Dasturlash tillari evolyutsiyasi Dasturlash tillari tarixi dastlabki


Download 174.15 Kb.
Pdf ko'rish
Sana13.02.2023
Hajmi174.15 Kb.
#1193013
Bog'liq
Dasturlash tillari tarixi - Vikipediya



Dasturlash tillari
tarixi
Dasturlash tillari evolyutsiyasi
Dasturlash tillari tarixi — dastlabki
kompyuterlarni hujjatlashtirishdan tortib,
dasturiy taʼminotni ishlab chiqish uchun
zamonaviy vositalarni oʻz ichiga oladi. Ilk
dasturlash tillari juda oʻta tor doirada
qoʻllanilishga moʻljallangan boʻlib, ular
matematik belgilarga va shunga oʻxshash
tushunarsiz sintaksisga tayangan
[1]
.


Kompyuter texnikasining rivojlanishi
dasturlash tillarida algoritmlarni yozib
olish uchun turli xil yangi belgilar
tizimlarining paydo boʻlish jarayonini
belgilab berdi. Bunday tilning paydo
boʻlishining maʼnosi dastur kodini
soddalashtirishdan iborat edi.
Dasturlash tillarini besh avlodga boʻlish
qabul qilingan. Birinchi avlodga oʻtgan
asrning 50-yillari boshlarida, birinchi
kompyuterlar endigina paydo boʻlgan
paytda tuzilgan tillar kiradi. Bu 
"bir satrda
bir buyruq" prinsipi asosida qurilgan
birinchi assembler tili edi.


XX asr davomida kompilyatorlar
nazariyasi boʻyicha olib borilgan
izlanishlar yuqori darajadagi dasturlash
tillarini yaratishga olib keldi, ular
koʻrsatmalarni uzatish uchun qulayroq
sintaksisdan foydalanadilar.
Mashina kodlari va assembler
Kompyuterning elektron qurilmalari
ishlashning fizik tamoyillari shundan
iboratki, kompyuter faqat bir va noldan
iborat buyruqlarni — kuchlanishning
pasayishi ketma-ketligini, yaʼni mashina
kodini idrok eta oladi. Kompyuterlar
rivojlanishining dastlabki bosqichida
Tarixi


odam kompyuterga tushunarli tilda,
mashina kodlarida dasturlar tuzishi kerak
edi. Har bir koʻrsatma birliklar va
nollarning turli kombinatsiyasi sifatida
ifodalangan 
opkod hamda operand
manzillaridan iborat edi. Shunday qilib,
protsessor uchun har qanday dastur
oʻsha paytda birlar va nollar ketma-ketligi
sifatida qaragan.
Keyinchalik kompyuter bilan muloqot
qilish amaliyoti shuni koʻrsatdiki, bunday
tilni oʻzlashtirish qiyin va noqulaydir. Uni
ishlatganda 1 yoki 0 ni notoʻgʻri ketma-
ketlikda yozib koʻplab xatolarga yoʻl
qoʻyish ehtimoli juda yuqori edi. Dasturni
boshqarish juda qiyin boʻlgan. Bundan


tashqari, mashina kodlarida
dasturlashda kompyuterning ichki
tuzilishini, har bir blokning ishlash
prinsipini yaxshi bilish kerak edi va
bunday tildagi eng yomon narsa
shundaki, bu tildagi dasturlar — birlar va
nollarning juda uzun ketma-ketligi
mashinaga bogʻliq, yaʼni har bir
kompyuter uchun oʻz dasturini tuzish
kerak edi va mashina kodlarida
dasturlash juda koʻp narsa: vaqt, ish va
dasturchining eʼtiborini oshirishni talab
etardi.
Tez orada mashina kodini yaratish
jarayonini avtomatlashtirish mumkinligi
maʼlum boʻldi. 1950-yildan boshlab


dasturlarni yozish uchun 
mnemonik til —
Assembler tilidan foydalanila boshlandi.
Assembler tili mashina kodini inson
uchun qulayroq shaklda koʻrsatishga
imkon berdi: buyruqlar va bu buyruqlar
bajariladigan obyektlarni belgilash uchun
buyruqning mohiyatini aks ettiruvchi
ikkilik kodlar oʻrniga harflar yoki
qisqartirilgan maxsus soʻzlar qoʻllanilgan.
Masalan, assembler tilida ikkita raqamni
qoʻshish boʻyicha koʻrsatma 
add soʻzi
bilan ifodalanadi, uning mashina kodi
000010 tarzida boʻladi.
Assembler quyi darajadagi dasturlash
tilidir. Quyi darajadagi dasturlash tili, bu
muayyan turdagi protsessorga


yoʻnaltirilgan va uning xususiyatlarini
hisobga oladigan dasturlash tili
demakdir. Bunday holda, „quyi“ „yomon“
degani emas, balki bu shuni anglatadiki,
til operatorlari mashina kodiga yaqin va
maxsus protsessor koʻrsatmalariga
qaratilgan boʻladi. Assemblar tilining
paydo boʻlishi dasturchilarning hayotini
sezilarli darajada osonlashtirdi, chunki
endi ular koʻzda miltillovchi nollar va
birlar oʻrniga oddiy tilga yaqin belgilardan
iborat buyruqlar bilan dastur yozishlari
mumkin edi. Oʻsha vaqt uchun bu til
innovatsiya edi va mashhur edi, chunki u
kichik dasturlarni yozishga imkon berardi,
bu esa oʻsha davr mashinalari uchun
muhim mezon sanalgan.


Ammo u orqali yirik dasturiy taʼminotlar
ishlab chiqish murakkabligi boʻlganligi
bois uchinchi avlod tillari hisoblanmish
yuqori darajadagi tillarning paydo
boʻlishiga olib keldi. Ammo
assemblerdan foydalanish shu bilan
tugamadi, u bugungi kungacha tor
doiralarda mashhur boʻlib kelmoqda.
Hozirgi vaqtda u dasturlarning alohida
qismlarini yozishda yoki baʼzan
dasturlarning oʻzini yozishda qoʻllaniladi.
Misol tariqasida, drayverlar, oʻyinlar va
operatsion tizimlar yuklagichi
(
bootloader)ni yozishda assemblerga
murojaat etiladi. Shuni unutmaslik
kerakki, bu til hakerlar orasida ham
mashhurdir, chunki bu tilda yozilgan


dasturning tezligi yuqori darajadagi
dasturlash tilida yozilgan dastur
tezligidan ancha yuqori boʻlishidadir.
Buning sababi shundaki, assemblerda
yozilgan dastur hajmi juda kichik boʻladi.
Antivirus ishlab chiquvchilari oʻz
dasturlarining baʼzi modullarida
assemblerdan ham foydalanadilar
[2]
.
Birinchi yuqori darajadagi dasturlash
tillari
1950-yillarning oʻrtalari dasturlashning
jadal rivojlanishi bilan tavsiflanadi.
Mashina kodlarida dasturlashning roli
pasaya boshladi, mashinalar va
dasturchilar oʻrtasida vositachi boʻlgan


yangi turdagi dasturlash tillari paydo
boʻla boshladi. Dasturlash tillarining
ikkinchi va uchinchi avlodlari davri
boshlandi. XX asrning 50-yillari oʻrtalariga
kelib, birinchi yuqori darajadagi
dasturlash tillari (
high-level programming
languages)ni yaratishga kirishildi. Ushbu
tillar kompyuterning maʼlum bir turiga
(mashinadan mustaqil) bogʻlanmagan
edi. Ularning har biri uchun oʻz
kompilyatorlari ishlab chiqilgandi.
Kompilyatsiya — yuqori darajadagi manba
tilda yozilgan dasturni mashina kodiga
yaqin quyi darajali tildagi ekvivalent
dastur (absolyut kod, obyekt moduli,
baʼzan assembler tili)ga oʻgirishni
anglatadi.


Birinchi yuqori darajadagi dasturlash tili
1942-1945-yillarda Konrad Suze
tomonidan yaratilgan en:Plankalkül
dasturlash tili edi
[3]
. Buyruqlarni
kompyuterga yetkazish uchun
moʻljallangan birinchi ishlaydigan
dasturlash tillari 1950-yillarning
boshlarida yozilgan. 1949-yilda taklif
qilingan Jon Mauchlyning en:Short code
elektron kompyuter uchun yaratilgan
birinchi yuqori darajadagi tillardan biri
edi
[4]
. Mashina kodidan farqli oʻlaroq,
Short code matematik ifodalarni
tushunarli shaklda ifodalaydi. Biroq,
dastur har safar ishga tushirilganda
mashina kodiga tarjima qilinishi kerak edi,
bu jarayon ekvivalent mashina kodini


ishlatishdan ancha sekinroq davom
etardi.
Oʻz kompilyatoriga ega boʻlgan birinchi
yuqori darajali til 1951-yilda doktorlik
dissertatsiyasi uchun Korrado Böhm
tomonidan yaratilgan
[5]
.
FORTRAN
Tijoriy maqsad uchun ishlab chiqilgan
birinchi til FORTRAN (
FORmula
TRANslation) boʻlib, 1956-yilda (birinchi
yoʻriqnomasi 1956-yilda paydo boʻlgan,
lekin birinchi boʻlib 1954-yilda ishlab
chiqarila boshlangan) IBMda Jon Bekus
boshchiligidagi guruh tomonidan ishlab


chiqilgan. U ilmiy-texnik hisob-kitoblar
uchun moʻljallangan edi.
1953-yil oxirida Jon Bekus IBM 704
kompyuterini dasturlash uchun
assemblerdan samaraliroq boʻlgan
muqobil dasturlash tilini ishlab chiqishni
taklif qildi. 1954-yil oʻrtalarida Fortran
tilining spetsifikatsiyasi loyihasi
tugallandi. Biroq ushbu dasturlash tili
avval boshida foydalanuvchilar
tomonidan iliq kutib olinmadi, chunki
Fortran assemblerga qaraganda past
unumdorlikka ega kod yaratadigan yuqori
darajadagi dasturlash tili deya qarala
boshladi. Shu tufayli uni optimallashtirish
zarurati vujudga keldi.


Keyinchalik bu til olimlar tomonidan
intensiv hisoblash dasturlarini yozish
uchun keng qoʻllanilgan. Murakkab
maʼlumotlar turini kiritish uni ayniqsa
texnik ilovalar uchun moslashtirdi.
1960-yilga kelib, Fortranning IBM 709,
650, 1620, 7090 kompyuterlari uchun
versiyalari paydo boʻldi. Uning katta
mashhurligi raqobatchi kompyuter ishlab
chiqaruvchilarni oʻz kompyuterlari uchun
Fortran kompilyatorlarini tuzishga undadi.
Shunday qilib, 1963-yilga kelib turli
platformalar uchun 40 dan ortiq
kompilyatorlar tuzilgan edi. Shu bois
Fortran birinchi keng tarqalgan
dasturlash tili hisoblanadi
[6]
.


Fortran SSSRʼda Gʻarbga qaraganda
kechroq paydo boʻldi, chunki dastlab
Algol SSSRʼda yanada istiqbolli til
hisoblangan. Sovet fiziklarining 1960-
yillarda Fortran dasturlari yordamida
deyarli barcha hisob-kitoblar amalga
oshirilgan CERNʼdagi hamkasblari bilan
aloqasi Fortranni amalga oshirishda
muhim rol oʻynadi.
Fortrandagi birinchi sovet kompilyatori
1967-yilda „Minsk-2“ mashinasi uchun
yaratilgan, ammo u unchalik mashhur
boʻlmagan. Fortranning keng qoʻllanilishi
1968-yilda BESM-6 (
БЭСМ-6) mashinasi
uchun „
ФОРТРАН-ДУБНА“ kompilyatori
yaratilgandan keyin boshlandi. 1972-yilda


paydo boʻlgan ES (
ЕС) EHMlarida dastlab
Fortran translyatori (boshqa dasturlar
bilan birga IBM/360 dan „aynan nusxa
olingan“) mavjud edi.
ALGOL
Algol 1958-yilda ETHʼda (Syurix,
Shveytsariya) bir haftalik konferentsiyada
keng koʻlamli ilovalar uchun universal
dasturlash tili sifatida ishlab chiqilgan va
keyin Xalqaro axborotni qayta ishlash
federatsiyasi tomonidan tuzilgan qoʻmita
tomonidan yakunlangan. Qoʻmita
tarkibiga Yevropa hamda amerikalik bir
qancha yetakchi dasturlash tillari
sohasidagi olimlar va muhandislar,


jumladan, Jon Bekus, Jon Makkarti, Piter
Naur, Edsger Deykstr va keyinchalik Kobol
tilini rivojlantirish qoʻmitasiga raislik
qilgan Jozef Vegstenruen jalb etildi.
Dastlab, taklif qilingan ALGOL
(
ALGOrithmic Language) nomi rad etildi.
Ammo u umumiy foydalanishga
aylanganligi sababli, IALʼning rasmiy nomi
keyinchalik ALGOL 58 ga oʻzgartirilishi
belgilab qoʻyildi.
Yangi tilning tarafdorlari ham,
tanqidchilari ham bor edi. Qoʻshma
Shtatlarda Algol sovuqqonlik bilan qabul
qilindi, u faqat akademik muhitda
mashhur edi. Algolnining targʻibotchilari


bir qator qiyinchiliklarga duch kelishdi.
Xususan, oʻsha paytda mavjud boʻlgan
kompyuterlarning hech biri Algol
alifbosini tashkil etgan barcha 116 ta
harfni kiritish-chiqarishni qoʻllab-
quvvatlamas edi.
Ammo Yevropada Algol ishtiyoq bilan
qabul qilindi. U akademik muhitda tezda
mashhurlikka erishdi va kompilyatorlar
hamma joyda ishlab chiqildi, ularning
koʻpchiligi amalga oshirishning
murakkabligiga qaramay, juda
muvaffaqiyatli boʻldi. Algol Buyuk
Britaniyadan SSSRʼning Uzoq Sharqiga
tarqalib, ilmiy nashrlarda algoritmlarni


tavsiflash uchun universal til va haqiqiy
dasturlash vositasiga aylandi.
Algolda dastur tushunchasi buyruqlarning
erkin ketma-ketligi sifatida emas, balki
aniq tasvirlangan va ajratilgan
qismlardan iborat blokli tuzilma sifatida
paydo boʻldi.
Algol dasturining asosiy bloki asosiy
dasturning oʻzi hisoblanadi. U 
begin va
end kalit soʻzlari juftligi bilan
chegaralangan blokga oʻrnatilgan
bajariladigan qismini, shuningdek, pastki
dasturlarning tavsiflarini oʻz ichiga oladi.
Har bir ostdastur kichik dastur shaklida
boʻlib, uning ichida oʻziga xos maʼlumotlar


tasvirlangan, nom va rasmiy parametrlar
roʻyxati koʻrinishidagi yagona aniqlangan
interfeys va kod blokini oʻzz ichiga oladi.
Bunday holda, bloklar kichik ostbloklarga
ajratilishi mumkin.
LISP
Lisp tili 1960-yilda J. Makkarti tomonidan
taklif qilingan boʻlib, u raqamli boʻlmagan
xarakterdagi masalalarni yechish
dasturlarini ishlab chiqishga qaratilgan
edi. LISP inglizcha 
LISt Processing
(
roʻyxatga ishlov berish) iborasining
qisqartmasi boʻlib, uning asosiy qoʻllanish
sohasini yaxshi taʼkidlaydi.


Algebraik ifodalar, grafiklar, chekli
guruhlar elementlari, toʻplamlar, xulosa
chiqarish qoidalari va boshqa koʻplab
murakkab obyektlarni roʻyxat shaklida
tasvirlash qulayligi bois ushbu dasturlash
tili tezda mashhurlikka erishdi. Xususan,
roʻyxatlar kompyuterlar xotirasida
axborotni taqdim etishning eng
moslashuvchan shaklidir.
Oʻtgan davr mobaynida ushbu tilning bir
qator dialektlari: Common LISP, Mac LISP,
Inter LISP, Standard LISP va boshqalar
paydo boʻldi. Ularning orasidagi farqlar
katta emas va asosan oʻrnatilgan
funksiyalarning bir oz boshqacha
toʻplamiga va dasturlarni yozish


shaklidagi baʼzi farqlari bilan
xarakterlanadi. Shunday ekan, ulardan biri
ustida ishlashni oʻrgangan dasturchi
boshqasini bemalol oʻzlashtira oladi.
Lispʼning katta afzalligi uning funksional
yoʻnalishidir, yaʼni dasturlash funksiyalar
yordamida amalga oshiriladi. Bundan
tashqari, funksiya maʼlum bir klassning
elementlarini boshqa klassning tegishli
elementlari bilan bogʻlaydigan qoida
sifatida tushuniladi.
Moslashtirish jarayoni dasturning
ishlashiga hech qanday taʼsir
koʻrsatmaydi, faqat uning natijasi —
funksiyaning qiymati muhim sanaladi. Bu


katta dasturiy paketlarni yozish va diskni
raskadrovka qilishni nisbatan
osonlashtiradi. Dasturlarning aniqligi,
ularning funksiyalarining ochiq-oydin
chegaralanganligi, ularni bajarishda
murakkab nojoʻya taʼsirlarning yoʻqligi
mantiqiy jihatdan murakkab vazifalarni,
masalan, sunʼiy intellektni dasturlash
uchun majburiy talablardir.
COBOL
Kobol 1959-yilda ishlab chiqilgan va
asosan biznes ilovalarini ishlab chiqish
uchun dasturlar yozish, shuningdek,
iqtisodiy sohada ishlash uchun
moʻljallangan edi.


Tilni yaratuvchilar uni mashinadan
mustaqil va tabiiy ingliz tiliga iloji boricha
yaqinroq qilishni maqsad qilganlar. Ikkala
maqsad ham muvaffaqiyatli amalga
oshirildi; COBOL dasturlari hatto
mutaxassis boʻlmaganlar uchun ham
tushunarli hisoblanadi, chunki ushbu
dasturlash tilidagi matnlar hech qanday
maxsus izohga muhtoj emas.
Kobol koʻplab ilova hamda dialektlarga
ega. Til uchun bir qator standartlar: 1968,
1974, 1985 va 2002-yillarda
tasdiqlangan. Eng soʻnggi standart tilga
obyektga yoʻnaltirilgan paradigmani joriy
etdi.


1. 
History of programming languages.
Richard L. Wexelblat. Association for
Computing Machinery New York, June
1978. 795 p. ISBN 978-0-12-745040-7.
2. 
R.Bogatirev. Priroda i evolyutsiya
ssenarnix yazikov. — Mir PK, 2001.
3. 
Knuth, Donald E.; Pardo, Luis Trabb. „Early
development of programming
languages“. Encyclopedia of Computer
Science and Technology. Marcel Dekker.
7: 419-493.
4. 
Sebesta, W.S. (2006). Concepts of
Programming Languages. p. 44. ISBN
978-0-321-33025-3.
5. 
Corrado Böhm’s PhD thesis
Manbalar


Bu sahifa oxirgi marta 21-Dekabr 2021, 15:31 da
tahrir qilingan.

Matndan 
CC BY-SA 3.0
litsenziyasi boʻyicha
foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan
boʻlsa).

Е.К. Хеннера. Информатика под
редакцией Е.К. Хеннера. — Академия,
2004.
"https://uz.wikipedia.org/w/index
.php?
title=Dasturlash_tillari_tarixi&o
ldid=2440544" dan olindi

Download 174.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling