Dasturlash tillarining tuzilmasi
Download 62.28 Kb.
|
2-mavzu
Dasturlash tillarining tuzilmasiHozirgi paytda algoritm sifatida biror masalani ishlash yoki biror ishni bajarish uchun qilinishi kerak boʻlgan tartiblangan chekli sondagi aniq bir qiymatli koʻrsatmalar ketma-ketligi tushiniladi. Algoritm tushunchasi keng maʻnoda tahlil qilish mumkin.Biz asosan hisoblash algoritmlari haqida soʻz yuritamiz. Algoritm-larga xos boʻlgan belgi va talablarni sanab oʻtamiz. Har qanday algoritm quyidagi asosiy xususiyatlarga ega boʻlishi kerak: Kalit soʻzlar.Algoritm, kompilyator, sizeof, ternar, preprotsessor direktivalar. REJA: Dastur tarkibi. Konsoldan kiritish va chiqarish. Simvollarni oʻqish va yozish. Konsoldan formatli kiritish va chiqarish. Format modifikatorlari. printf(), scanf() funksiyalari. Format spesifikatorlari. Sonlarni kiritish. Adreslarni kiritish. Statik operator (sizeof), kompilyator va uning turlari; 6. Qiymat oʻzlashtirish operatorlari va ularning ishlash usullari; 7. Preprotsessor direktivalari. Algoritm — ijrochi uchun maʻlum bir masalani yechishga qaratilgan koʻrsatmalarning aniq ketma-ketligi. “Algoritm” soʻzi oʻrta osiyolik buyuk matematik Al-Xorazmiyning nomi bilan bogʻliq. Al-Xorazmiyning nomini lotincha ifodasi — Algorithm. Algoritm — informatika va matematikaning asosiy tushunchalaridan hisoblanadi. Algoritm ijrochisi — algoritmda koʻrsatilgan buyruqlarni bajara oladigan abstrakt yoki real (texnik, biologik yoki biotexnik) tizimdir. Algoritmlarga xos xususiyatlar: oddiy harakatlar; buyruqlar tizimi. Buyruqlar tizimi. Har bir ijrochi faqatgina ushbu ijrochi tushunadigan buyruqlarni (yaʻni, ijrochi bajaradigan buyruqlar roʻyxatiga mansublarni) bajara oladi. Ijrochi buyruqlarni bajarish jarayonida oddiy harakatlarni bajaradi. Odatda ijrochiga algoritmning maqsadi maʻlum boʻlmaydi. Shuning uchun ijrochi “nimaga” va “nima uchun” degan savollarni bermaydi.Informatikada algoritmlarning universal ijrochisi kompyuterlar boʻlib hisoblanadi. Algoritmlarning asosiy xossalari quyidagilardan iborat: Tushunarlilik. Algoritm ijrochisi buyruqlar ketma-ketligini qanday bajarishni aniq bilishi kerak. Diskretlilik. Algoritm ijrochisi masalani yechish jarayonini alohida va sodda qadamlar ketma-ketligini bajarish deb tushunishi kerak. Aniqlik. Algoritmning har bir qoidasi, undagi amallar va buyruqlar bir maʻnoli boʻlishi kerak. Shu xossaga asosan algoritm ijrochisi buyruqlar ketma-ketligini mexanik bajarish imkoniyatiga ega boʻladi. Natijaviylik. Bu xossaning mazmuni shundan iboratki, har qanday algoritmning ijrosi oxir-oqibat maʻlum bir yechimga kelishi kerak. Ommaviylik. Masalani yechish algoritmi umumiy hollar uchun yaratiladi, yaʻni faqatgina boshlangʻich qiymatlari bilan farqlanuvchi bir turdagi masalalar sinfi uchun tuziladi. Bunda boshlangʻich qiymatlar algoritmning qiymatlar qabul qilishi mumkin boʻlgan sohadan olinadi. Download 62.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling