Dasturning mazmuni


Soliq to’lovchiga nisbatan moliyaviy sanksiyalar qo’llash to’g’risida sudga murojaat qilish


Download 1.98 Mb.
bet60/250
Sana05.01.2022
Hajmi1.98 Mb.
#211622
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   250
Bog'liq
06 Маъруза матни 50та мавзу тулик

2.Soliq to’lovchiga nisbatan moliyaviy sanksiyalar qo’llash to’g’risida sudga murojaat qilish.

Soliq to’lovchi davlat soliq xizmati organining jarima qo’llanilishini nazarda tutuvchi qarori nusxasini olgan kundan e’tiboran besh ish kuni ichida davlat soliq xizmati organiga mazkur huquqbuzarliklardagi aybini tan olganligi va ixtiyoriy ravishda jarima to’lashi to’g’risidagi yoki uni rad etishi to’g’risidagi yozma bildirishni taqdim etmagan yoxud rad etganligi to’g’risida yozma bildirish taqdim etgan taqdirda, shuningdek jarima ixtiyoriy ravishda to’lash uchun berilgan muddatda to’lanmagan taqdirda davlat soliq xizmati organi uch ish kuni ichida soliq to’lovchiga nisbatan moliyaviy sanksiya qo’llash to’g’risidagi ariza bilan xo’jalik sudiga murojaat qiladi.

Soliq to’lovchiga nisbatan moliyaviy sanksiya qo’llash to’g’risidagi ariza loyihasini davlat soliq xizmati organining qarorini bajarish muddati yoki jarimani ixtiyoriy ravishda to’lash uchun berilgan muddat tugagan kundan e’tiboran bir ish kuni mobaynida davlat soliq xizmati organining soliq tekshiruvini amalga oshirgan tuzilmasi yoki Soliq tekshiruvlari bo’limi (mas’ul xodimi) tayyorlaydi.

Ariza O’zbekiston Respublikasi Xo’jalik protsessual kodeksining 15514-moddasi talablariga muvofiq rasmiylashtirilgan bo’lishi lozim.

Ariza uni tayyorlagan tuzilma (mas’ul xodim) tomonidan davlat soliq xizmati organining rahbariga (yoki vakolatli o’rinbosariga) imzolash uchun kiritilishidan oldin, ushbu arizani rasmiylashtirishda O’zbekiston Respublikasi Xo’jalik protsessual kodeksining 112, 15514 va 15515-moddalari hamda boshqa protsessual normalarga rioya qilinganligini tekshirish uchun davlat soliq xizmati organining yuridik xizmati (yurist-konsulti)ga taqdim etilishi lozim.

Yurist-konsult taqdim etilgan ariza protsessual normalarga rioya qilingan holda rasmiylashtirilgan bo’lsa unga viza qo’yadi, aks holda aniqlangan kamchiliklarni ko’rsatgan holda, ularni bartaraf etish uchun arizani tegishli bo’lim (sho’ba, mas’ul xodim)ga qaytaradi.

Davlat soliq xizmati organi rahbari (vakolatli o’rinbosari) tomonidan yuridik xizmat xodimi (yurist-konsult)ning vizasi bo’lmagan moliyaviy sanksiya qo’llash to’g’risidagi arizalarni imzolashga yo’l qo’yilmaydi.

Arizani tayyorlagan tuzilma (mas’ul xodim) moliyaviy sanksiya qo’llash haqidagi arizani xo’jalik sudiga taqdim etayotganda (yuborishdan oldin), uning nusxasini soliq to’lovchiga yuborishi shart.

Soliq to’lovchilarga nisbatan moliyaviy sanksiyalar qo’llash to’g’risidagi ishlarni ko’rib chiqish jarayonida jarima qo’llash uchun asos bo’lgan holatlarni isbotlash majburiyati davlat soliq xizmati organining rahbari hamda soliqqa oid huquqbuzarlikni aniqlagan tegishli tuzilmalari (mas’ul xodimlari) zimmasiga yuklatiladi.

Xo’jalik sudlari tomonidan qanoatlantirilmagan arizalar bo’yicha belgilangan taritibda hamda muddatlarda apellyatsiya va kassatsiya shikoyatlari kiritiladi, shuningdek nazorat tartibida protest keltirish to’g’risida belgilangan tartibda ariza bilan murojaat qilinadi.

Apellyatsiya, kassatsiya shikoyatlari va nazorat tartibida protest keltirish to’g’risidagi ariza loyihasini davlat soliq xizmati organining mazkur ish bo’yicha dastlabki arizani tayyorlagan tuzilmasi (mas’ul xodimi) “Davlat soliq xizmati organlarida soliq tekshiruvi materiallari hamda soliq to’g’risidagi qonun hujjatlari buzilishiga doir tuzilgan materiallar harakati to’g’risida”gi Reglamentning 22, 23-bandlari talablariga rioya qilgan holda tayyorlaydi.

Soliq tekshiruvini amalga oshirgan tuzilma yoki Soliq tekshiruvlari bo’limi (mas’ul xodimi) moliyaviy sanksiyalar qo’llash haqidagi xo’jalik ishi bo’yicha sudning har bir instantsiyasi natijalari to’g’risidagi ma’lumotlarni sud qarorlari olingan kundan kechiktirmasdan «Soliq tekshiruvlari hisobini yuritish» dasturiy mahsuliga, shuningdek sud tartibida qo’llanilgan moliyaviy jarimalar summasini soliq to’lovchining shaxsiy kartochkasiga kiritilishini ta’minlaydi.



Soliq tekshiruvi materiallarining tegishli tartibda rasmiylashtirilgan bir nusxasi soliq tekshiruvlari bo’limida saqlanadi.


Download 1.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling