Dasturning mazmuni


Soliq to’g’risidagi qonun hujjatlarining buzilishi yuzasidan ish yuritishni nazorat qilishi


Download 1.98 Mb.
bet238/250
Sana05.01.2022
Hajmi1.98 Mb.
#211622
1   ...   234   235   236   237   238   239   240   241   ...   250
Bog'liq
06 Маъруза матни 50та мавзу тулик

2.Soliq to’g’risidagi qonun hujjatlarining buzilishi yuzasidan ish yuritishni nazorat qilishi.

Soliq tekshiruvi materiallari hamda soliqqa oid huquqbuzarliklar to’g’risidagi materiallar 2 va 3-shakl kitoblarida belgilangan muddatda va tartibda ro’yxatdan o’tkazilishi ustidan nazorat tegishli ravishda davlat soliq xizmati organining soliq tekshiruvini o’tkazgan va/yoki soliqqa oid huquqbuzarlikni aniqlagan tuzilmasi rahbari tomonidan amalga oshiriladi.

Soliq tekshiruvi materiallari shuningdek, soliqqa oid huquqbuzarliklar to’g’risidagi materiallar davlat soliq xizmati organlarining 4-shakl kitobiga o’z vaqtida hisobga olinishi hamda ularning belgilangan muddatda va tartibda ko’rib chiqilishi (ijro etilishi) ustidan nazorat va javobgarlik quyidagi mansabdor shaxslar zimmasiga yuklatiladi:

Davlat soliq boshqarmasining Soliq tekshirishlar bo’limi va Jismoniy shaxslarga soliq solish bo’limi boshliqlariga;

davlat soliq inspeksiyalarida Soliq tekshiruvlari va Jismoniy shaxslarga soliq solish bo’limlari boshliqlariga hamda ushbu bo’limlar faoliyatini nazorat qiluvchi o’rinbosarlariga;

Davlat soliq qo’mitasining Bozorlar va savdo komplekslari faoliyatini nazorat qilish bo’limi boshlig’iga.

Davlat soliq xizmati organlarining Navbatchi qismi, Ma’muriy amaliyot bo’limi (sho’basi, mas’ul xodimi), tegishli funktsional tuzilmalari hamda Bozorlar va savdo komplekslari faoliyatini nazorat qilish bo’limi boshliqlari tomonidan 1, 2, 3 va 4-shakl kitoblarga ro’yxatga olingan materiallar va ularni ko’rib chiqish natijalari to’g’risida xar oy yakuni bo’yicha keyingi oyning 10 sanasiga qadar solishtiruv dalolatnomalari tuzilib, aniqlangan tafovutlar va kamchiliklar bartaraf etib boriladi.

Davlat soliq xizmati organlarining Navbatchi qismida yuritiladigan 1, 2 va 3-shakl kitoblariga ro’yxatga olingan materiallarning ko’rib chiqish natijalari to’g’risidagi ma’lumotlarni belgilangan muddatda taqdim etmaslikning har bir holati yuzasidan Navbatchi qism tomonidan davlat soliq xizmati organi rahbariga yoki uning rejim va kadrlar bo’yicha o’rinbosariga bildirgi kiritib boriladi.

“Soliq tekshiruvi materiallarini, shuningdek soliqqa oid huquqbuzarliklar to’g’risidagi materiallarni ro’yxatga olish hamda ularning hisobini yuritish” tartibi talablarining buzilishiga yo’l qo’ygan davlat soliq xizmati organlarining mansabdor shaxslari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.


Download 1.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   234   235   236   237   238   239   240   241   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling