toping. 
34. Satr berilgan. Barcha kichik harflarni(lotincha ham ruscha ham) katta harflarga
katta harflarni kichik harflarga almashtiruvchi dastur tuzing. 
3. 2-misolni yechish algoritmini blok sxemasini tuzing. 

Download 137.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling