Dasturlash tillarida


Qisqartirilgan operatorlar


Download 25.06 Kb.
bet2/4
Sana20.06.2023
Hajmi25.06 Kb.
#1630532
1   2   3   4
Bog'liq
C# dasturlash tili

Qisqartirilgan operatorlar. Bu operatorlar dastur kodini yozish jarayonini tezlashtirish uchun qo’llaniladi. Bu operatorlar quyidagilar:

Operator




Tarifi

+=

qo’shish




- =

ayirish




*=

ko’paytirish




G’=

bo’lish

Int a = 1; a += 3;
Bu kodda a ning qiymati 4 ga teng bo’ladi, chunki a ga 3 ni qo’shish ko’rsatilgan. a = a +3 va a += 3 ifodalari natijani bir xil chiqaradi. Qolgan operatorlar ham shunga o’xshash.[12]
SHART OPERATORLARI
if..else operatori
if operatorining qo’llanilishi quyida ko’rsatilgan:
if (shart) { kod
} else { kod
}
ko’rib turganingizdek birinchi bo’lib if operatori yoziladi, keyin qavs ichiga shart yoziladi. Shart mantiqiy ifoda ko’rinishida yoziladi. Shart yozilgandan keyin “{“ va “}” belgilari qo’yiladi, shartdagi ifoda qiymati True(rost) bo’lganida shu qavslar ichidagi kod ishlaydi, agar ifoda qiymati False (yolg’on) bo’lsa u holda to’g’ri o’tib ketadi yoki else operatori qo’yilgan bo’lsa False operatori qavslari ichidagi kod ishlaydi. Shart operatorlarini izma-iz qo’yish ham mumkin, buning uchun bir shart operatori qavslari ya’ni kod yoziluvchi joyga boshqa shart operatorini qo’yish kerak, bu yo’l bilan bir necha shart operatorlarini qo’yish mumkin.
Case operatori
Case operatori ham shart operatori bo’lib hisoblanadi, uning qo’llanilishi quyidagicha:
int a = 3;
switch (a) { case 1:
System.Console.WriteLine(a); break; case 2:
System.Console.WriteLine(a); break; case 3:
System.Console.WriteLine(a); break; default:
System.Console.WriteLine("Xato"); break;
}
Yuqorida ko’rinib turganingizdek case operatori switch kalit so’zidan boshlangan. Undan keyin kod case larga bo’lindan, bu case lar switch kalit so’zi ichida ya’ni “{“ va “}” belgilari orasida joylashadi. Har bir case ning qiymati berilgan, agar yuqorida switch dan keyingi qavs ichiga yozilgan o’zgaruvchi qiymati biron bir case ning qiymatiga teng bo’lsa u holda shu case ichidagi kod ishlaydi. Agar teng bo’lmasa u holda default ichidagi kod ishlaydi. Case o’z qiymatiga yega bo’ladi va shu case ga tegishli kodning tamomlanganligini bildirish uchun kod oxiriga break kalit so’zi qo’yiladi, break; defaultda ham ishlatiladi. Case qiymati yozilgandan keyin (:) ikki nuqta qo’yiladi.

Download 25.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling