Tayanch so’z va iboralar: xo’jalik yurituvchi subyektlar, mansabdor shaxslar, soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni to’lash bo’yicha majburiyatlarni bajarish, tekshirish, ma’muriy chora ko’rish.
Mulk shaklidan qat’iy nazar korxona, muassasa, tashkilotda muayyan mansabni egallab turgan shaxs, basharti unga rahbarlik, tashkiliy, farmoyish berish, tekshiruv-nazorat vazifalari yoki moddiy boyliklar harakati bilan bog’liq bo’lgan vazifalar yuklatilgan bo’lsa, mansabdor shaxs deb hisoblanadi.
Mansabdor shaxslar o’z xizmat vazifalariga kiradigan soliq to’g’risidagi qonun hujjatlarining buzilishi bilan bog’liq ma’muriy huquqbuzarlik sodir etganliklari uchun ma’muriy javobgarlikka tortilishlari lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |