Dasturning mazmuni


Download 1.98 Mb.
bet90/250
Sana05.01.2022
Hajmi1.98 Mb.
#211622
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   250
Bog'liq
06 Маъруза матни 50та мавзу тулик

Tayanch so’z va iboralar: ashyolar va hujjatlarni haqini o’lash sharti bilan olib qo’yish, musodara qilish, huquqbuzarlik sodir etish quroli hisoblangan ashyolar.
1. Ma’muriy huquqbuzarlikka doir ashyolar va hujjatlarni olib qo’yish.

Huquqbuzarlarni ushlash, shaxsiy ko’rikdan o’tkazish yoki ashyolarini ko’zdan kechirish vaqtida aniqlangan huquqbuzarlik sodir etish quroli yoki bevosita shunday ashyolar bo’lmish ashyo va hujjatlar ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksning 287 va 289-moddalarida nazarda tutilgan organlarning mansabdor shaxslari tomonidan olib qo’yiladi. Olib qo’yilgan ashyo va hujjatlar ma’muriy huquqbuzarlik to’g’risidagi ishlar ko’rib chiqilgunga qadar shunday ashyo va hujjatlarni olib qo’yish huquqi berilgan organlar (mansabdor shaxslar) tomonidan belgilab beriladigan joylarda saqlanadi, ish ko’rib bo’linganidan keyin esa, uni ko’rib chiqish natijalariga qarab, bu ashyo va hujjatlar belgilangan tartibda musodara qilinadi yoki egasiga qaytarib beriladi yoxud yo’q qilib yuboriladi, ashyolar haq to’lab olib qo’yilgan taqdirda esa — sotib yuboriladi.

Olib qo’yilgan orden, medal, faxriy unvonning ko’krakka taqiladigan nishoni qonuniy egasiga qaytarib beriladi, basharti, egasi noma’lum bo’lsa, unda tegishli organga jo’natiladi.

Bojxona qoidalari yoki soliq va valyuta to’g’risidagi qonun hujjatlari buzilgan taqdirda, basharti huquqbuzar O’zbekiston Respublikasida doimiy istiqomat joyiga ega bo’lmasa, jarima undirilishini ta’minlash maqsadida uning ashyolari (qimmatli buyumlari) olib qo’yilishi mumkin.

Ashyo va hujjatlar olib qo’yilgan taqdirda bu xususda bayonnoma tuziladi yoki ma’muriy huquqbuzarlik to’g’risidagi bayonnomaga yoxud buyumlarni ko’zdan kechirib chiqish yoki ma’muriy yo’l bilan ushlab turish haqidagi bayonnomalarga tegishli yozuv yozib qo’yiladi.

Sodir etilgan huquqbuzarlik uchun ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksga muvofiq transport vositasini, kichik hajmli kemani boshqarish huquqidan, ov qilish huquqidan mahrum etish tarzida ma’muriy jazo qo’llanilishi mumkin bo’lsa, huquqbuzardan uning ishi yuzasidan qaror chiqarilgunga qadar transport vositasi, kichik hajmli kemani boshqarish huquqini beruvchi guvohnoma, ovchilik bileti olib qo’yiladi va bu haqda ma’muriy huquqbuzarlik to’g’risidagi bayonnomaga, shuningdek haydovchilik guvohnomasining taloniga, kema boshqaruvchisi guvohnomasining taloniga tegishlicha yozib qo’yilib, talonlar transport vositasi haydovchisiga, kema boshqaruvchisiga qaytarib beriladi.

Transport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi guvohnomani olib qo’yish O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, kichik hajmli kemalarni boshqarish huquqini beruvchi guvohnomani va ov qilish huquqini beruvchi guvohnomani olib qo’yish esa — O’zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo’mitasi belgilagan tartibda amalga oshiriladi.

Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksning 185-moddasida, 220-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 221 va 222-moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarlik sodir etilgan taqdirda, militsiya xodimlari ish ko’rib chiqilgunga qadar o’qotar qurolni, shuningdek o’q-dorilarni olib qo’yishga haqlidirlar, bu xususda mazkur qurolning marka yoki modeli, kalibri, turkumi va tartib raqami, o’q-dorilarning miqdori va turi ko’rsatilgan holda bayonnomaga tegishli yozuv yozib qo’yiladi.

O’z xizmat burchini bajarish vaqtida huquqbuzarlik sodir etgan shaxsga nisbatan uning ashyolarini olib qo’yish, shaxsiy ko’rikdan o’tkazish va ashyolarni ko’zdan kechirib chiqish juda zarur bo’lgan hollardagina qo’llaniladi.


Download 1.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling