Dasturlash tili
Download 1.48 Mb. Pdf ko'rish
|
Java haqida boshlangich darslik by Ali Artukov (z-lib.org)
O’ramlar
Java dasturlash tili klasslarni package nomli o’ramlarga guruhlash imkoniyatini beradi. O’ramlarda dastur fayllarini boshqa kod bibliotekalaridan ajratib saqlash mumkin. Masalan, Java dasturlash tilining bibliotekalari java.lang, java.util, javax.swing kabi o’ramlarda saqlanadi. O’ramlarni qo’llashni asosiy maqsadi bu klass nomini qaytarilmasligini ta’minlashdir. Aytaylik ikki dasturchi bir xil nomga ega, masalan Ishchi, klasslarni yaratdi. Ushbu klasslarni qo’llash jarayonida ularni nomlari bir xil bo’lganligi sababli xatolik chiqishi mumkin. Buni oldini olish uchun ushbu klasslar xal o’ramlarga joylashtirilishi kerak. Class nomini qaytarilmasligini kafolatlash maqsadida Java dasturlash tili dastur tuzayotgan tashkilotni Internetdagi domen nomini teskari tartibda yozib o’ram nomi sifatida qo’llashni taklif etadi. Masalan, java.uz bizning
tashkilotni Internetdagi domen nomimiz bo’lsin. Demak, bizning o’ram nomi uz.java
bo’ladi. Klassni o’ramga qoshish uchun o’ram nomi birlamchi kod faylini boshiga o’ram nomini yozish kerak. Masalan, ishchi
klassini e’lon qiluvchi ishchi.java birlamchi kod fayli quyidagi ko’rinishga ega bo’ladi: package uz.java; public class Ishchi { }
joylashtirish lozim. Yuqoridagi misolda birlamchi kod fayli quyidagi direktoriyaga joylashtiriladi: uz\
java\ Ishchi.java Ishchi.class Klass o’zi joylashgan o’ramni barcha klasslarini va boshqa o’ramlarda joylashgan public o’zgartiruvchisi bilan belgilangan klasslarni ishlatishi mumkin. Boshqa o’ramda joylashgan public o’zgartiruvchisi bilan belgilangan klasslarga ikki usulda murojjat qilish mumkin. Birinchi usulda, ishlatilayotgan barcha klasslar oldiga o’ramni to’liq nomini qo’shib yozishdir. Masalan: uz.java.Ishchi ishchi = new uz.java.Ishchi(); Ushbu usul katta dastur yozishda noqulay xisoblanadi. Osonroq va ko’p qo’llaniladigan usul } }
bu
import ifodasini qo llashdir. Ushbu ifodani qo llashdan maqsad bu o ramda joylashgan fayllarga murojaat qilishni qisqa usulini berishdir. Masalan: import uz.j ava.*; Ushbu ifoda uz.java
o’ramidagi barcha klasslarni import qiladi va ularga qisqa nom bilan murojaat qilish imkonini beradi: Ischi ishchi = new Ishchi();
Download 1.48 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling