Dasturlash I” fanidan 5-mustaqil ishlarni bajarish uchun topshiriqlar Quyidagi jumlalarga qisqacha izoh bering


Download 54.5 Kb.
Sana25.01.2023
Hajmi54.5 Kb.
#1119151
Bog'liq
Topshiriq 5


Dasturlash I” fanidan 5-mustaqil ishlarni bajarish uchun topshiriqlar


1. Quyidagi jumlalarga qisqacha izoh bering:

1.1. Inkapsulyatsiya


1.2. Polimorfizm
1.3. Shablonlar


2. Test savollariga javob bering.



  1. a deb nomlangan massivning uchinchi elementiga murojaat qanday ko`rinishda bo`ladi?

A. a[2]
B. a(2)
C. a[3]
D. a(3)

  1. Quyidagilarning qaysi biri noto`g`ri?

A. int a[2];
B. int a[];
C. int a = new int[2];
D. B va C javoblar

  1. Agar siz massivni double list[] = {3.4, 2.0, 3.5, 5.5} ko`rinishda e’lon qilsangiz, list[1] ____ ga teng bo`ladi.

A. 3.4
B. 2.0
C. 3.5
D. 5.5
E. aniqlanmagan

  1. Agar siz massivni double list[] = {3.4, 2.0, 3.5, 5.5} ko`rinishda e’lon qilsangiz, eng yuqori indeksi ____ga teng bo`ladi.

A. 0
B. 1
C. 2
D. 3
E. 4

  1. double list[5] massivida nechta element mavjud?

A. 4
B. 5
C. 6
D. 0

  1. numbers[99] uchun to`g`ri iborani ko`rsating.

A. indeks
B. indeks o`zgaruvchi
C. indekslangan o`zgaruvchi
D. massiv o`zgaruvchisi
E. massiv

  1. Quyidagi kodni tahlil qiling:

#include 
using namespace std;

int main()


{
int x[3];
cout << "x[0] is " << x[0];

return 0;


}
A. Dasturda kompilyatsion xatolik mavjud. Chunki, massivni e’lon qilishda uning hajmi ko`rsatilmagan
B. Dasturda bajarilishdagi xatolik mavjud. Chunki, massiv elementlari yuklanmagan
C. Dastur yaxshi ishlaydi va x[0] is 0 ni ekranga chiqaradi.
D. Dasturda bajarilishdagi xatolik mavjud. Chunki, massivning x[0] - elementi aniqlanmagan
E. x[0] ixtiyoriy qiymatga ega.

  1. Quyidagi kodning bajarilishi natijasida ekranga nima chiqariladi?

double myList[] = {1, 5, 5, 5, 5, 1};
double max = myList[0];
int indexOfMax = 0;
for (int i = 1; i < 6; i++) 
{
if (myList[i] > max)
{
max = myList[i];
indexOfMax = i;
}
}
cout << indexOfMax << endl;
A. 0
B. 1
C. 2
D. 3
E. 4

  1. Massiv funksiyaga yuborilganda, funksiyadagi massiv parametrlarga __________ yuboriladi.

A. massiv nusxasi
B. birinchi element nusxasi
C. massiv manzili
D. massiv uzunligi

  1. Quyidagi kodni tahlil qiling:

#include 
using namespace std;

void reverse(const int list[], const int size, int newList[])


{
for (int i = 0; i < size; i++)
newList[i] = list[size - 1 - i];
}

int main()


{
int list[] = {1, 2, 3, 4, 5};
int newList[5];

reverse(list, 5, newList);


for (int i = 0; i < 5; i++)
cout << newList[i] << " ";

return 0;


}
A. Dastur 1 2 3 4 6 ni ko`rsatadi
B. Dastur 1 2 3 4 5 ni ko`rsatadi va massivning chegaraviy qiymatidan oshib ketadi
C. Dastur 5 4 3 2 1 ni ko`rsatadi
D. Dastur 5 4 3 2 1 ni ko`rsatadi va massivning chegaraviy qiymatidan oshib ketadi

  1. Faraz qiling, siz

char city[7] = "Dallas"; 
ni e’lon qildingiz. Unda nechta belgi bor?
A. 5
B. 6
C. 7
D. 8

  1. Quyidagi e’lon qilish bir ma’noni anglatadimi?

char city[7] = "Dallas"; 
char city[] = "Dallas";
A. Ha
B. Yo`q

  1. Quyidagi e’lon qilish bir ma’noni anglatadimi?

char city[] = {'D', 'a', 'l', 'l', 'a', 's'}; 
char city[] = "Dallas";
A. Ha
B. Yo`q

  1. Quyidagi kod bajarilgandan so`ng, ekranga nima chiqadi?

char city[7] = "Dallas"; 
cout << strlen(city);
A. 5
B. 6
C. 7
D. 8

  1. Quyidagi kod bajarilgandan so`ng, ekranga nima chiqadi?

char s2[7] = "Dallas"; 
char s1[14] = "Dallas";
strcat(s1, s2);
cout << s1;
A. Dallas
B. DallasDallas
C. D
D. DD

Download 54.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling