Dasturlash nima ?


Qanday qilib Dasturchi bo’la olaman? One Million Uzbek Coders loyixasi


Download 21.11 Kb.
bet3/4
Sana02.01.2022
Hajmi21.11 Kb.
#188859
1   2   3   4
Bog'liq
Mustaqil ish 2

4. Qanday qilib Dasturchi bo’la olaman? One Million Uzbek Coders loyixasi.

Endi do’stlar yuqoridagi savolga javob beramiz.”Dasturlashni qanday qilib o’rganish mumkin?” – siz Dasturlashni quyidagicha o’rganishingiz mumkin ya’ni Video qo’llanmalar , Kitoblar va Forumlar, Dasturlash kurslari va amaliyot orqali o’rganishingiz mumkin.

Hozirgi vaziyatda , ayni pandemiya sharoitida sizga albatta Onlayn, Video qo’llanmalar orqali o’rganish afzalroqdir. Negaki ular  juda qulay .Bundan tashqari xoxlagan vaqtizda, har qanday sharoitda va eng asosiysi bepul o’rgana olasiz .  

Siz Dasturlashni One Million Uzbek Coders platformasida ham qulay tarzda o’rganishingiz mumkin.

"One Million Uzbek Coders" Grand dasturi doirasida o'rganish mumkin bo'lgan Dasturlashning 4 yo'nalishi bo'yicha to'liq ma'lumot !

MA’LUMOTLAR TAHLILCHISI - Data Analyst  

Ma'lumotlar tahlilchisi bu shunday odamki doimo katta miqdordagi ma'lumotlar bilan ishlaydi, Bir qaraganda ushbu kasb zerikarli va ko'zga korinmas bo'lib ko'rinishi mumkin, ammo har qanday biznes muvaffaqiyati uchun ushbu soha ham, soha mutahhassisi ham juda muhum ahamiyatga ega. Ma'lumotlor tahlili jarayonida koplab ma'lumotlar, korsatkichlar, natijalar bir yerga yig'iladi, saralanadi va qayta tahlil qilinadi. Biznesning kiyingi qadami va rivoji ushbu tahlillar natijalariga qarab belgilanadi.

O'rganiladi: sql, Matematika, exsel va hakazo.

ANDROID DASTURCHISI – Android Development

Agar siz android dastrurchiligi yo'nalishini tanlasangiz, kelgusida siz asosan android smartfonlar, android televezorlar va aqlli soatlar uchun dasturlar, o'yinlar, biznes dasturlar yaratuvchisiga aylanasiz !

O'rganiladi: Java, android studio...

FRONTEND VEB DASTURCHISI –Frond End Development

Mavjud aksariyat veb saytlar va veb dasturlarning foydalanuvchilarga ko'rinadigan, ularning qulayligi uchun hizmat qiladigan ma'lumotlar taqdim etilishi hamda ushbu veb loyihaning interfeysi yani tugmalar, tartib, formatlash barchasini joy joyiga qoyadigan kasb va qoyilmaqom kasb !

O'rganiladi: html, css, js

FULLSTACK VEB DASTURCHISI – Full Stack Development

#fullStack 2 katta qismga bo'linadi: #frontend va #backend. Backend bu sayt yoki veb dasturning foydalanuvchilarga ko'rinmaydigan qismi. Bu ma'lumotlar bazasi, Sahifalarni generatsiya qilihs, dinamik sahifalar, Himoya,Ro'yxatdan o'tkazish, sessiya va hokazolardur.

Fullsatck dasturchi Har qanday sayt yoki veb dastur yarata oladigan, veb dasturlash sohasida qo'lidan deyarli barcha narsa keladigan inson, ammo haqiqiy FullStek dasturchi bo'lish oson emas.

O'rganiladi: html, css, js, python, sql

Dastur davomida kursning barcha turdagi kontenti (video, matn va laboratoriyalar) bilan Udacity classroom – Udacity sinfxonasida tanishishingiz mumkin.Vaqtingizni samarali rejalashtirishingiz va topshiriqlarni vaqtida bajarishingiz uchun kontent ikki bosqichga bo‘lingan.

1-bosqich: Ikki haftaga mo‘ljallangan, agar ko‘proq vaqt kerak bo‘lsa, ushbu bosqichni 3 oy davomida o‘tishingiz mumkin bo‘ladi, lekin kursning qolgan qismini reja asosida o‘tishingiz uchun ushbu bosqichni ikki haftada yakunlashingiz maqsadga muvofiq. Ushbu bosqich yakunida Certificate of Participation - Qatnashuv Sertifikati beriladi.

2-bosqich: Birinchi bosqichdan keyin o‘tiladi. Taxminan 10-12 haftaga mo‘ljallangan, agar Sizga ko‘proq vaqt kerak bo‘lsa, keyingi uch oy ham (bugundan boshlab jami 6 oy) shug‘ullanishingiz mumkin bo‘ladi, biroq yakuniy sinovda qatnashish uchun ushbu bosqichni birinchi uch oyda yakunlashga harakat qilishinigizni tavsiya qilamiz! Ushbu bosqich yakunida Certificate of Completion - Bitiruv Sertifikati beriladi.

Yakuniy sinov: Yakuniy sinov har uch oyda o‘tkaziladi. Navbatdagisida qatnashishga ariza berish uchun ikkala bosqichni muvaffaqiyatli o‘tgan bo‘lishingiz zarur. Agar biror sababga ko‘ra navbatdagi yakuniy sinovga tayyorlanish uchun vaqtingiz bo‘lmagan bo‘lsa, faqat navbatdagidan keyingi yakuniy sinovda qatnashishga imkoniyatingiz bo‘ladi. E’tibor bering: yakuniy sinovda faqat bitta urinish beriladi va eng yuqori baho olgan 0.1 foiz

Do’stlar sizga ham ushbu loyixa orqali Dasturlashni o’rganishingizni maslaxat beraman OMUC(One Million Uzbek Coders) orqali juda ko’p tengdoshlaringiz va yurtdoshlaringiz ,jumladan, men ham katta tajribaga ega bo’ldim.

Siz ham ushbu loyixada ta’lim olishni xoxlayotgan bo’lsangiz ushbu URL manzili siz uchun

Ro'yhatdan o'tish uchun qo'llanma: https://youtu.be/_pnZSaNoTbM


Download 21.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling