Dasturlash tillarida ma’lumotlar turlari


Download 151.77 Kb.
bet2/20
Sana14.05.2023
Hajmi151.77 Kb.
#1461347
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
1-laboratoriya mashg\'uloti materiali

1.2.2. Haqiqiy toifa
Haqiqiy toifaga kasr qismlari bor chekli sonlar to’plami kiradi. Haqiqiy sonlar ustida turli matematik amallarni bajarish mumkin. Bu amallarning natijalari ham haqiqiy toifaga kiradi. Bu yerda ham binar amallarga nisbatan masalaning yechimlari mantiqiy toifaga tegishli bo’ladi.
Kompyuter xotirasida haqiqiy sonlar asosan qo’zg’aluvchan nuqta formatida saqlanadi.
937,56 = 93756 * 10-2 = 0,93756 * 103=0,93756E3
0,002355=2,355*10-3=2,355E-3
Xotiraga haqiqiy sonlar yozilayotganda uning uchun ajratilgan xotira sohasining 1-bitiga E simvolidan chapdagi mantissa ishorasi 1 ta bitga, keyin mantissa, undan keyin E – ya’ni har doim 10 soniga teng deb olinadigan eksponenta belgisi darajasining ishorasi 1 ta bitga, so’ngra uning darajasidagi son, ya’ni E simvolidan o’ngdagi son yoziladi (1.2-rasmga qarang).
0 1 9 10 11 15
Mantissa ishorasi
mantissa
Tartib ishorasi
tartib
1.2-rasm. Haqiqiy sonlarni xotiraga yozilish shakli
Haqiqiy (kasr) qiymatli toifaga tegishli o’zgaruvchilarni e’lon qilish uchun float, double, long double xizmatchi so’zlaridan foydalanish mumkin.
1.2-jadval

Haqiqiy toifa shakllari Toifa ko’rinishi

Mazkur toifadagi o’zgaruvchining qabul qiladigan qiymat oralig’i

O’zgaruvchining kompyuter xotirasidan egallaydigan joyi

Float

+/- 3.4E-38 … +/-3.4E+38

4 bayt

Double

+/- 1.7E-308 … +/- 1.7E-308

8 bayt

long double

+/- 1.7E-308 … +/- 1.7E-308

8 bayt











Download 151.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling