Dasturlash bilan shug'ullanishdan oldin nimalarni bilish kerak?


Download 99.04 Kb.
Pdf ko'rish
Sana30.11.2020
Hajmi99.04 Kb.
#156012
Bog'liq
dasturlash bilan shugullanishdan oldin nimalarni bilish kerak


DASTURLASH BILAN SHUG'ULLANISHDAN OLDIN NIMALARNI BILISH KERAK? 

M.Botirov** - Qo'qon DPI 

Dasturlashga bo'lgan qiziqish tobora ortib bormoqda. Bu kompyuter texnologiyasining 

kun say in rivojlanib borishi bilan bog'liqdir. Ayniqsa vizual dasturlash texnologiyalaridan 

foydalanib  dasturlar  yaratish  kompyuter  texnologiyalarining  rivojlanishiga  katta  ta'sir 

etmoqda. 

Qaysi  dasturlash  tilinidan  foydalangan  bo'lar  edingiz  va  dasturlash  bilan 

shug'ullanishdan oldin nimalarni bilish kerak? 

Elektron  hisoblash  mashinalarining  yaratilishi  va  ularning  keskin  rivojlanib  borishi 

inson ongining imkoniyatlarini to'ldiribgina qolmay, uning turli-tuman ma'lumotlarni tahlil 

qilish  va  o'zining  ish  faoliyatida  uchrovchi  masalalar  yechimini  qabul  qilish  tezligini  ham 

jadal sur'atda oshiradi. 

Inson  yashaydigan  dunyo  turli  moddiy  va  nomoddiy  ob'ektlar,  shuningdek,  ular 

o'rtasidagi o'zaro ta'sirlardan, ya'ni jarayonlardan tashki! topgan. Istalgan hayotiy biologik, 

matematik  yoki  fizik  va  hokazo  masala  shartlarini  ifoda  qilish  dastlabki  ma'lumotlar  va 

fikrlarni tasvirlashdan boshlanadi va ular qat'iy ta'riflangan biologik, matematik yoki fizik va 

hokazo  tushunchalar  tilida  bayon  qilinadi.  So'ngra  masalani  yechishning  maqsadi,  ya'ni 

masalani  yechish  natijasida  ayni  nimani  yoki  nimalarni  aniqlash  zarurligi  kursatiladi. 

Masalani  o'rganish  uning  matematik  (biologik  yoki  fizik)  modelini  tuzishdan  boshlanadi, 

ya'ni uning o'ziga xos asosiy xususiyatlari ajratiladi va ular o'rtasidagi matematik munosabat 

o'rnatiladi. Qaysi dasturlash tillaridan foydalangan maqul deganda: 

• obyektga  yo'naltirilgan  dasturlash  tillari:  Delphi,  C++,  Java,  C#  (S  sharp),  PHP 

(Personal home page); 

• dasturlash vositalari bilan ishlash uchun: C/C++, Java, C# (C sharp), Delphi, Visual 

basic, Turbo Paskal; 

• Web ilovalari bilan ishlash uchun: HTML, CSS, JavaScript (JQuery), PHP (Personal 

Home Page), ASP.NET (Active Server Page .NET), JSP (Java Server Page); 

• ma'lumotlar  ba'zasini  boshqarish  tizimlari  bilan  ishlash  uchun:  MySQL,  MS  SQL, 

Oracle, PostgreSQL, SQLLite; 

• mobil qurilalar  uchun  dasturiy  vositalar  bilan  ishlash:  Android  uchun  Java, qisman 

C/C++; BlackBerry uchun Java; IOS SDK uchun Objective — C, Objective Paskal; Java ME 

uchun Java. 

Yuqorida keltirilganlardan bittasiga to'xtalsak. Dasturlash mutaxassisiga hozirgi kunda 

talab juda katta ekanini bilasiz. Windows tizimi uchun dastur 

tuzishda, Delphi eng tezkor vositalardan bin. embarcadero RAD Studio - Microsoft Windows 

uchun tezkor dastur tuzish vositasi. Oxirgi versiyasi: embarcadero RAD Studio 2010, Delphi 

2010  va  C++  Builder  2010  ni  bir  integrallashgan  muhitda  birlashtirgan.  NET,  WinForms, 

WPF, ADO.NET, ASP.NET va LINQ texnologiyalari bilan ham ishlash mumkin. 2006 yil 8 

fevralda  Borland  firmasi  dasturiy  vositalarni  ishlab  chiqarishni  tugatmoqchi  ekanini,  bu 

bo'limni  -sotish  niyatida  ekanini  e'lon  qildi.  2006  yil  noyabrda  Borland  firmasi  dasturiy 

vositalar  bilan  ishlash  bo'limlarning  barchasi  o'zining  qaramog'idagi  bo'lgan  CodeGear 

firmasiga o'tganligini e'lon qildi. 2007 yil martda CodeGear RAD Studio 2007 chiqarildi. 2008 

yil  1  iyunda  CodeGear  firmasi  embarcadero  Technologies  firmasi  tomonidan  sotib  olindi. 


Delphi va C++ Builder ning keyingi versiyalari embarcadero Technologies firmasi tomonidan 

ishlab  chiqilmoqda.  Umuman  olganda  Delphi  7  ning  o'zida  Windows  uchun  har  qanday 

dasturni tuzish mumkin. SHuning uchun Delphining keyingi versiyalarida asosiy urg'u NET 

va boshqa texnologiyalarga qaratilgan. 

Dasturchilarga  qo'yiladidan  talablar.  Tushuntirish  izohlariga  ega  bo'lgan  dasturlarni 

to'g'rilash  yoki  tuzatish  osonroq,  chunki  ular  dastur  bilan  ishlash  uchun  qo'shimcha 

ma'lumotlarni  jamlaydi.  Dastur  tuzuvchi  ko'pincha  boshqa  tuzuvchining  dasturini  ko'rib 

chiqayotgan vaqtda, xatolarni tuzatishda yoki dastur mantiqni kuzatayotgan vaqtda juda ko'p 

vaqt sarflaydi. Bu holatda u o'zining me'yorlangan vaqtini juda katta qismnini sarflab qo'yadi. 

Izohlanmagan  dastur  -  bu  taxminimizcha  dastur  tuzuvchining  eng  katta  xatosidir.  Dastur 

yozish jarayonida izoh berish yaxshi qoidadir. Buni hamma dasturchilar hisobga oladilar. Izoh 

yozishning asosiy maqsadi har bir kishi dasturdagi izohni o'qiyotib, shu dastur haqida ko'proq 

tushunchaga ega bo'ladi. Dastur tugagandan key in izoh berish foydasiz va ma'nosizdir. Izoh 

berishning 3 ta shakli bor: kiritishda, mundarija, tushuntirishda. 

Kiritish  izohlari.  Har  bir  dastur,  kichik  dastur  va  jarayonlar  nima  vazifani  bajarishi 

haqidagi izohlardan boshlanadi va ular quyidagilardan iborat bo'ladi: 

1. Dasturdan maqsad. 

2.  Dasturni chaqirish va undan foydalanish haqidagi ko'rsatkichlar. 

3. Asosiy massiv va o'zgartirgichlarning ro'yhati va vazifasi. 

4.  Kiritish-chiqarish haqidagi kursatkichlar. hamma fayllar ro'yhati. 

5. Foydalanilayotgan barcha qism dasturlar ro'yhati. 

6. Foydalanilgan  matematik  metodlar  va  ular  haqidagi  ma'lumotgalar  mavjud  bo'lgan 

adabiyotlar ro'yhati. 

7.  Dasturni bajarilgan vaqti haqida ma'lumot. 

8. Kerak bo'lgan xotira hajmi. 

9.  Operatorga maxsus ko'rsatmalar. 

10. Muallif haqida ma'lumot. 

11. Dastur yozilgan sana. 

Mundarij. Agar dastur katta hajmga ega bo'lsa, uning boshiga izoh shaklida mundarija 

qo'yish  maqsadga  muvofiqdir.  Mundarija  o'z  ichiga  dastur  modulining  nomini,  joyini  va 

funksiyasini jamlaydi. 

Tushuntirsh  izohlari.  Dasturning  izohlarsiz  tushunib  bo'lmaydigan  qismlarga 

tushuntirish  izohlari  beriladi.  Dasturning  mantnini  tushunishdan  oldin  sonlar  yoki  shartli 

operatorlardan ilgari ular haqidagi ko'rsatmalardan iborat izohlar chiqib turishi kerak. YUqori 

pog'onada  yozilgan  10  ta  qatorga  1  ta  izohlash  qatori  o'rtacha  me'yor  hisoblanadi.  Izohlar 

operatorlar yaratayotgan harakatlarni ta'riflamay, shu operator guruhlari operatorlarini aytib 

o'tish kerak. Izoh dasturi boshqacha ifodalanmasligi va ma'lum bir kerakli ma'lumotlarga ega 

bo'lishi kerak. Izohlar turli bo'lib, dastur o'zgarganda o'zgaruvchan bo'lishi kerak. Dasturdagi 

noto'g'ri izohlar ularni yo'qligiga nisbatan ancha yomonroqdir. 

Qatorlarni  tashlab  ketish.  Bunda  dastur  qismlarini  ajratib  olishimiz  mumkin  bo'ladi. 

Dasturdagi alohida bo'laklarni aniq topilishini yengillashtirish. 

Oraliq (probel). Dasturlash tilida oraliqlar ixtiyoriy ravishda qo'yiladi. Oraliqlardan keng 

foydalanish dasturni o'qishni osonlashtiradi. 


Tenglashtirish  va  ketma-ketlikni belgilash.  Dasturning  ketma-ketligini  belgilashda  biz 

undagi operatorlarni ketma-ketligi tartiblarida sodir bo'ladigan xatoliklardan forig' bo'lamiz. 

Dasturni  boshlang'ich  qismidan  belgilab  borishda,  bizga  uni  tekshirishimizda  va 

sozlashimizda  katta  yordam  beradi.  CHunki  tartib  belgi  yoki  sonlar  bizga  katta  dasturda 

kerakli qatorlarni aniqlashimizda yordam beradi. 

O'zgaruvchilarga  nom  tanlash.  O'zgaruvchilarni  nomini  shunday  tanlash  kerakki,  bu 

qismda  o'zgaruvchilarni  kattaliklari  yaqqol  bilinib  turishi  kerak.  Dasturni  o'qishi  oson 

kechishi uchun ismni turini tanlashga ham bog'liq bo'ladi. 

Fayllar  nomi.  Har  xil  dasturdagi  bir  xil  fayllarga  bir  xil  nom  berilishi  shu  dasturlami 

o'zaro solishtirish jarayonlarini osonlashtiradi. 

Standart  qisqartirishlar.  Dasturni  ishlab  chiqishda  standart  qisqartirishlarni  kiritish 

shartdir.  CHunki  bular  begona  shaxslarni  dasturingizni  o'qishini  osonlashtiradi.  Standart 

qisqartirishlar dasturchiga kerak bo'lganda eski dasturlami yangisini yozishga yordamlashadi. 

Keyingi satrga ko'chirish. Agar siz yozayotgan qatorga biror-bir so'z sig'may qolsa, uni 

keyingi  qatordan  boshlashingizga  to'g'ri  keladi.  Albatta  ko'chirishga  ruxsat  etiladi.  Lekin  u 

dasturni o'qishni va undan foydalanishni qiyinlashtiradi. 

Operatorlarni  joylashtirish.  Bir  xilgi  dasturlarda  bitta  qatorga  bir  necha  operatorlarni 

joylashtirish  mumkin.  Lekin  bu  usul  noqulay:  dasturni  o'qish  va  paragraflarga  bo'lishni 

qiyinlashtiradi. YAna bir sabablardan biri shundaki, dasturdagi xato haqida xabar olinganda 

xatoni tuzatishda noqulayliklar vujudga keladi. 

Alfavit bo'yicha ro'yhatni tartiblash. Dasturlash tilida juda ko'p o'zgaruvchilar qatnashadi 

va ularni ismi bo'yicha aniqlash tuzuvchining o'ziga bog'liqdir. SHuning uchun tuzuvchining 

ishini'osonlashtirish uchun ro'yhatlar tuziladi va ro'yhatlar 2 ta turga bo'linadi: 

1. O'zgaruvchilar turida e'lon qilingan o'zgaruvchilar nomi ro'yhati. 

2.  Jarayon parametrlarining ro'yhati. 

Qavslar.  Asosiy  qoidalardan  biron  -  gumonli  joylarda  qavs  qo'ying.  Bu  esa  dasturni 

tushunarli qilib, xato qilishni oldini oladi. 

Agar dasturchi tuzayotgan dasturini biror-bir boshqa dasturchi yoki kishini o'qishini 

bilsa, u dasturni kodlashdagi fikri keskin o'zgaradi. U dasturni bo'limlarga bo'lib, izohlar bilan 

to'ldiradi. Natijada dastur aniq va tushunarli bo'ladi. 

Bir xilgi loyihalarda dasturni oddiyligini ta'minlovchi metod dasturni nazaorat qiluvchi 

sistemadan foydalaniladi. Bu sistemada dastur loyihalanayotgan paytda kamida 2 ta 

dasturchidan foydalaniladi. Birinchisi dastur tuzsa, ikkinchisi shu dasturni tuzish uchun ko'rib, 

o'qib chiqadi. Bu sistemaning 2 ta yutug'i bor. Birinchidan, u oddiy va tushunarli dastur ishlab 

chiqishni ta'minlaydi. Ikkinchidan, birinchi dasturchi loyihani tugata olmasa, ikkinchi 

dasturchi uni tugatib qo'yadi. 

Bo'limlarning nomini tanlash. Bo'iimlarning nomi shu bo'limning maqsadini bildirib 

turishi kerak. Bundan tashqari bo'limlardan foydalanishda izohlarga qulay joy ajratib beriladi. 

Har bir bo'limning boshida shu bo'lim haqida izoh joylashtirish kerak. 

Usullarni standartlash. Albatta biz juda ko'p joylarda va jarayonlarda standartlarga 

asosan ish olib boramiz. Lekin dasturlash usullarida bunga qarshi bir necha fikrlar aytilgan. 

Dasturlash usuli - bu shaxsiy fikr va didga bog'liqdir. SHuning uchun unga hech qanday 

chegaralanishlar qo'yilmasligi kerak. Agar biror-bir narsani yaratishda bir necha usul mavjud 


bo'lib, tanlash sizga bog'liq bo'lsa, unda siz bitta usulni tanlab, oxirigacha shu usuldan 

foydalaning. Misol uchun. Delphi tizimini ishga tushirib Standart komponentalar palitrasidan 

Button, edit, Memo, MainMenu komponentalaridan foydalangan holda quyidagi oddiy ikkilik 

va o'nlik sanoq sistemasi bilan ishlash dasturi tuzib ko'ring. 



 

 

Download 99.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling