Dasturning mazmuni


Toshkent shahar DSI boshlig’i


Download 1.98 Mb.
bet169/250
Sana05.01.2022
Hajmi1.98 Mb.
#211622
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   250
Bog'liq
06 Маъруза матни 50та мавзу тулик

Toshkent shahar DSI boshlig’i

B.Saydaliyevga

P R O T E S T

Toshkent shahar DSIning 20.02.2014

yil kunidagi 40 sonli qarorini

bekor qilish yuzasidan

Toshkent shahar DSI boshlig’i tomonidan 20.02.2014 yil kuni 40-sonli qaroriga asosan Farg’ona shahridagi “Abdusamad” KTXICH firmasining 2009-2013 yillarda O’zbekiston Respublikasida belgilangan soliq va boshqa majburiy to’lovlarning to’liq hisoblanishi va ularni davlat budjetiga o’z vaqtida o’tkazilishi hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining sohaga oid qarorlari ijrosi bo’yicha tekshirish o’tkazilgan bo’lib, Tekshirishda soliq va boshqa majburiy to’lovlardan jami bo’lib 4029.1 ming so’m qo’shimcha to’lashga hisoblangan.

Mazkur tekshirish materiallari ko’rib chiqilganida firmaning 20465,9 ming so’m ortiqcha to’lovi borligi aniqlangan. Shu sababli mazkur material O’zbekiston Respublikasi MJtKning 271-moddasi 1-qismiga asosan harakatdan tugatilgan. Qabul qilingan qarordan O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining 2002 yil 25 oktyabrdagi 247-sonli qarori 7-bandi asoslanilgan. 2013 yil 31 may kuni O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining “Soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni to’lashdan bo’yin tovlagani uchun javobgarlikka oid qonunchilikning sudlar tomonidan qo’llanilishi to’g’risida” gi 8-sonli qarori qabul qilingan.

Shu qarorning 8-bandida shaxs quyidagi holatlardan loaqal bittasi mavjud bo’lgan taqdirda soliqqa oid huquqbuzarlik uchun ma’muriy va jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin emas.

Soliqqa oid huquqbuzarlik faktining yo’qligi (masalan, agar bir turdagi soliq uchun to’langan pul summasi boshqa turdagi majburiy to’lovlar uchun to’lanmagan summalar o’rnini to’liq qoplasa va Soliq Kodeksining 56-moddasida nazarda tutilgan boshqa xollarda deb ko’rsatilgan).

Yuqoridagilardan ko’rinib turibdiki mazkur holat yuzasidan qaror qabul qilishda eski O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining qaroriga asoslanib qonunbuzilishiga yo’l qo’yilgan.

Yuqoridagilarga ko’ra O’zbekiston Respublikasi «Prokuraturasi to’g’risida»gi Qonunining 38–moddasiga asosan

S O’ R A Y M A N :

Farg’ona shahar DSI boshlig’ining 20.02.2014 yil kunidagi “Abdusamad” KTXICH firmasida o’tkazilgan hujjatli tekshirish yakuni bo’yicha qabul qilingan qarorini bekor qilib, qonunga muvofiqlashtirishingizni

2. Protestni kelib tushgan vaqtdan boshlab, 10 kunlik muddatda ko’rib chiqib, natijalari to’g’risida uch kun muddatda Farg’ona shahar prokuraturasiga yozma ravishda ma’lum qilishingizni



Download 1.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling